hozirgi kun talablariga to’la javob beraolmasa-da, o’z davri masalalarining
badiiy ifodasi sifatida ma’lum ahamiyatga egadir.
Adib «Sinchalak», «O’tmishdan ertaklar», «Mahalla» singari
qissalarida ham xarakter yaratishda o’z mahorati qirralarini yana bir
karra namoyon qildi. Qissalarida realistik uslub etakchilik qilgan bo’lib,
hayotimizdagi ayrim kamchiliklar ochib beriladi.
Abdulla Qahhor drama janrida ham badiiy yuksak asarlar yaratdi.
1949 yili «Yangi er yoxud Shohi so’zana», 1954 yili «O²riq tishlar», 1962 yili
«Tobutdan tovush», 1967 yili «Ayajonlarim» komediyalarini yozib
tugallagan. Komediyalar o’sha vaqtning o’zidayoq sahnalashtirilib,
tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |