Mttlarida ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish



Download 4,87 Mb.
Sana04.04.2022
Hajmi4,87 Mb.
#528160
Bog'liq
MTTlarida ta’li-WPS Office


MTTlarida ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish
1
2
3
Pedagogik jarayonni rejalashtirish vazifalari
Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni
Pedagogik jarayonni rejalashtirish vazifalari
Reja
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko’rsatib, ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta'kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo’lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta'lim muassassi ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir.
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo’lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to’g’risidagi bilimlarni, ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.
Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs bo’lib shakllanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi.
Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarga quyidagilar rejalashtiriladi:
1. Bolalarning og’zaki nutqini tuzatish va rivojlantirish:
a) kitoblar, o’yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o’tkazgani, uning oila a'zolari ota-onasi, opa-singlisi, aka-ukasi va shunga o’xshashlar to’g’risida jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o’tkazish
b) albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko’rish;
v) she'rlarni takrorlash;
g) to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantiruvchi didaktik o’yinlar;
d) tovushlarni to’g’rilash bo’yicha yakka tartibda shug’ullanish.
2. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo’yicha didaktik o’yinlarni rejalashtirish (kichik va o’rta guruhlarda).
3. Bolalar xoxlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil shug’ullanishlari uchun plastilin, buyoqlar, qalamlar, bo’yashlari uchun rasmli kitobchalar va o’zlarining chizgan rasmlari beriladi.
4. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o’yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar, idish- tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo’g’irchoklar beriladi.
5. Bolalarni madaniy-gigienik malakalarga o’rgatish bo’yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan, kichkina guruhda dastro’molchadan foydalanishga o’rgatish bo’yicha didaktik o’yin o’tkaziladi.
6. Koptokii dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib chiqish, sirpanib yurish kabi asosiy harakatlarni rivojlantiruvchi ishlar rejalashtiriladi.
7. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash rejalashtiriladi.
8. Bolalarning o’yin faoliyatlari rejalashtiriladi:
a) qurilish o’yinlari rol, syujet bilan bog’lik qurilish o’yinlari rejalashtiriladi;
b) syujetli-rolli o’yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa
shunga o’xshash o’yinlar rejalashtiriladi;
v) stol usti bosma didaktik o’yinlari. so’zli buyumlar bilan o’ynaladigan didaktik o’yinlar. ermak o’yinlar, xorovod o’yinlar, xalq didaktik o’yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni, nutqni o’stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va sport o’yinlari ham rejalashtiriladi.
9. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat ко’chat o’tkazish, suv sepish, o’simlik va havvonlarni parvarish qilish va shu kabilar;
b) xo’jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish, xonani yig’ishtirishtirish, kitoblarni yopishtirish-elimlash, o’simliklar bargini artish);
v) qo’l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, samonchalar, lattalar yog’och va kartondan har xil buyumlar yasash) har bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o’tkazilishi dasturda ko’rsatilgan. Ertalab 2-3 xil faoliyat rejalashtiriladi. Ertalabki soatlarni rejalashtirishda shu kungi o’tkaziladigan mashg’ulotlar e'tiborga olinadi. Mashg’ulotda biror narsa o’qib berish rejalashtirilgan bo’lsa, ertalabki soatda rasm ko’rish. onasi to’g’risida so’zlab berish, o’qish rejalashtirilmaydi, shu kuni ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalashtiriladi.
Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo’l bo’lib, usullar yig’indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo’lish mumkin: ko’rgazmali (ko’rsatish), og’zaki (savol. solishtirish, she'r aytish, topishmokdan foydalanish), amaliy (topshiriq, o’yin, vaziyat usullari va boshqalar).
Download 4,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish