Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
89
89
So‘zning lug‘aviy ma’nosini leksikologiya, grammatik ma’nosini
morfologiya o‘rganadi.
Lug‘aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug‘aviy birliklar
deyiladi. Lug‘aviy birliklar 3 xil: 1) so‘z 2) ibora 3) termin (atama).
Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi;
yordamchi so‘zlar esa faqat grammatik ma’no bildiradi.
So‘z ma’nosi ma’lum xususiyatlarga ko‘ra ko‘chadi. Lug‘aviy
ma’noning asosiy taraqqiyot yo‘llari (ko‘chish usullari) quyidagicha:
m
etafora,
metonimiya,
sinekdoxa,
funksiyadoshlik
(vazifadoshlik), kinoya.
Metafora
- “o‘xshashlik” asosidagi ma’no ko‘chishi. Bunda
ma’no ko‘chishi o‘xshashlik asosida ro‘y beradi. Metafora ikki
usulda amalga oshadi: a) ma’no o‘xshashlik asosida ko‘chadi: oltin
kuz, kumush choyshab, fan cho‘qqilari, litsey qaldirg‘ochlari...b)
metafora -dek, -day, kabi, singari, yanglig‘, xuddi, go‘yo so‘zlari
yordamida hosil qilinadi, masalan: shishadek osmon, Adashgan it
kabi Furqat, xuddi sherdek.
Metonimiya
- “aloqadorlik” asosidagi ma’no ko‘chishidir. Bunda
narsa-buyum o‘ziga aloqador boshqa nom bilan ataladi. Masalan:
Qishloq chetida samovar ochildi (samovar-choyxona); Osmonga
tikildi million juft ko‘zlar (ko‘z-odam); Fuzuliyni oldim qo‘limga
(Fuzuliyni-kitobini).
Sinekdoxa
- butunning nomi bilan qismini atash, qismning nomini
atash. masalan: Besh qo‘l barobar emas (qo‘l-barmoq); O‘n qo‘li
hunar (qo‘l barmoq).. Besh qo‘lini og‘ziga tiqdi (qo‘l barmoq); Shu
bitta tuyoq bilan olti bolani boqdim (tuyoq-sigir); Tirnoqqa zor o‘tdi
(tirnoq-farzand.
Vazifadoshlik (funksiyadoshlik
) - vazifa asosida ma’no ko‘chishi.
Bunda so‘z ma’nosi vazifaga ko‘ra ko‘chadi. Masalan: o‘q qadimda
kamon o‘qi ma’nosida qo‘llangan. Hozirda miltiq o‘qi, pistolet o‘qi
ma’nolarida qo‘llanadi;
kotib, pero, qalam
so‘zlarida ham vazifaga
ko‘ra ma’no ko‘chishi ro‘y bergan.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
90
90
Kinoya
-qochiriq, kesatiq ma’nolarida aytilgan o‘zgalar “gapi”,
“so‘zi”. Kinoya bilan aytilgan so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi. Kinoya
bilan aytilgan so‘z teskari ma’noda tushuniladi.
Salima “a’lochi” qiz (ikkichi).
So‘z ma’nosi ko‘chishi natijasida o‘z va ko‘chma ma’no hosil
bo‘ladi. So‘zning nutq tarkibi (gap)dan tashqarida ifodalaydigan
ma’nosi o‘z ma’no (asosiy ma’no, bosh ma’no) deyiladi. So‘zning
nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida ifodalagan ma’nosi
ko‘chma ma’no hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: