Siz o’z hayotingiz tarixini o’zingiz yozasiz. Bilganimizdek, har qaysi qiziqarli hikoya, boshiga ko’p musibatlar tushgan qahramonsiz bo’lmaydi. Aslida, muammo va musibatlar qancha ko’p bo’lsa, hikoya ham shunchalik qiziq bo’ladi. Sizning hikoyangiz sizni qayerlarga olib borishining chegarasi yo’qligini bilgan holda, o’ylab ko’ring. Hikoyangizning keyingi sahifasida nimalarni o’qishni istagan bo’lar edingiz? Bajardi: Shodmonov Azizbek Annotatsiya - Har bir inson o’zining qaysi bir hayot etapida bo’lishidan qat’I nazar, hamma kamida bir narsani hohlaydi: o’zini va o’zining hayot darajasini o’stirishni. Bu degani odamlarning hayotida qandaydir xatolik bor degani emas, shunchaki, biz hammamiz bu hayotga turli xil hohish-istak va tinimsiz o’z ustimizda ishlab, komillikka yetishish uchun kelamiz. Bu intilishlar, o’ylashimcha, deyarli barcha insonlarga tegishli bo’lsa kerak.
*** - Biroq, shunga qaramay ko’p insonlar har kuni hayotida hech nima o’zgarmaganligini ko’rish uchun ertalab uyg’onadi.
- Ushbu kitob esa har bir insonni radikal darajada o’zgartira olish kuchiga ega va o’z hayotidagi keyingi etapga o’tish uchun yordam beradi. Ko’p xollarda bu: daromad, biznesning rivojlanishi, ayniqsa samaradorlik va motivatsiyaning o’sishida aks etadi. Ushbu kitobni o’qigan har bir inson, aytib o’tilgan barcha narsalarga qanday qilib har kuni 1 soat vaqt ajratgan holda erishish mumkinligi haqida bilib oladi.
Muallif haqida: - Hel Elrod AQShdagi yetakchi motivatsion ma'ruzachilardan biri. Yirik korporatsiyalar muntazam ravishda Xelni konferensiyalarga taklif qiladilar. O'n yil ichida Qo'shma Shtatlar va Kanadada 100.000 dan ortiq odamlar Helning ma’ruzalarini tinglashdi, ulardan qariyb 60,000 maktab o'quvchilari va talabalar. Hel Elrod – bu inson o’z taqdirida duch keladigan barcha qiyinchiliklarni yengishiga qodir ekanligidan dalolatdir. 20 yoshida Hel avtohalokatga uchraydi. Uning mashinasiga yuk mashinasi kelib uriladi. 6 daqiqa davomida Hel klinik o'lim holatida edi; uning 11 ta suyagi va miyasi jiddiy shikastlangan edi. Shifokorlar, u endi boshqa yurolmaydi, deb aytishgan. Ammo, shunga qaramay, Hel ultramarafonda yugurish va bir necha bestseller kitoblar muallifi bo'lish baxtiga muyassar boldi.
Iqtiboslar: - Aslini olganda, kim aybdorligining umuman ahamiyati yoq. O’tmishni o’tmishda qoldirib, hozirdan o’z orzuingizdagi hayotni qurishni boshlashingiz kerak!
*** - Hayotdagi eng achinarli narsa bu uning oxiriga borib, ortga afsus bilan, siz bundanda ko’prog’iga erishishingiz mumkin ekanligini bilishdir!
*** - Nisbatan qisqa umrim davomida, ko’p odamlar hech qachon duch kelishni istamagan joyga (botqoqlikga), ikki marotaba tashrif buyurish baxtiga muyassar bo’ldim. Men buni baxt deyman, chunki aynan shu davrlarda men hozirgi holatimga kelish uchun juda kerakli bo’lgan dars va tajribalarni boshimdan kechirdim!
Nima uchun tavsiya etaman?
Ushbu kitobni o’qib siz:
Qiyinchiliklarni yengishni o’rganasiz!
2:
Yangi hayot boshlaysiz!
3:
Kuchli motivatsiya olasiz!
1:
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |