5- mashg'ulot
»jv Maqsad. 5 ichida sanash va sanab ajratishffpaalakalarimt!
Tfpistahkamlash; bir vaqtning o'zida 2 ta sonni, predmetlar nomini va ularning joylashish o'rnini eslab qolishni mashq qildirish; doira va oval shaklidagi figurani, kvadrat va to'g'ri to'rtburchakni farq qila bilish ko'nikmasini mustahkamlash, qog'oz varag'ida predmetlarning o'zaro joylashish nisbatlarini: yuqorida, pastda,
chapda, o'ngda, o'rtada
|
so'zlari
|
bilan
|
ifodalash; predmetlarni
|
tarbiyachining ko'rsatmasiga
|
muvofiq
|
qog'oz
|
varag'ining ma'lum
|
qismiga joylashtirish.
|
|
|
|
Mashg'ulotning borishi. 1- qism. Pedagog (tarbiyachi) navbat bilan 4 ta jadvalni ko'rsatadi. Ulardan 2 tasida yuqorida, pastda, o'rtasida, yana 2 tasida esa — chapda, o'ngda, o'rtasida 3 tadan geometrik shakllar (doira, oval shaklidagi figura hamda kvadrat; to'g'ri to'rtburchak, kvadrat va uchburchak) joylashtirilgan. Shakl- larni ko'rsatib, nomini hamda ularning qayerga joylashganligini aytib berish topshirig'i beriladi. Dastlab o'rtadagi (markazdagi) shaklning nomini aytish kerak. Pedagog (tarbiyachi) javob namunasini aytib berishi mumkin.
I Agar bolahamma shakllar nomini va joylashish o'rnini to'g'ri Ifytsa, unda barcha bolalar kartochkada shakllar soni nechta bo'lsa, thuncha marta chapak chaladilar. ,:
qism (tarqatma material bilan ishlash). Harbirbolada qog'oz varag'i va geometrik shakllar modelining to'plami bor.
Pedagog (tarbiyachi) bolalarga bugun qanday shakllarni va ularning nechtaligini qanday joylashtirish kerakligini o'rganishlarini aytadi.
Shunday topshiriq beriladi. 5 ta kvadratni qog'oz varag'ining yuqorisiga (,,o'zidan uzoqroqqa"), 4 ta to'g'ri to'rtburchakni esa qog'oz varag'ining pastiga (,,o'ziga yaqinroq") qator qilib qo'yish;
3 ta doirani chap tomonga, 2 ta oval shaklidagi figurani o'ng tomonga qator qilib qo'yish; 4 ta doirachani o'ng tomonga, oval shaklidagi 3 ta shaklni esa chap tomonga qator qilib qo'yish.
Bolalar topshiriqni bajarayotib, har safar nima qilganlarini qanday shakllardan nechtadan va qayerga qo'yganliklarini tushuntirib beradilar.
Pedagog (tarbiyachi) diqqat bilan tinglab topshiriqni eslab qolish, kerakli sonda shakllarni sanab ajratish hamda ularni to'g'ri joylashtira olish ko'nikmalarini baholaydi.
qism (bolalar guruhlari bilan ishlash).
Pedagog (tarbiyachi) bolalarni (navbat bilan) chaqirib, xonaning ma'lum qismida turish, oldida, orqasida, cnaPMifeg tomonida nimalar borligini aytishni taklif etadi. Hammafflpj;!|ib 3—4 ta b^te'chaqiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |