Мттда бадиий асарларни ва халқ оғзаки ижодини саҳналаштиришнинг асослари



Download 58,5 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2022
Hajmi58,5 Kb.
#528012
  1   2   3
Bog'liq
Nazarova Sarvinoz ifodali oʻqiw


27 вариант
1 топшириқ
“МТТда бадиий асарларни ва халқ оғзаки ижодини саҳналаштиришнинг асослари” мавзусини назарий баён этинг
Javob:
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida badiiy asarlar va xalq ogʻzaki ijodini sahnalashtirish juda katta ahamiyat kasb etadi.Bolalarda qiziqish uyg'otadi.Yani bolalarga yaxshi bilan yomonni ajratishga o'rgatadi.Undan tashqari xalq ogʻzaki ijodi bolalrda milliylik ruhini tarbiyalaydi, vatanga boʻlgan muhabbatni oshiradi.Badiiy asarlarni va xalq og'zaki ijodini sahnalashtirishda albatta bolalarni yoshiga nisbatan yondashishimiz, hamda bolalarga rollarini taqsimlaganda qobiliyatiga qarab ish tutishimiz zarur hisoblanadi.Bilamizki xalq ogʻzaki ijodi muallifi aniq bolmagan yani odamlardan bir biriga o'tib kelayotgan asarlar xisoblanadi.
Ma'lumki, og'zaki adabiyot yozma adabiyot paydo bo'lmasdan ilgari, uzoq
o'tmishdayoq mavjud bo'lgan. Bu adabiyot xalq badiiy kamoloti va ma'naviy
boyligining bitmas-tuganmas xazinasidir. Xalq og'zaki ijodi turmush tajribalari asosida yuzaga kelgan boiib, mehnat jarayoni bilan chambarchas bog'langan. Xalq donoligi shu mehnat jarayonining turli va o'ziga xos shart-sharoitlariga muvofiq avishda bolalar uchun ham ajoyib ertaklar, qo'shiqlar, topishmoqlar, maqollar yaratgan. Ularni bolalar juda sevib tinglaydilar va o'qiydilar. Xalq og'zaki ijodibilan bolalar maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab tanisha boshlaydilar. Xalq og'zaki poetik ijodidagi obrazlarning yorqinligi, so'z ma'nolarining aniqligi, matnning ohangdorligi, musiqiyligi kabi xususiyatlar bola ruhiga orom, huzur bag'ishlaydi, uni o'ziga mahliyo etadi.
Yana bir narsani alohida ta'kidlab o'tish lozimki, kichik va o'rta yoshdagi
bolalar qahramonlik dostonlarini zavq-shavq bilan o'qishadi, ertak, qo'shiq va topishmoqlarga g'oyat qiziqishadi. Xalq og'zaki poetik ijodida yaxshilik yomonlik ustidan, to'g'rilik egrilik ustidan g'alaba qiladi, mehnatkash xalqning intilishlari,
turli orzu, istaklari haqqoniy va favqulotda qiziqarli ravishda hikoya qilinadi.
Ko'rinib turibdiki, xalq og'zaki ijodida mehnat ahlining urf- odati, tabiat va
jamiyat hodisalariga bo'lgan munosabati, baxtli hayot haqidagi ezgu tilak va
orzulari, qayg'u va shodlik xislari, ularning qahramonlik, vatanparvarlik va
insonparvarlik tuyg'ulari, dushmanga nisbatan g'azab va nafratlari, yengilmas iroda-yu haqiqat, adolat, baxt haqidagi o'y va tushunchalari aks ettiriladi.
Bolalar adabiyotining o'ziga xos qonuniyatlari bor, agar bu fan bolimlarga
ajratib o'rganilmas ekan, pala-partishlik, turli tushunmovchilik kelib chiqishi
tabiiy. Eng avvalo kitobxonlik — kitob o'qish, tinglash, hikoya qilishdek e'tibor berilishi zarur bo'lgan amallar bor. Shunga ko'ra bolalar kitobxonligini o'quvchilarning pedagogik-psixologik va yosh xususiyatlariga ko'ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yosh-dan 7
yoshgacha).
2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11—12
yoshgacha).
3. O‘rta va katta maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi (13 —
14yoshdan 15—17yoshgacha).
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi
Bu davr bolalar kitobxonligi, asosan, ota-onalar, buvi-bobolar, mahalla
yetakchilari-yu tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o'qish, yozish,
chizishni bilmaydigan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan bexabar bo'ladilar. Kattalar o'qib, aytib, hikoya qilib beradigan asarlar bu davr bolalari uchun muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu davr bolalariga o'qib beradigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo'lishi zarur. Shuningdek, bunday kiloblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Bog'cha yoshidagi bolalarga ham, avvalo, maqol va
topishmoqlarni, so'ng hayvonlar haqida, umuman, tabiatni sevishga o'rgatuvchi ertaklarni aytib berish yoki o'qib berish juda foydalidir. Ularga mehnatsevarlikni o'yinlar orqali o'rgatilsa, yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Masalan, "Sholg'om", "Bo'ri bilan Qo'zichoq", "Tulki bilan Turna", "Tulki bilan uzum", "Ur, to'qmoq!" kabi masal va ertaklar bolalarni mehnatsevarlikka, tabiatni sevishga, rostgo'ylikka o'rgatadi, aldamchilik va xudbinlik. baxillik va ochko'zlik yomon illat ekanligini tushuntiradi.
"Ayrilganni ayiq yer, bo'linganni bori yer", "Hunar hunardan unar",
"Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar", "Mehnatning tagi rohat" kabi xalq
maqollarini yodlatish va ularning mazmunini yaxshilab tushuntirish bolalar
tarbiyasiga samarali ta'sir ko'rsatadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning
ko'pchiligini ertak, qo'shiq, topishmoq maqol, tez aytish kabi xalq og'zaki ijodi asarlari tashkil ctadi. Bundan tashqari, yozuvchilar yaratgan va yuqoridagi
talablarga to'la-to'kis javob heradigan asarlar ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun qo'l keladi. Ammo shu narsani ham ta'kidlab o'tish kerakki, bolalar
uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim, xarakterli voqea va
hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga xos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim.
Tolib Yo'ldoshning "O'yin bo'lsa" she'ri juda oddiy, sodda, u bor-yo'g'i
sakkiz misra. Bu she'rni har qanday kichkintoy bir zumda yodlab oladi. Bu asarda "Bola yettiga kirguncha yerdan kaltak yeb o'sadi" maqoli jamlangandek:
O'yin bo'isa o'ynaymiz. Yiqilamiz, turamiz
Bo'lmasa-chi, topamiz- Shu ham o 'yin atalur.
Topolmasak zir yelib, Bizday necha yiqilib
To'r tomonga chopamiz. ~ Katta bo 'Igan otalar.
Asar bolalarni do'st, topag'on, ahil bolib o'ynab-kulib o'sishga, bobolarning
umlariga sadoqatli bo'lib kamol topishga da'vat etadi.
Xulosa qilib ayftganda, bu davr bolalari o'zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona yurtga mehr-oqibatli bo'lishni, tabiatni asrashni mehnatni sevishni o'rganadilar.
Bolalar adabiyotida xalq og`zaki ijodi. Maqol, topishmoqlar va tez aytishlar
1.
Mavzu : Bolalar adabiyotida xalq og`zaki ijodi. Maqol,
topishmoqlar va tez aytishlar.
Reja:
1. Bolalar folklori.
2. Maqol haqida nazariy ma’lumotlar.
3. Tez aytish.
4. Xulosa.
Muallif: Muqaddamxon Ehsonova
2.
Bolalar folklori ham kattalarniki kabi xilma- xil adabiy
tur va janrlarda namoyon bo`ladi.
Barcha zamonlarning o`z ijodkorlari xalqning urf- odatlari,
maqsad- intilishlari, orzu- armonlarini ifodalab keladi.
Qolaversa, bolalarning ham ma’naviy- axloqiy jihatdan
shakllanishlarida muhim tarbiyaviy vosita vazifasini bajaradi.
Bu maqsad qo`shiq, doston, ertak, afsona va rivoyat,
topishmoq, maqol kabi shakllar orqali o`z aksini topadi.
3.
Xalq og`zaki ijodi asarlari orqali ham
ajdodlari zakovati va jasoratlaridan saboq oladi,
buyuk ajdodlari va ularning yashash tarzi bilan
tanishadi. Folklorda xalq zakovati, iste’dodi va
til boyligi namoyon bo`ladi. Bu xususiyat
ayniqsa maqol va topishmoqlarda ko`rinadi.
4.
Maqol arabcha “ qavolla ” , “ qavlun ”
so`zlaridan olingan bo`lib, so`z, aytmoq,
so`zlamoq ma’nolarini anglatadi.
Maqol – xalqning hayotiy tajribalari asosida
yuzaga kelgan dono, purhikmat so`zlar. El orasida
naql so`zi ham maqol ma’nosida qo`llaniladi.
5.
Ijtimoiy- siyosiy, ma’naviy- madaniy, axloqiyfalsafiy qarashlarni o`z ichiga oladi. Ixcham,
lo`nda va obrazli ifodalanadi. Maqollar maxsus
ijod qilinmaydi, balki ma’lum bir sharoit
taqozosi bilan hayotiy tajribadan xulosa sifatida
yuzaga keladi. Har bir maqolda o`sha xalqning
qalbi, milliy saviyasi ifodalanadi.
6.
Maqollar ham she’riy, ham nasriy shaklga ega bo`lganligi
uchun ham maxsus tur deb ataladi.
Maqollar ixcham shaklga ega bo`lsa- da, katta hayotiy
muammolarni o`z ichiga oladi.
O`zbek xalq maqollarini yozib olish XI asr, Mahmud
Qoshg`ariydan boshlangan.
XVIII – XIX asrlarda yashab o`tgan M. Gulxaniy “
Zarbulmasal ” asarida 400 dan ortiq maqol ishlatgan.
7.

Maqollardan namunalar:


• Jahl— dushman,
Oy tunda kerak,
Aql — do‘st.
Aql kunda kerak.
• Belgi bo‘lsa, yo‘ldan adashmas,
Aql bo‘lsa, so‘zdan adashmas.
• Chinordek bo‘ying bo‘lguncha,
Tumordek aqling bo‘lsin.
Elga qo‘shilsang, el bo‘lasan,
Eldan ajralsang, yer bo‘lasan.
Hunari yo‘q kishining,
Mazasi yo‘q ishining
8.
Bulbul chamannu sevar,
Do`st so`zini tashlama,
Odam vattanni.
Tashlab boshing qashlama.
Ilm aql chirog`i.
Bilagi zo`r birni yiqar,
Bilimi zo`r mingni yiqar.
Daryo suvuni bahor toshirar,
Odam qadrini mehnat oshirar.
9.
Bolalar xalq og`zaki ijodida maqol yetakchi
o`rinda turadi, chunki maqol xalq yaratgan
g`oyat chuqur va tugal ma’noli gaplar.
Maqolda xalqning, bir necha avlodning aql- u
farosati hamda turmush tajribasinng yakuni,
shuningdek donishmandligi beriladi.
10.
Balki shu sababli “ Otalar so`zi ” nomi bilan ham
yurutiladi. Maqol janriga nafaqat yozuvchilar balki katta
yoshdagi insonlar ham qayta- qayta murojat qiladilar.
Maqol yoshlarni ilm- u hunarli bo`lishga,
mehnatkashlikka, vatanparvarlikka umuman olganda
barcha insoniy fazilatlarga o`rgatadi.
Dono xalqimiz bejizga: “ So`z ko`rki- maqol ” deb
aytmagan.
11.
Topishmoqlar xalq og`zaki ijodining
eng qadimgi va eng ommaviy janri.
Jahondagi barcha xalqlar folklorida
uchraydi. Topishmoqlarda xalq hayoti,
turmush darajasi, urf- odatlari ma’lum
darajada o`z aksini topadi.
12.
Topishmoqda yechilishi mumkin bo`lgan so`roq
ma’joziy ma’noda ifodalanib uning ma’nosi yashirin
bo`ladi. Odamlar, ayniqsa bolalar, topishmoqda
yashiringan narsani topishga, jumboqni bilishga
qiziqadilar.
Topishmoqlarda narsa yoki hodisaga o`xshatish,
o`zaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladi.
Topishmoqlar ba’zan nasriy, ko`pincha, she’riy shaklda
bo`ladi.
13.
Topishmoqlar bolalarning so`z boyligini oshirish
hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va
tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatlarini
kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi.
Topishmoqlardan doston va ertaklarda keng
foydalaniladi. Topishmoq xalq ichida topmacha,
jumboq, matal nomi bilan ham yuritilgan.
14.
Topishmoqlar mavzusi tabiat va kundalik
hayotda, ro`zg`orda, uchrab turadigan aniq
hodisa yoki narsa yoxud boshqa tushuncha
haqida bo`ladi.
Masalan: Dum- dumaloq jajji oy, chaqib
yesang g`ij- g`ij moy.
( Yong`oq )
Qo`li yo`q, oyog`i yo`q uy poylar. ( Qulf )
15.
Ko`pincha topishmoqlar mubolag`a yo`li bilan yaratiladi, masalan:
Bir chuqurda, ming chuqur ( angishvona )
O`zi bir qarich, soqoli ming qarich ( igna- ip )
Muallifiga ega bo`lgan she’riy topishnoqlar chiston, shuningdek
lug`z deb ham yuritiladi. Chiston forscha so`z bo`lib “ chist ” – nima , “
on ” – u ma’nosini beradi.
Chiston alohida she’riy janr ham hisoblanadi. Bu janrda dastlab
Navoiy , keyinchalik Uvaysiy samarali ijod qilgan.
Masalan: Navoiyning “ Qalam ” , “ Tanga ” , “ Yumurtqa ” ,
Uvaysiyning
“ Anor ” , “ Kun va tun ” chistonlari mashhur.
16.
17.
Topishmoqlardan namunalar:
• Lenta kabi cho‘zilib,
Bulut desang, bulutmas,
Yurtni yurtga ulaydi.
Yerdan ko‘kka suzadi.
Do‘stni do‘stga uchratib,
Ko‘zga, burunga kirsa,
Qalbga sevinch qalaydi.
Asabingni buzadi.
(Yo‘l)
(Tutun)
• Qo‘shaloq tovoq,
Keragida suvga otasan,
Ichi to‘la yog‘.
Qimirlashin poylab yotasan.
(Yong‘oq)
(Qarmoq)
19.
Xalq og‘zaki ijodi turlaridan biri
bo‘lmish tez aytish ayrim nutq
tovushlarining ko‘p qaytarilishi yoki
tovushlarning so‘z va iboralar tarkibida
talaffuzni qiyinlashtiradigan darajada
murakkab joylashishiga asoslanadi.Ayniqsa, bu iboralar tez aytilayotgan
paytda, aytuvchi bu murakkab tovushlarni
talaffuz qila olmasdan adashib ketishi
tinglovchilarning beozor kulgusiga sabab
bo‘ladi. O‘zbek tilida bu iboralarning tez
aytish deb nomlanishi ham shundan kelib
chiqqan.

Download 58,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish