Mt o’yin faoliyatida bolalar fol’klorining o’rni Reja



Download 28,47 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi28,47 Kb.
#495827
Bog'liq
MT o’yin faoliyatida bolalar fol’klorining o’rni


MT o’yin faoliyatida bolalar fol’klorining o’rni
Reja:

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda folklorning o’rni.

  2. Nutqni tushunishni rivojlantirishning asosiy metodik usullari.

  3. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirishda folklorning ahamiyati.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni o’stirish va ijodiy tafakkurni shakllantirishda foydalaniladigan o`yin namunalari


O`yinlar xalk pedagogikasining tarbiya vositasidan biri hisoblanadi. Asrlar davomida o`yinlar rivojlanib, yangilanib kelmoqda. O`yin faoliyati bola hayotida, uning jismoniy, ruhiy, aqliy kamolatga etishida muhim vositalardan biri hisoblanadi. O`yin orqali bolalar tafakkur, tasavvur, xotira, diqqati kabi barcha psixik jarayonlari rivojlanadi va atrof - muhit haqidagi bilmi yanada kengayib boradi. Maktabgacha ta'lim muassasasida o`yin faoliyatidan to`g`ri va unumli foydalanish, har bir o`tkaziladigan mashg`ulotlar va sayr faoliyatining samaradorligini oshirib boradi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida o`yin faoliyati turli xil shaklda voqeaband - ijroli, harakatli, ta'limiy, musiqiy-ta'limiy kabi yo`nalishda olib boriladi. O`yin bolalar uchun qiziqarli, mazmunli bo`lishi uchun tarbiyachi o`yin qoidasi bilan yaqindan tanish bo`lishi kerak.
O`yin mashg`ulotlaridan voqeaband - ijroli o`yinlar orqali bolalar tafakkuri kengayadi va qiziqishlari rivojlanadi. Rolli o`yinlar orqali bolalarga ularni qurshab turgan kishilarning kundalik hayoti, o`zaro munosabatlari, turmush kechirish yo`sinlari bilan tanishib boradi. Bolalar hamisha kattalarga taqlid kilishadi, qo`g`irchog`ini erkalayotgan qizcha onasining so`zini takrorlaydi, qo`g`irchog`ini beshikka belab alla kuylaydi, mana shu birgina o`yin orqali unda oila sharoitidagi ko`nikmalar hosil bo`layotganligini kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari
"Shifokor", "Sartaroshxona", "Do`konda", "quruvchilar", "Tikuvchilar",
"Bog`cha", "Maktab - maktab" kabi o`yinlar orqali maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar qalbida kasbga qiziqish, faollik, o`zgalarga mehnatiga hurmat, ahil va inoqlilik, shirinsuhanlik kabi hislatlar o`stirib boriladi. Bolalar yoshiga mos ertaklardan, rus xalq ertagi " Sholg`om", "Bo`g`irsok", o`zbek xalq ertagi "Zumrad va qimmat", "Ikki echki" kabilarni sahnalashtirish, qo`shiqlarni, she'rlarni, hazillarni yod oldirish bola xotirasini mashq qildiradi, fikrni to`plash qobiliyatini, so`z boyligini, nutq faoliyatini, estetik madaniyatini, bolalarda ijrochilik mahoratini, o`ziga bo`lgan ishonch kabi qobiliyatlarni tarkib topishiga yordam beradi.
Harakatli o`yinlar bolalardan epchillikni, chaqqonlikni, diqqatni bir joyga jamlashni, sezgirlikni talab kiladi. Xalq o`yinlaridan "Ismingni eslab qol", "Ko`z bog`lagich", "Oq terakmi, ko`k terak", "g`ozlar", "qushim boshi", "To`p-tosh", "Jami" o`yinlari orqali bolalarda harakat faoliyati rivojlantirilib boriladi, mustaqil faoliyati, jismoniy quvvati oshirilib, o`zligiga ishonch ruhi o`stirib boriladi.
Shuningdek turli o`yinchoqlar bilan uynash tup, arqoncha, ot,arava, velosiped kabilar bilan uynaladigan o`yinlar orqali ular qalbida musobaqalashish hislari uyg`otib boriladi. Ayniqsa to`p o`yinlari bolalarning barcha tana harakatlarini rivojlanishiga katta yordam beradi, shuning uchun to`plar rangi yorqinroq, engil, yumshoq, bolalar uchun o`ynashga qulay bo`lishi kerak. Bolalar bilan sport xonalarida emaklash, sirpanish, tirmashib chiqish, arqon tagidan o`tish mashqlarini o`rgatish va shunga doir quyidagi: "Ona tovuq va jo`jalar", "Arqonga tegmay o`tchi", "Olishish", "Tortishmachoq" kabi o`yinlarni bolalarga o`rgatish orqali ularda ishoraga binoan harakat, jamoa bilan o`ynash, qoidaga amal kilish, chamalash, diqqatni jamlash kabi hususiyatlar tarbiyalanadi.
Ta'limiy o`yinlar orqali bolada mustaqillik, faollik, ijodkorlik masalaga ongli yondoshish malakasi o`stirib boriladi. O`yin ko`rgazmalilik, oddiydan murakkabga
o`tish usullari orqali olib boriladi. Tarbiyachi ta'limiy o`yinlarni o`tkazish davomida bola harakatini faollashtiradi, mustaqil harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi, o`yindan to`g`ri foydalanilsa bolaning tafakkuri, nutqi, xotirasi ya'ni, aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Ta'limiy o`yinlar orqali bolalar eshitish, kurish, sezish a'zolari orqali turli narsalar va ularni yasashda ishlatiladigin materiallarning xossalarini, ularni bir - biriga taqqoslashni, guruhlarga ajratishni o`rganadilar. Ta'limiy o`yinlar kichik guruhlarda quyidagi xilda o`tkaziladi. O`yinchoklar bilan o`ynaladigan o`yinlar-"Ayiqlarga nima kerak?", "Jajji oyoqchalarimiz", "Zumrad uchun ko`ylaklar" . Stol ustiga qo`yib o`ynaladigan o`yinlar- "Nima qaerda yuradi?", "Men aytgan narsani ko`rsat", "Kimning qo`lida nima bor?". Og`zaki usuldagi ta'limiy o`yinlar- "qo`g`irchoq Lolaxonni cho`miltiramiz", "qo`g`irchoq Lolaxon mehmonga keldi", "Ajoyib xaltacha", "Shaklini top", "Rangini top" kabi o`yinlar kiradi.

Eshitish va ko`rish a'zolarini faollashtirish uchun "Xilini top", "qaysi daraxtning mevasi?", "Nimaning pati", "Mevasini top", "Onasini top", "Mevalar va barglar", "Domino", "Yovvoyi va uy xayvonlari", "Ishlash uchun nima zarur", "Bu uychada kanday xayvon yashaydi","Bu kim yoki nima?" singari o`yinlardan foydalanish maksadga muvofik bo`ladi. Bu O`yinlar orqali bolalarda meva va sabzavotlar, xayvonlar va parrandalar, yil fasllari,kiyim - kechak va boshkalar, kabi tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, kurish va eshitish, esda saqlab kolish xususiyatlari rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda uynaladigan "Ayting biz topamiz", "Topgan topag`on", "Oshqovoq pishdi", "Loy o`yini", "Bog`bonlar" o`yinlari orqali mehnatga muxabbat ruhi tarbiyalanib boradi.


Bolalar qalbida musiqaga bo`lgan muxabbat hissini oshirishda musiqiy- ta'limiy o`yinlarning roli beqiyosdir. Tarbiyachi bolalarga turli xil musiqa asboblarini ko`rsatib, chalib berish orqali, cholg`u asboblarining ovozi va tuzilishi va turlari bilan tanishtirib boradi. "Ovozidan top", "Nimada chalyapman", "qo`ng`iroq qanday jaranglayapti" kabi o`yinlar orqali tarbiyachi bolalarga ovoz va cholg`u asboblarining tovush xususiyatlarini farqlashga o`rgatadi. "Tapur-tupur qayrag`och", "Tomga tosh otdim", "O`ynab ber", "Sanamalar", "Mushtum va kaftchalar", "Yomg`ir" kabi milliy o`yinlar orqali bolalarni musiqa ritmiga mos harakat, o`yinli ashulani ijro etish, qarsaklar va mimik harakatlarni to`g`ri bajarishga o`rgatib boriladi.
- g`ozlar, bir so`z deysizmi?
- g`a, g`a - g`a!
- Totli suli eysizmi?
- Ha, ha - ha
- Nega patni silaysiz?
- g`oq, g`oq - g`oq.
- Mendan nima tilaysiz?
- Boq, boq, boq"!
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o’quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g’oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o’tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi nodavlat muassasalari;
maktabgacha guruhlarga ega bo’lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
maktabgacha va boshlang’ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o’quv dasturini qo’llash majburiydur.
Davlat o’quv dasturi 7 bobdan iborat bo’lib, I-bobda MTM davlat o’quv dasturini qo’llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan. Davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o’quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim muassasasi Davlat o’quv dasturi asosida o’zining MTM ishchi o’quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o’quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi
Davlat o’quv dasturida MTMningquydagi maqsad va vazifalari belgilab berilgan. Bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid davlat talablari asosida hamda davlat o’quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha yoshdagi bolalarning o’quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o’zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.

Davlat dasturida MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan bo’lib:


-O’quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:
bola huquqlari, o’ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’liqligi;
bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan,
uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash;
o’yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Xalq ijodi — xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati anʼanaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor), xalq musiqasi (musiqa folklori), xalq teatri (tomosha sanʼati), xalq oʻyinlari (raqs), qoʻgʻirchoqbozlik, dor va yogʻoch oyoq oʻyinlari (xalq sirki), xalq tasviriy va amaliy bezak sanʼati hamda texnikaviy va badiiy havaskorlik kabi ijodiyot turlari. Yaratilishi va ijodiy jarayonida koʻpchilikning ishtiroki boʻlgan Xalq ijodi ning turlari xalq turmush tarzi, yashash sharoitlari, ijtimoiy mehnat darajasiga moye ravishda shakllanib, avloddanavlodga, ustozdan shogirdga oʻtib, doimiy ravishda mukammallashib, sayqallashib, tobora anʼanaviylashib borgan va nihoyat, kasbiylik (professionallik) xususiyatiga ega boʻlgan, jonli ijro sharoitlari va kundalik amaliyotda bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Xalq ijodining bir qator qad. namunalari yozma manbalarda, tarixchi va yozuvchilarning asarlarida, qoyatoshlarda (Sarmishsoy, Zarautsoy rasmlari kabi), arxeologiya va arxitektura yodgorliklarida, uyroʻzgʻor buyumlarida saklanib kelgan.
Xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, eʼtiqodi va diniy tasavvurlari, inson va olamga nisbatan histuygʻulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va adolatli zamon haqidagi oʻyfikrlari oʻz ifodasini topgan. Xalq ijodi qadimdan rivojlanib kelgan (qarang Ibtidoiy sanʼat). Jamiyat taraqqiyoti va mehnat taqsimotining kuchaya borishi bilan Xalq ijodi janrlariga nisbatan ayrim isteʼdodli shaxslarning ixtisoslashuvi osha borgan. Shu tariqa baxshilar, masxarabozlar, qiziqchilar, qoʻgʻirchoqbozlar, raqqoslar, mashshoklar, naqqoshlar, kulollar, oʻymakorlar, kashtadoʻzlar va h.k. sanʼati yuzaga kelgan, korfarmon va ishboshilar paydo boʻlgan. Ammo uning yaratilishi va oʻzlashtirilishida koʻpchilikning ishtiroki, har bir ijro yoki amaliyot qadimdan qaror topgan mustahkam anʼanalar doirasida voqe boʻlishi saqlanib kelgan. Har qanday badiha, ijodiy xattiharakat, yangilik barqaror anʼanalar va ustozshogird munosabatlari doirasida roʻy bergan. Bir tomondan, anʼanalarning oʻzi rivojlana borgan, ikkinchi tomondan, har bir ijro yoki amaliyot davomida oʻzgartirishlar, yangiliklar kiritilgan, yangi asarlar, variantlar yuzaga kelgan. Qay birlari unutilib, ijro va amaliyotdan tushib qolgan. Xalq ijodi professional sanʼatning yuzaga kelishi va rivojida katta oʻrin tutadi. Oʻz navbatida, professional sanʼat ham Xalq ijodi rivojiga taʼsir koʻrsatib, uni boyitib kelmoqda. Jamiyatda Xalq ijodi namunalarini saqlash va rivojlantirish, yoʻqolganlarini tiklash ehtiyoji oʻzining estetik talablarini qondirish, yaxshi yashash va hayotini mukammallashtirishga boʻlgan intilishidan kelib chiqqan. Bugungi kunda Xalq ijodini saqlash va rivojlantirish uchun katta imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Umumdavlat miqyosidagi muzeylar va qoʻrikxonalarning ishlayotganligi, Xalq ijodi namunalarining ilmiy oʻrganilishi va nashr etilayotganligi, koʻplab folkloretnografik ansambllarning mavjudligi, badiiy havaskorlikni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilayotganligi buning tasdigʻidir.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor). Inson nutqi shakllanishi bilan xalq ogʻzaki badiiy ixodining qad. tur va janrlari ham qorishiq holda yuzaga kela boshladi. Kishilik badiiy tafakkurining turli shakllarini oʻz ichiga olgan bu sinkretik ijod namunalari ibtidoiy inson maishati va faoliyatining barcha jihatlari bilan mahkam bogʻlangan boʻlib, qad. odamlarning diniyeʼtiqodiy va mifologik qarashlarini, boshlangʻich ilmiy (empirik) bilimlarini, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan. Biroqqad. folklorning bunday namunalari bizgacha yetib kelmagan, balki ularning izlari va ayrim qismlari xalqning yashash va turmush tarzi bilan bogʻliq turlituman tasavvur va qarashlarida, xalq urfodatlari, udumlari, marosimlari, bayramlari tarkibida, baʼzi bir yozma manbalarda, keyingi davrlarda yozib olingan folklor asarlarida qoldiq holidagina saqlanib qolgan. Yozuvning yuzaga kelishi natijasida xalq ogʻzaki badiiy ijodi bilan tarixan bogʻliq adabiyot xam paydo boʻldi. Badiiy matnning ayrim ijodiy (yozuvchi, shoir, dramaturg) faoliyat bilan bogʻlanishi, muayyan ijodiy harakat sifatida yozuv bilan mustahkamlanishi adabiyotning asosiy xususiyati boʻlib, insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi oʻziga xos burilish nuqtasidir. Adabiyot oʻzining taraqqiyoti davomida folklordan barcha estetik tushunchalar va badiiy shakllarni olganligiga qaramay, oʻziga xos badiyat qonuniyatlari asosida mustaqil ravishda rivojlana bordi. Soʻz sanʼatining mustaqil turi sifatida folklor ham u bilan birgalikda yonmayon yashab keldi. Chunki kishilik jamiyatining umumiy estetik talabi va ehtiyoji uzoq yillar davomida faqat adabiyot bilan emas, balki folklor bilan ham mustaxkam bogʻliq boʻldi. Soʻz sanʼati bu 2 turining mustaqil rivoji, adabiyot va folklor asarlari yaratilgan ijtimoiy muhitdagi farkdar, ijodiy jarayonning xilmaxilligi ularning oʻzlariga xos spetsifik xususiyatlarini yanada kuchaytirdi. Natijada adabiyot va folklor oʻzlariga xos muayyan estetik tizim, janrlar tarkibi, badiiy xususiyatlarga ega boʻlgan soʻz sanʼatining mustaqil 2 turi — ogʻzaki va yozma turi sifatida rivojlanishda davom etdi.
Yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining ogʻzakiligi va unda koʻpchilikning ishtirok etishi (jamoaviylik) xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy xususiyatidir. Uning anʼanaviylik, oʻzgaruvchanlik, variantlik, ommaviylik, anonimlik (muallifining nomaʼlumligi) kabi koʻpdankoʻp belgilari folklorga xos ijodiy jarayonning ana shu bosh xususiyati doirasida namoyon boʻladi. Folklor namunalari ogʻzaki yaratilib, ajdodlar va avlodlar aloqadorligida ogʻzaki tarqalar hamda ommaviy repertuardan keng urin olar ekan, bunda badiiy shakllarning barkarorligi (turgʻunligi), matndan matnga oʻtuvchi umumiy oʻrinlarning qatʼiylashganligi, oʻxshash sayyor syujetlarning koʻpligi imkoniyat yaratadi. Har bir ijodkor (kdyta ijod) va ijroda anʼanaviy asardagi nimalardir oʻzgaradi, nimalardir avvalgisidan boshqacharoq talqin etiladi, nimalardir qoʻshiladi yoki tushib krladi. Bunday oʻzgaruvchanlik ijtimoiy muhit, maishiy sharoit, eshituvchilar talabi va ijrochi (ijodkor) salohiyatiga bogʻliq. Lekin har qanday oʻzgarish, ijro davomidagi qayta ijod asrlar davomida kagiylashgan puxta anʼanalar doirasida sodir boʻladi. Demak, jonli ogʻzaki anʼana doirasidagi badihagoʻylik folklor asarlarining koʻp variantlarida tarqalishiga olib keladi.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodining deyarli barcha janrlari turlituman ijrochi va ijodkorlar faoliyati bilan bogʻliq. Isteʼdodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolish va keng ommalashtirish bilan birga ogʻzaki anʼanalar doirasida uni yanada mukammallashtiradilar, baʼzan yangilarini ham yarata oladilar. Biroq bunda barkarorlashgan va qatʼiylashgan jamoaviylik anʼanalari yetakchilik qiladi. Ayrim janrlar (mas, topishmoq, maqol kabi) ommaviy xarakterga ega boʻlsa, yaʼni ularning namunalaridan har bir kishi ozmikoʻpmi ayta olsa, boshqalarining (mas, doston, ogʻzaki drama singari) ijrosi muayyan tayyorgarlikni talab qilgan. Shu tariqa xalq ogʻzaki badiiy ijodi namunalarini yaratish va ijro etishda oʻziga xos kasbiy ijodkorlik yuzaga kelgan. Oʻzbek folklorida ijodkor va ijrochilarning kasbiylashuvi nihoyatda rivojlangan. Baxshilar, ertakchilar, askiyabozlar, qiziqchilar, dorbozlar ijrochiligi professional sanʼat boʻlib, uni egallash uchun boʻlgʻuvchi ijodkor maxsus tayyorgarlik koʻrishi va muayyan ustozdan taʼlim olishi zarur boʻlgan.
Afsona, rivoyat, lof, latifa, maqol, topishmoq, ertak, doston, qoʻshiq, assiya, ogʻzaki drama va boshqalarlar xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy janrlari boʻlib, ular soʻz sanʼati namunalari boʻlish bilan birga muayyan ijtimoiymaishiy funksiyalarni ham ado etadilar. Mas, hoʻp mayda, hoʻshhoʻsh, tureyturey, chureychurey kabi qoʻshiq turlari mehnat jarayonlariga aloqador boʻlsa, yoryor, oʻlan, lapar, kelin salom, yigʻiyoʻqlov, badik, suyet xotin singarilar har xil marosimlar bilan bogʻliqdir. Folklor janrlari gʻoyaviybadiiy xususiyatlari bilan emas, balki ijro usullari (yakka ijrochilik, jamoaviy ijrochilik, sozli, sozeiz kabi) jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ularning biri kuylash uchun, ikkinchisi aytib berish, hikoya qilish uchun, boshqasi koʻrsatish, namoyish etish uchun yoki ham kuylash, ham oʻynash, ham aytish uchun moʻljallangan boʻladi. Folklor janrlari qanchalik xilmaxil, baʼzan oʻta funksionallashgan va qatʼiy vazifador boʻlishiga qaramay, ular yaxlit badiiy tizimni tashkil etadi. Folklor janrlari ijtimoiyiktisodiy taraqqiyot bilan uzviy bogʻliq. Xalq hayotidagi tarixiy oʻzgarishlarga koʻra, ular ham oʻzgara borgan. Qay bir janrlar yoki namunalar butunlay yoʻqolgan, yangilari yuzaga kelgan. Shuning uchun ham ularda koʻp qatlamlilik mavjud boʻlib, uzoq ijro davomida bir necha davrlar oʻz izini qoldirgan. Janrlarning bosqichli taraqkiyoti va tarixiytipologik nuktai nazardan qaraganda, eng kdd. davrlarda koʻpchilik xalklarda miflar, urugʻ va qabilalar haqidagi afsona va rivoyatlar, topishmoq va maqollar, olqish va qargʻishlar, mavsummarosim folklori namunalari, mehnat qoʻshikdari keng tarqalgan. Keyingi davrlarda esa, ertaklar, eposning arxaik shakllari yuzaga kelgan. Patriarxalurugʻchilik munosabatlarining yemirilishi va ilk davlatlarning shakllanishi davrida qaxramonlik dostonlari yaratilgan. Keyinroq romanik epos, lirik va tarixiy qoʻshiqlar, ogʻzaki drama, latifa va loflar paydo boʻlgan.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodi milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida juda katta ijtimoiy qiymatga ega. U xalqning tarixi, maishati, urfodatlari, dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari, orzuumidlari haqida keng bilim beradi. Unda xalq badiiy didi, voqelikka nisbatan xalqona estetik munosabat ifodalangan. Estetik sezgilar rivojida, goʻzallikni, badiiy soʻz qadri va qimmatini, ona tili boyliklarini his qilishda uning ahamiyati beqiyosdir. Folklor professional sanʼat turlari — adabiyot, teatr, musiqa, kino va boshqa taraqqiyotida muhim rol oʻynadi.
Xalq musiqasi (musiqiy folklor) — ogʻzaki anʼanadagi musiqa turi. Ibtidoiy sanʼatda paydo boʻlgan oʻyin usullari, jodu aytimlari, tovushli signallardan tortib xalq ashula va cholgʻu kuylargacha kabi shakllardan iborat. Boshqa musiqa turlaridan, asosan, turmush jarayoni (urfodat, marosim, bayram va boshqalar)ga bevosita bogʻlanganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat musiqiy folklor namunalari sof estetik hodisalar maʼnosida emas, kundalik hayot (maishiy, mehnat, marosim va boshqalar) vazifalarini bajaradigan badiiy shakllar sifatida qaror topadi.
Koʻpgina xalq musiqasi namunalari sinkretik shakllar boʻlib, bularda kuyohanglar soʻz (koʻshiq, terma, lapar), raqs (oʻyinraqs kuylari), tomosha (musiqiy tomosha) bilan uygʻunlashgan holda yuzaga keladi. Muayyan badiiy anʼana va shakl (mas, ohang) andozalariga asoslangan xalq musiqa namunalari turli davr va sharoitda (mas, tinglovchilar yoki ijrochilar tarkibi, ijro etish vaqgi, joyi va muhitiga qarab) oʻzgaradi. Shuning uchun har bir musiqiy folklor namunasining bir necha varianti mavjud boʻladi. Xalq musiqasida mintaqaviy, milliy va mahalliy uslublar ajratiladi (mas, oʻzbek xalq musiqasida Buxoro—Samarkand musiqa uslubi, Surxondaryo— Qashqadaryo musika uslubi va boshqalar).
Musiqiy folklor namunalari badiiy mazmun jihatidan epik (terma, musiqiy ertak, maddohlik, qissaxonlik, afsona kuylari kabi), dramatik (musiqiy tomosha va boshqalar) va lirik (qoʻshiq, lapar, yalla, madhiya va boshqalar) turlarga, ijro etish sharoitiga qarab — maishiy, marosim qoʻshiqlari, mehnat qoʻshiqlari va boshqa turlarga ajratiladi. Xalq musiqasi namunalari xalq (omma) badiiy ongining mahsuli sifatida hayot kechirib, yakka holda havaskor xonanda (guyanda, xalfa va boshqalar), sozanda (doʻmbrakash, dutorchi kabi) tomonidan, shuningdek, ansambl yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. Xalq musiqasi milliy musiqa uslubining asosi, bastakor va kompozitorlar ijodi, ommabop musiqaning muhim manbaidir (qarang
Xalq kuylarini qayta ishlash). Musiqiy folklor, oʻz navbatida, professional musiqa sanʼati bilan oʻzaro chambarchas aloqada rivojlanadi. Hozirgi davrda xalq musiqa namunalarining qadimiy va oʻzgartirilgani, shuningdek, ular asosida yangidan yaratilganlari mavjud. Xalq musiqa cholgʻu asboblari xilma-xil. Ular bir xalqqa
(mas, qirgʻizlarda koʻmuz, ukrainlarda bandura) yoki asriy tarixiymadaniy aloqadagi turli xalqlarga (mas, uzbek, tojik, uygʻur, turkman, qoraqalpoqlarda dutor va boshqalar) mansub boʻlishi mumkin. Xalq musiqasi namunalarini ijro etish muhiti va boshqa xususiyatlarini yozib olish bilan musiqiy etnografiya, tadqiq etish bilan musiqiy folkloristika (etnomusiqashunoslik) shugʻullanadi.
Xalq teatri — xalq ogʻzaki ijodi bilan bogʻliq sanʼat turi. Ilk koʻrinishlari ov oʻyinlari, dehqonchilik va chorvachilik bilan bogʻliq qad. marosim hamda bayramlarda paydo boʻlib, taraqqiy etgan, xalq sanʼati darajasiga koʻtarilgan. Dastlabki davrlarda xalq teatrida soʻz va oʻyin bilan bir qatorda qoʻshiq, raqs, nayrangbozlik va boshqa aralash boʻlgan. Keyinchalik ja. . miyat taraqqiyoti davomida xalq teatri mustaqil ijodiy soha sifatida ajralib chiqqan. Jahon xalqdari xalq teatrida jonli aktyorlar teatri va qoʻgʻirchoq teatri mavjud. Xalq qoʻgʻirchoq teatri qoʻgʻirchoqlarning koʻrinishi, ularni oʻynatish usuliga koʻra xilmaxil. Ularda koʻproq ertak, afsona va boshqa sahnalashtiriladi. Xalq teatri toʻla maʼnoda professional boʻlmasada, qatnashchilari malakali, isteʼdodli kishilardir. Mas, Qad. Rimda mimlar, Gʻarbiy Yevropada shpilmanlar, jonglyorlar, Rossiyada skomoroxlar, Oʻrta Osiyoda masxarabozlar, shuningdek, turli mamlakatlardagi qoʻgʻirchoqbozlar va boshqa Xalq teatri aktyorlari yolgʻiz yoki toʻdalarga uyushib, shaharmashahar va qishloqmaqishloq yurib, toʻy, sayil va bayramlarda, koʻpincha ochiq maydonlarda tomosha koʻrsatishgan. Ular repertuaridan xalq ogʻzaki ijodiga asoslangan tomoshalar, keyinchalik turli adabiy asarlarning xalq teatriga moslashtirilgan variantlari oʻrin olgan.
Kiyim va jihozlar, harakat va holatlardagi yaqqol shartlilik xalq teatri uchun
(umuman, folklor sanʼati uchun ham) xos xususiyatlardan. Xalq teatrida aktyorlar oʻyin davomida tomoshabinlar bilan bevosita muloqotda boʻladi. Xalq teatrining, odatda, na sahnasi, na dekoratsiyasi boʻlgan. Unda diqqat, asosan, tomosha qahramoni xarakterini ochishga emas, balki vaziyat, holatlarning kulgili va fojiaviy chiqishiga qaratilgan. Xalq dramasida ikki — dramatik (qahramonlik yoki romantik) va komik personaj mavjud. Dramatik personajlarga, asosan, dabdabali muomala uslubi, komik qahramonlarga esa xazil va hajviy usullar, soʻz oʻyini xosdir. Xalq teatri negizida muayyan ijodiy anʼanalarga asoslangan professional teatrlar maydonga kelgan. Sharqda anʼanaviy teatr xalq ogʻzaki ijodi, raqsi va pantomimaga tayangan. Mas, Hindistonda katxakali, Yaponiyada gigaku va No, Indoneziyada vayang—topeng, vayang—orang va boshqa, Xitoyda szatszyuy, chuantsi va boshqa, Oʻrta Osiyoda masxara va mukallid va boshqa Xalq teatrining oʻziga xos badiiy va ijro usullari ayrim zamonaviy teatr aktyorlari ijodiga zamin boʻlgan.
Download 28,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish