Abdulla Qahhor 1907 yilning 17 sentyabrida hozirgi Xo’jand
viloyatining Asht tumanidagi qishloqlardan birida tavallud topgan.
U yoshligidan o’tkir zehnli, sinchkov, tevarak-atrofdagi voqea-
hodisalarga e’tiborli inson bo’lib shakllandi. Boshlan²ich ma’lumot olgach,
Qo’qondagi pedtexnikumda o’qidi. Sharq mumtoz adabiyoti, rus va boshqa
xalqlar adabiyoti bilan tanishdi.
1923 yilda Abdulla Qahhorning «Mushtum» jurnalida birinchi
fel’etoni bosildi. Shundan keyin, tez-tez matbuotda uning «Yalangoyoq»,
«Gulyor», «Mavlon kufur», «Nish», «Norin shilpiq» kabi taxalluslar ostida
hajviy she’rlari, fel’eton va hikoyalari bosilib chiqa boshladi.
Abdulla Qahhorning birinchi kitobi 1932 yili «Qishloq hukm ostida»
Do'stlaringiz bilan baham: |