Hujjatga matn kiritilganidan yoki boshqa manbadan matnni import qilib bo‘lganidan so‘ng matnni jadvalga aylantirish zarur bo‘lib qolishi mumkin. Bunday ma’lumotlarda uchratish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan bo‘luvchi – bu tabulyatsiya ramzidir, lekin nuqtali vergulni qo‘llashga ham yo‘l qo‘yiladi.
Buni amalga oshirish uchun:
1. Jadvalga aylantirish kerak bo‘lgan matnni bo‘luvchilari bilan birga ajrating.
2. Asboblar standart panelidagi jadvalni qo‘shing tugmasini bosing. Ma’lumotlar jadvalga aylantiriladi.
Formulalar.
J advallarda qo‘shish, ayirish, o‘rtachalashtirish va boshqa matematik аmаllаrni bajarish mumkin. Ularning orasida eng ko‘p tarqalgani – bu ustun va qator ma’lumotlari uchun umumiy summani hisoblashdir. Jadvallar va chegaralar asboblar panelidagi avtosumma (50 rasm) tugmasi avtomatik ravishda = SUM(ABOVE yoki =SUM(LEFL) formulasini kiritish imkonini beradi. Boshqa formulalar uchun formula muloqot darchasidan foydalanish kerak. Jadvalning yacheykalarga ishoralarni yaratayotganda o‘zingizni elektron jаdvаldа turibsiz dеb tasavvur qiling. Unda A1-bu chap tomondagi tepadagi yacheyka. B1-ikkinchi ustundagi birinchi yacheykadir. А2-ikkinchi qatordagi birinchi yacheyka va h.k. Diapazonni berish uchun kursorni formula kiritilishi kerak bo‘lgan yacheykaga o‘rnating va ekranga formula muloqot darchasi ni chiqarish uchun Таблица Формула (Jadval Formula) buyrug‘ini tanlang(51 rasm) .
Formula mаydоniga funksiyani yoki formulani kiriting. Funksiyani Вставить функцию (Funksiya kiritilsin) ro‘yxatidan tanlab olish mumkin.
Zarurat bo‘lsa qavslar ichida yacheykalar diapazonini masalan, = В2+В4 yoki = AVERAGE (c2:c6).
Razryadlarning bo‘luvchilarini qo‘shish, o‘nlik kasrlarni kiritish yoki boshqa formulalarni qo‘llash uchun son formati ro‘yxatidan fоydаlаning.
Formulani kiritish uchun OK tugmasini bosing.
W ordda quyidagi funksiyalardan foydalanish imkoniyatlari bor: SUM, AVERAGF, ABC, AND, COVNT, DEFINED, FALSE, IF,INI, MIN, MAX, NOD, NOT, OR, PRODUCT, ROUND, SIGN va TRUE. Bu funksiyalar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun “formula diapazoni” darchasidagi savol belgisi bor tugmachasini keyin esa Вставить функцию (Funksiya kiritilsin) ro‘yxatidagi sizga kerakli funksiyani bosing. Agar funksiya ro‘yxatda yo‘q bo‘lsa, formula tuzish uchun Excel tugmachasini ishlating, keyin esa Worddagi yacheykalar diapazonidan nusха ko‘chiring.
Jadvalning hamma formulalarini qayta hisob-kitob qilish uchun uni ajrating va F9 tugmachasini bosing.
Agar qavs ichida dalil sifatida ABOVE yoki LEFT ifodalari turgan bo‘lsa, unda sarlavhalarini ham qushgan xolda istalgan matn shuningdеk formulada hisobga olinadi. SUM funktsiyasi uchun bu hech qanday ro‘l o‘ynalmaydi, ammo AVERAGE funktsiyasi bunday xolda noto‘g‘ri natijani qaytarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |