Jannat
. 1. Diniy-mistik tasavvurlarda dindor begunoh kishilarning
ruhi u dunyoda rohat-faro²atda yashaydigan joy; behisht.
2.ko’chma. Hamma narsa muhayyo bo’lgan, rohatbaxsh,
xushmanzara, obod joy.
Najot
.1. Xalos bo’lish, qutulish. 2. Qutulish yoki qutqarish uchun
zarur yordam, ko’mak.
Haj
-Makka shahriga borib, zulhijja oyida belgilangan qoida va
odatlarga amal qilgan holda Ka’bani tavof va ziyorat etish.
Hakim
.1. O’tkir tabib; vrach, doktor. 2. Donishmand, faylasuf.
TOPShIRIQLAR:
1.Abdulla Oripov she’riyatining adabiyotimizni yangi bosqichga
ko’tarilishidagi ahamiyati xususida so’zlang?
2.Abdulla Oripov jahon adabiyotining durdona asarlarini o’zbek tiliga
o’girgan. Ular qaysi asarlar va mualliflari kim?
3.Abdulla Oripov ijodida muhabbat mavzuida yozilgan she’rlar.
4.Abdulla Oripov lirikasida Ona haqidagi she’rlari.
5.Shoir ijodida Ona-Vatan mavzuining yangicha talqini.
6.Abdulla Oripov qanday dostonlar yozgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |