Муќаддима


-rasm. Gorizontal chang cho`ktirish kamerasi.      2-rasm



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/105
Sana21.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65187
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105
Bog'liq
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

1-rasm. Gorizontal chang cho`ktirish kamerasi. 
 
 
2-rasm. Ko`p polkali chang cho`ktirish kamerasi. 
 
 
3-rasm. To`siqli chang cho`ktirish kamerasi. 
 


80 
 
 
4-rasm. Sim pardali chang cho`ktirish kamerasi. 
 
Og’irlik  kuchi  ta’sirida  changli  havoni  chang  zarrachalaridan  tozalash  uchun 
davriy yoki yarim uzluksiz ishlaydigan tozalash qurilmasi chang cho’ktirish kamerpasi 
deyiladi. Ularning turli ko’rinishlari 1-4 rasmda ko’rsatilgan. 
Changli  havo  oqimi  kameralarda  ma’lum  tezlik  bilan  harakat  qilib,  chang 
zarrachalari  o’z  og’irlik  kuchlari  ta’sirida chang  yihgich kameralaridan biriga tushadi, 
tozalangan havo esa qurilmadan chiqib kyetadi. 
Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  chang  cho’ktirish  kameralari  changli  havo 
tarkibidan o’lchamlari 100 mkm dan yuqori bo’lgan qattiq chang zarrachalarini ushlab 
qolishga  mo’ljallangan  va  ular  birinchi  bosqichda  havoni  tozalash  uchun  ishlatiladi. 
Tozalash  kamerasida  changln  havo  oqimining  tezligi  1  m/s  bo’lganda,  changli  havoni 
tozalash  darajasi  60-80%  ni  tashkil  etishi  mumkin.  CHangli  havo  oqimining  tezligi  3 
m/s ga egganda tozalash darajasi 40-50% dan oshmaydi, chunki tezlik oshganda chang 
yig’gich  kamerasidagi  cho’kkan  chang  zarrachalari  yana  harakatga  kelib,  tozalangan 
havo  bilan  aralashadi  va  ikkilamchi  ifloslanishni  vujudga  keltiradi.  SHuning  uchun 
changli havo oqiminint tezligi 3 m/s dan oshmasligi kerak. 
Changli  havo  oqimini  sekin  harakatini  ta’minlash  uchun  chang  cho’ktirish 
kameralarning  hajmi  ancha  kattaroq  qilib  yasaladi.  SHuning  uchun  bunday  qurilmalar 
oddiy tuzilishga ega bo’lsalarda, ammo katta joyni egallaydilar. 
Ishlab  chiqarish  korxonalarida  ko’p  polkali  chang  cho’ktirish  kameralardan 
foydalaniladi  (2-rasm).  Kamera  gorizontal  polkalar  bilan  bir  necha  polkalarga 
bo’lingan.  Kamerada  changli  havo  oqimi  sekin  harakat  qiladi  va  chang  zarrachalari 
polkalarga  urilib,  o’z  og’irlik  kuchlari  ta’sirida  cho’kadi.  Ushbu  kameralarda  chang 
zarrachalarining cho’kish vaqti ancha kamayadi. Kameradan changlarni chiqarish uchun 
polkalar  ma’lum  burchak  ostida  qiya  qilib  o’rnatiladi  va  ular  maxsus  silkituvchi 
qurilmaga  ulanadi.  Silkituvchi  qurilmaning  asosiy  vazifasi  polkalarni  silkitib,  ularning 
sirtida cho’kkan chang zarrachalarni tushirishdan iborat. 
To’siqli chang cho’ktirish kameralarida (3-rasm) changli havo oqimi to’siklarga 
urilib,  chang  zarrachalari  o’z  og’irlik  kuchlari  va  inersiya  kuchlari  ta’sirida  chang 
yig’gich  kamerasiga  kelib  tushadi.  Ushbu  tozalash  qurilmasi  ham  dag’al  tozalash 
kurilmalari guruhiga mansub bo’lib, ularda havoni tozalash darajasi 50-60 % ni tashkil 
yetadi. 
Chang  cho’ktirish  kameralarining  ishlash  samaradorligini  η  oshirish  (havoni 
tozalash darajdsini oshirish) maqsadida, ularning ichida vertikal to’siklar o’rnatiladi (4-
rasm).  Chang  zarrachalari  to’siqlarga  inersiya  kuchlari  bilan  urilib,  og’irlik  kuchlari 
ta’sirida chang yig’gich kameralardan biriga kelib tushadi. Agar bunday to’siqlar xalqa 
yoki  sim  parda  shaklida  o’rnatilgan  bo’lsa,  (4-rasm),  unda  changli  havo  oqimi  ularga 


81 
 
urilib filtrlanish jarayoni ruy beradi. 
Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  chang  cho’ktirish  kameralarning  aerodinamik 
qarshiligi 100 Pa ni tashkil yetadi. Ammo ularda changli havo oqimining tezligi 0,6-0,8 
m/s  dan  oshmasligi  kerak.  Aks  holda  chang  cho’ktirish  kamerada  yig’ilgan  chang 
zarrachalari toza havo bilan aralashib tozalash qurilmasidan chiqib kyetadi. 
Yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan  chang  cho’ktirish  kameralari  changli  havoni  chang 
zarrachalaridan  tozalashning  quruq  usuliga  mansub  bo’lib,  ular  paxta  tozalash 
zavodlarida,  to’qimachilik  va  ip  yigiruv  fabrikalarda  (havoni,  qum,  barg,  kalta 
tolalardan  tozalashda),yog’ochni  qayta  ishlash  korxonalarida  (havoni  yog’och 
qipiqlaridan  tozalashda),  sement,  ohak,  marmar,  granit  va  boshqa  qurilish  materiallar 
ishlab  chiqarish  korxonalarida  (ularning  changlaridan  havoni  tozalashda)  keng 
ishlatiladi. Ushbu qurilmalar dag’al tozalash qurilmalar guruhiga mansub bo’lib, havoni 
yirik chang zarrachalaridan tozalashda birinchi bosqichda ishlatiladi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish