MSDOS operatsion tizimi strukturasi
Mavzu №8
Reja:
- MSDOS operatsion tizimi tuzlishi
- MSDOS operatsion tizimida fayllar tuzlishi
Fayllar va kataloglar.DOSning ayrim buyruklari
MS-DOS (talaffuzi: em-es-dos; MicroSoft Disk Operating System "Microsoft Disk Ishlatuv Tizimi") x86 arxitekturali shaxsiy komputerlar uchun ishab chiqarilgan ishlatuv tizimidir.
1981-yili IBM buyurtmasiga binoan Microsoft tomonidan Q-DOS asosida tayyorlangan. MS-DOSning asosiy vazifalari:
Windows ishlab chiqilishidan oldin ko'pchilik kompyuterlar MS-DOS (Microsoft Disk Operating System) nomi bilan mashhur bo'lgan Microsoft-dan boshqa operatsion tizimni boshqargan.
MS-DOS - grafik bo'lmagan operatsion tizim. Bu shuni anglatadiki, kompyuterga berilgan barcha buyruqlar klaviaturadan kiritilishi yoki fayldan kiritilishi kerak. Amaliy asboblaridan ma'lumotlarni olish yoki boshqarish uchun ishlatiladigan ko'plab kompyuter dasturlari hanuzgacha MS-DOS ostida ishlaydi (ko'plab kompyuter o'yinlari kabi). Shuning uchun, Amaliy muhitida kompyuterlardan foydalanishni rejalashtirgan har bir kishi uchun (yoki har qanday jiddiy kompyuter o'yinlari o'yinchisi uchun) MS-DOS bo'yicha asosiy bilimlar talab qilinadi.
MS DOS OS si quyidagi qismlardan tashkil topagan:
BIOS (Basic Input-Output System), (Kiritish-chiqarishning asosiy tizimsi). Bu kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan. Uning vazifasi axborotlarni kiritish va chiqarish bilan boglik boʼlgan yeng sodda va universal xizmatlarni bajarishdan iborat.
Operatsion tizimning yoʼqlovchisi. Bu tizim juda kiska dastur boʼlib, u MS DOSli disketaning birinchi sektorida joylashadi va uning vazifasi MS DOSning kolgan ikki modulini ukishdan iborat
io.sys va msdos.sys tizimli fayllar. Ularni operatsion tizim yoʼqlovchisi xotiraga kuchiradi va kompyuter xotirasida doimo saqlaydi. io.sys (INPUT-OUTPUT) BIOSning xotiradagi davomi hisoblanadi. msdos.sys DOSning yuqori darajadagi vazifalarini bajaradi
Disketalarda maʼlumotlar fayllar koʼrinishida saqlanadi. Fayl -bu disketaning maʼlum nom bilan ataluvchi sohasidir. Faylda dastur va hujjat matnlari, bajarilishi mumkin boʼlgan dasturlar va xokazolar saqlanadi. Fayllar 2 xil boʼladi: matnli va ikkili tizimdagi. Matnli fayllar foydalanuvchi ukishi uchun moʼljallangan
Fayllar va kataloglar.
Har bir fayl ikki qismdan iborat boʼlgan nomga yega. Fayl nomining birinchi qismi asosiy qismi hisoblanadi va 1 tadan 8 tagacha belgidan iborat boʼladi. Fayl nomining ikkinchi qismi kengaytgich deyiladi va 1 tadan 3 tagacha belgidan iborat boʼladi.
Fayl nomining asosiy qismi kengaytgichdan nuqta bilan ajratiladi.
Masalan:
sommand.com
autoexec.bat
maʼruza.txt
hisobot1.doc
Faylga nom berishda fakat lotin harflaridan foydalanish Maqsadga muvofikdir. Fayl nomida kengaytgich boʼlishi shart yemas. Lekin kengaytgich koidaga koʼra, faylning qaysi turda yekanligini aks yettiradi va shu bilan foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.
Masalan:
.com va .exe ishlatishga tayyor buyrukli va bajariladigan faylar;
.bat - foydalanuvchi yaratgan buyruk fayllar;
.bak - faylning uzgarishdan avvalgi nusxasi;
.txt - matnli fayl;
.doc – matnli, hujjatli fayl;
.bas - Beysik tilida tuzilgan dastur fayli;
.jpeg va bmp, gif va xakozo- grafik va tasvirli fayllar;
MS DOS ning komandalarni qabul qilishga tayyorligini koʼrsatadi. Baʼzan MS DOS ning taqlifi joriy disk va katalog haqidagi maʼlumotni uz ichiga oladi.
Masalan:
S:\> - S disk, tub katalog;
C:\NC > - C:. diskdagi NC katalog tushiniladi
Komandalarni kiritishda quyiidagi tugmachalardan xatolarni toʼgʼrilash uchun foydalanish mumkin:
[Del] -joriy belgini olib tashlaydi,
[Backspace] - kursordan chapdagi belgini uchiradi,
[Ins] - almashtirish rejimini kushadi yoki uchiradi,
[Esc] - komandani butunlay uchiradi,
[F3] - komandalar satriga avvalgi komandani chakiradi.
Baʼzi hollarda dastur ishini Toʼxtatish zarur boʼladi. Masalan, dastur notoʼgʼri bajarilayotgan boʼlsa yoki kompyuter “osilib “ kolsa ( yaʼni tugmachalar bosilishiga kompyuter yeʼtibor bermasa), dastur ishini Toʼxtatishi lozim boʼladi.
Buning uchun [Ctrl] va [Break] yoki [Ctrl] va [C] ni bosish kerak. Agar bu yordam bermasa, [Ctrl]+[Alt]+[Del] ni klavishlarini bosib, MS DOS kaytadan yoʼqlanadi. Agar bu ham yordam bermasa, kompyuter uchirib yoqiladi.
DOS ning ichki buyruklari.
BREAK -kompyuter ishini Toʼxtatish
CD -joriy diskni oʼzgartirish yoki koʼrsatish
CLS -ekranni tozalash
COPY -fayllardan nusxa olish
CTTY -msdos buyruklari uchun kiritish chiqarish qurilmalarini oʼzgartirish
DATE -joriy kuni aniqlash yoki oʼzgartirish
DEL -fayllarni uchirish
- DIR -joriy katalaogdagi fayllar roʼyxatini yekranga chiqarish
- YeCNO -buyruk faylidan axborot berish
- YeXIT -command.com ishini tugallash
- FOR -takrorlash buyrugi
- MD -yangi katalog tuzish
- REN -fayl nomini oʼzgartirish
- RD -katalogni uchirish
- SET -uzgaruvchini belgilash
- TIME -joriy vaqtni koʼrish yoki oʼzgartirish
- TYPE -faylni yekranga chiqarish
- VER -msdos versiyasini koʼrsatish
- VERIFY -diskka yozish jarayonini tekshirish holatini oʼrnatish yoki voz kechish
- VOL -formatlash jarayonida diskka quyilgan belgini koʼrish
Do'stlaringiz bilan baham: |