ISHNI BAJARISH TARTIBI:
Daftaringizda ikkita savolga javob yozing: Microsoft Word da ishlash bo’yicha nimalarni bilasiz? Yana nimalarni bilishni hohlar edingiz?
Daftaringizga yozgan ushbu yozuvlarni «Комментарий» maydoniga yozing. Tegishli maydonlarda familiyangiz va ismingiz hamda elektron pochta manzilingizni yozing.
Nazariy qismda keltirilgan tezkor tugmachalar bilan tanishib chiqing va yod oling.
Mutaxassislikka oid biror matn yozing.
Matn ustida tezkor tugmachalardan foydalanib amallar bajaring.
3-amaliy mashg’ulot.
MS Word da avtomundarija qo’yish (2 soat)
Ishdan maqsad: Tinglovchilarda MS Word da avtomundarija qo’yish ko’nikmalarini shakllantirish.
Jihozlar va zarur materiallar:
MS Office dasturlari o’rnatilgan shaxsiy kompyuterlar.
Noutbuk va videop
Internetdagi rashidxabibullayev.zn.uz sayti materiallari.
NAZARIY QISM
Biz ilmiy pedagogik faoliyatimizda ishni bajarish muddati yetib kelganida seytnot (vaqt yetishmasligi) holatlariga ko’p marta duchor bo’lamiz. Ayniqsa, bunday paytda harakatlarimiz samarasiz bo’lsa, har bir bosgan qadamimiz yangi xatoliklarni keltirib chiqaraversa, asablarimiz qattiq charchaydi. Shunday paytlarda vaqt bilan birga tajriba va mahorat ham yetishmasligidan ham qiynalamiz. Ish bitganidan so’ng esa bu qiyinchiliklar esdan chiqib ketadi. Balki, biz beixtiyor, tezroq qutulishni hohlab esdan chiqarib yuborarmiz?! Nima deysiz?
Kasbiy mahoratini oshirishga qat’iy bel bog’lagan mutaxassis bunday yo’l tutmaydi. Chunki, keyingi safar bunday qiyinchiliklar yana paydo bo’lishini va ulardan bu usulda qutulib bo’lmasligini yaxshi biladi.
Aytaylik, dars o’tadigan faningiz bo’yicha ma’ruza matnini tayyorlayapsiz. Har safar yangi material qo’shganingizda yoki ortiqchasini olib tashlaganingizda sahifalar raqami o’zgaraveradi. Demak, mundarijadagi sahifa betlarini ham o’zgartirishingiz zarur. Bu mayda ish bo’lgani uchun, ko’pincha xotirangizdan ko’tariladi. Ana shunda seytnot holatiga tushamiz. Chunki, yo’l ko’rsatuvchi mundarijaning o’zi noto’g’ri tuzilgan bo’lsa, bu kitobxonga nisbatan ochiq behurmatlik hisoblanadi.
Microsoft Word dasturida ko’p vaqtimiz va asablarimizni sovuradigan bunday mayda tashvishdan qutulish choralari inobatga olingan. Agar har bir sarlavhaga mos stilni o’z vaqtida qo’yib borsangiz, mundarija avtomatik ravishda o’zgaradigan bo’ladi.
Avtomundarija qo’yish jarayoni Sizni qiziqtirib ham qo’yishi mumkin. Chunki, uning yangidan-yangi imkoniyatlari bilan tanishar ekansiz, navigatsiya elementlari, turli darajadagi formatlar yashirinib yotganligining guvohi bo’lasiz. Siz, beixtiyor, mundarijani o’zingizga bo’ysundirishga harakat qilasiz, u matnni Sizdan so’ramasdan, lekin Siz hohlagandek qilib joylashtirishini hohlab qolasiz.
Avtomundarija qo’yish uchun bitta komandani bersangiz yetarli. Office 2007 dasturida u quyidagicha yoziladi: Ссылки/Оглавление/Оглавление/…. Qolgan ishlarni Microsoft Word dasturining o’zi bajaradi.
ISHNI BAJARISH TARTIBI:
www.rashidxabibullayev.zn.uz saytidan Avtomundarija faylini yuklab oling va oching.
Fayl ichidagi har bir sarlavhaga mos stil belgilang (masalan, Заголовок1, Заголовок2, Заголовок3 va h.k.).
Mundarija so’zi yozilgan qatorning pastiga kursorni joylashtiring va avtomundarija qo’ying (Ссылки/Оглавление/Оглавление/ОК)
Avtomundarijani o’zingiz uchun qulay qilib tahrirlang (Ссылки/Оглавление/Оглавление/Изменить/…)
Dars beradigan faningiz bo’yicha DOC yoki DOCX formatidagi ma’ruza matni yoki uslubiy qo’llanmani oching.
Uslubiy materialda 2-4 bandlarda keltirilgan amallarni bajaring.
Daftaringizga uchinchi savolga javob yozing: Microsoft Word da ishlash bo’yicha nimalarni bilib oldingiz va qanday ko’nikmalarga ega bo’ldingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |