Sa’diy, Hofiz, Fuzuliy asarlarini sevib o’qigan. Afsuski, 1912 yilda otasidan,
1918 yilda esa onasidan erta judo bo’ldi. Oilani boqish tashvishi tufayli Oliy
maktablarda o’qiy olmaydi. Sakkiz oylik muallimlar tayyorlash kursinigina
bitkazadi va mustaqil o’qish orqali zamonasining il²or ziyolisi darajasiga
ko’tariladi. Bir vaqtning o’zida ikkita maktabga mudirlik qildi, shahar
maorifida ishladi. Turli gazeta- jurnallarda adabiy xodim, mudir, bosh
muharrir o’rinbosari vazifalarida ishladi.
Gafur Gulomning ijodga kirib kelishida Sharq she’riyati-Navoiy,
Bobur, Mashrab, Muqimiy, Hofiz, Shayx Sa’diy, Firdavsiy, Rudakiy, Umar
Hayyom,Bedil kabilarning ijodlari juda katta ta’sir ko’rsatdi. Keyinchalik
bu ulu² allomalarning asarlarini Gafur Gulom o’zbek tiliga tarjima qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |