O’zbekiston Respublikasining yerlari va ularning ekologik holati
O’zbekiston Respublikasining hududi 447,4 ming km
2
, o’rmonlar 54,4 ming km
2
,
qishloq xo’jalik maqsadlari uchun foydalaniladigan erlar 289,2 ming km
2
,
sug’oriladigan erlar 43 ming km
2
, tabiiy yaylovlar 222,9 ming km
2
ni tashkil yetadi.
Respublikamizdagi kam hosilli sug’oriladigan ekin maydonlari (ming gektar
hisobiga) quyidaga jadvalga keltirilgan.
4 — jadval.
№ Erlar
Jami SHundan paxta ekiladigani
1. Kuchli sho’langan erlar
238,4
196
2. Botqoqlashgan yoki kuchli namlangan erlar 24,7
21,7
3. Gipslashgan erlar
200
108
4. Toshloq erlar
50,6
41,8
5. Suv ta’siridi eroziyaga uchragan erlar
50,5
34
Jami
564,2
402,4
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, yaylovlarni tez sur’atlar bilan o’zgartirish
natijasida Orol dengiziga kelib tushadigan suv miqdori keskin kamayib borishini
inobatga olib, 1991 yildan boshlab reepublika miqiyosida yangi erlarni ochish taqiqlab
115
qo’yildi. Sug’oriladigan erlarni kamaytirish faqat suvning foydalanish koeffisientini
oshirish yo’li bilan yoki Orol dengiziga boshqa suv manbalaridan suv keltirish yo’li
bilan amalga oshirilishi mumkin. Ammo ushbu tadbirlarni amalga oshirish katta
energiya va mablag’larni talab qiladi.
Respublikamizdagi sug’oriladigan yerlarning 15% tayyorlanadigan qishloq
xo’jalik mahsulotlarini 98% ni beradi. Oxirgi 20-25 yil davomida sug’oriladigan
erlarning sho’rlanishi 0,8 mln gektarga ortib, hozirgi paytda 2 mln gektar tashkil yetadi.
Shundan 0,85 mln gektar erlar o’ta sho’rlangan yerlar hisoblanadi.
Qoraqalpog’istonda 90-95% erlar, Qashqadaryo va Xorazmda 60-70% yerlar
sho’rlangandir, Respublikada 1748 ming gektar sho’rlangan erlar bo’lib, ulardan 241
ming gektari kuchli sho’rlangan erlardir. SHo’rlanish jarayonlari ayniqsa
Qorakalpog’istonda, Buxoro va Sirdaryo viloyatida kuchaymoqda. Oxirgi 20-30 yil
davomida tuproq tarkibida chirindi (gumus) miqdori (hosildorlikning asosiy
ko’rsatkichi) 30-50% ga kamaydi. Bu esa, umumiy maydonning 40% ni tashkil yetadi.
Barcha sug’oriladigan erlarning 40% ga yaqinini chirindi miqdori nihoyatda kam (1%
gacha) bo’lgan tupoqlar egallaydi.
Respublika erlarining bonitet balli 60 ga tengdir. Bonitet balli Qoraqalpog’iston,
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida 18,7 ballni, Surxondaryo, Xorazm va Namangan
viloyatlarida 70-76 ballni tashkil yetadi. Paxta ekiladitan erlarning eng sifatli 81-100
ballarga teng maydoni 0,7 mln gektar bo’lib, o’rtacha 11-60 ballarga teng 0,9 mln
gektar, o’rtachadan past 21-50 ballarga teng maydoni 0,6 mln gektar erni tashkil yetadi.
Er unumdordigini pasayishiga tuproqning shamol va suv ta’sirida eroziyaga
uchrashishi ham katta salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. SHamol va suv ta’sirida tuproqning
eroziyaga uchrashishi natijasida er unumdorliga yildan-yilga pasayib bormoqda.
Respublikamizda 21 mln gektar sug’oriladigan erlardan 0,7 mln gektar erlar o’ta va
o’rtacha darajada deflyasiya (eroziya)ga uchragan. O’ta va o’rtacha darajada
deflyasiyaga uchragan erlar Farg’ona vodiysida 165 ming gektar, Surxondaryoda 106
ming gektar, Qashqadaryoda 80 ming gektar va Buxoro viloyatida 52 ming gektarni
tashkil yetadi.
CHorva mollarini surunkasiga bir joyda boqish va yaylovlarni o’z vaqtida
almashlab turilmasligi sababli 22 mln gektar yaylov erlaridan b mln gektar erlar
deflyasiyaga uchragan, 13 mln gektar erlar esa, suv ta’sirida eroziyaga uchragan.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, insonning biosferaga ko’rsatayotgan kuchli
ta’siridan biri o’simliklar dunyosida vujudga keladigan kasalliklarga, zararkunanda
hasharotlar va begona o’tlarga qarshi kurashda foydalaniladigan kimyoviy vositalaridir.
SHubhasiz, qishloq xo’jaligida insektisidlar, defolyantlar, gerbisidlar va boshqa
kimyoviy moddalardan foydalanish natijasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab-chiqarish
ortadi. Ammo dixlordifeniltrixloretan (DDT) va boshqa insektisidlar, gerbisidlar, xlor
va fosfororganik birikmalar ko’pchilik hayvonlar va hatto inson uchun xavflidir. DDT
zaharli, ta’sirchan va barqaror modda hisoblanib, u biogeosenozlarda uzoq vaqt
davomida saqlanib qoladi hamda to’planadi. Ma’lumotlarga qaraganda, uni turli
hayvonlarning jigarida to’planganligi aniqlangan.
Respublikamizda zaharlangan erlar tarkibida DDT ning miqdori uning ruxsat
etilgan chegaraviy konsentrasiyasi (RECHK)ga nisbatan 2-5 marotaba ko’proq
to’plangan. Farg’ona, Andijon va Samarqand viloyatlari erlarida DDT ning miqdori
116
uning RECHK siga nisbatan mos ravishda 26, 26,4 va 44 marotaba ko’proq mavjudligi
aniqlangan.
Bundan tashqari, paxta yakkahokimligi, erlarni almashlab ekish ishlari rejasiz
amalga oshirishi va xususan chorvachilikni rivojlantirish, em-xashak bilan ta’minlash
maqsadida erlarga ko’plab mineral o’g’itlardan foydalanishga to’g’ri keldi. Natijada
erga kechadigan barcha tabiiy biologik va biokimyoviy jarayonlar izidan chiqib ketdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, keyinga yillarda pestisidlar bilan ishlov
beriladigan yer maydonlari ancha qisqardi. Masalan, agar 1989 yilda bunday yerlar 2,3
mln gektarni tashkil etgan bo’lsa, 1991 yilga kelib 1,4 mln gektarni tashkil etdi. Bir
gektar yerga solingan pestisidlar 36 kg dan 42 kg gacha ortdi. Xususan Surxondaryo va
Qashqadaryo viloyatida har bir gektar yerga mos ravishda 85 va 90 kg daya pestisidlar
kiritilgan. Yiliga har gektar erga 400-500 kg atrofida mineral o’g’itlar solinib kelindi:
Ma’lumotlarga qaraganda, fosforli o’g’itlar bilan birga tuproq tarkibiga ftor, uran, toriy
va og’ir metall tuzlari singib bordi. Zararkunanda va hasharotlarga qarshi sepiladigan
dorilarning atigi 1% gina foydali ta’sir ko’rsatadi, qolgan 99% tuproq, suv, havo va
boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga singib boradi. Natijada tuproq tarkibidagi foydali
mikroorganizmlar qiriladi, tuproq va er osti suvlari ifloslanadi va inson sog’ligiga katta
salbiy ta’sir yetadi. Ma’lumotlarga qaraganda, ishlab chiqarilayotgan kimyoviy
moddalarning ishlatish koeffisienti nihoyatda past: kaliy va fosforli ug’itlarning 30%,
azotli o’g’itlarning 50% o’simliklar tomonidan o’zlashtirilmasdan qolib, ular suv
ta’sirida yuvilib, er usti va er osti suvlarini ifloslanishiga sabab bo’lmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dehkonchilik bilan shug’ullanadigan erlarda
tuproqning ekologik holati nochordir. Er maydonlarining ifloslanishiga kimyoviy
moddalarni bir joydan ikkiichi joyga uzatish, ularni saqlash, ishlatish uchun kerakli
texnikaning nosozliga yoki etishmasligi, o’simliklarni himoya qilish xizmatining
qoniqarsiz ishlashi sabab bo’lmoqda. Ekologik nuqtai nazardan olib qaraganda
respublikamizda er resurslaridan to’liq foydalanilmaydi. Natijada er hosildorligi va
chorvachilik mahsulotlarining mahsuldorligi pastligicha qolmoqda.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |