Yozuvlarni tanlab olish va saralash
Ko‘pchilik xollarda ommaviy ravishda jo‘natish uchun tayyorlangan xatlarni hamma manzillarga ma’lumotlar manbaidan jo‘natish kerak bo‘lmaydi. Masalan, xatlarni faqat ma’lum bir shaharga yoki ayni bir tashkilotga yuborish zarur bo‘lishi mumkin. Bu vazifani bajarish uchun qo‘shib yuborish pirovard muloqot darchasi yordamida manbadan axborot tanlab olishning bir nechta shartini belgalaydilar. Buni amalda sinab ko‘rish uchun:
1. Asosiy hujjatni va ma’lumotlar manbaini oching.
2. Qo‘shib yuborish pirovard muloqot darchasini ekranga chiqarish uchun Добавить (Qo‘shib yuborish) tugmasini bosing.
3. Vazifa ro‘yxatidan yangi hujjat bandini tanlang.
4. Qo‘shib yuborishning o‘z shartlaringizni berish uchun yozuvlarni tanlab olish tugmasini bosing.
5. Yozuvlarni tanlash qo‘shimchasidagi hoshiya ro‘yxatidan, u bo‘yicha seleksiya o‘tkazilishi kerak bo‘lgan birinchi hoshiyani tanlang.
6. Operator ro‘yxatidan solishtirishning teng, teng emas, kam va h.k. tipini tanlash mazmun hoshiyasiga u bilan solishtirish kerak bo‘lgan raqam belgisi yoki matn kiriting. Belgi kiritganidan so‘ng ikkinchi qatorning eng chapdagi ro‘yxatida 1 operatori paydo bo‘ladi.
7. Yuqorida ta’riflanganidek, keyingi shartlarni berish uchun I yo bo‘lmasa yoki operatorini tanlang.
8. Ma’lumotlarining saralashning uchtagacha bo‘lgan sharoitlarini ko‘rsatish uchun “Yozuvlarni saralash” ilovasini bosing.
9. ... bo'yicha saralansin ro'yxatidan saralash uchun hoshiyaning nomini tanlang.
10. Keyingi ro‘yxatlardan ikkinchi saralash o‘tkaziladigan hoshiyalarni tanlang.
11. Saralashning tartibi (oshib boruvchi yoki kamayib boruvchi)ni ko‘rsating.
12. OK tugmasini bosing, keyin esa qo‘shib yuborish jarayonini tugallash uchun Объединить (Birlashtirilsin) tugmasini bosing.
HUJJATNI TASHKIL QILISH
Matnni hujjat bo‘yicha qirqib olish va qo‘shimcha kiritish yordamida bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish, xarakatlantirish mumkin. Ammo hujjatda odatdagi matndan tashqari sarlavhalar ham bo‘lganida, ko‘pincha hujjatning to‘liq parchalarini harakatlantirish bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish uchun Word tuzilmasi rejimi vositalaridan foydalanish osonroqdir. Wordda tuzilmani yaratish - hujjatni taqdim etishning usullaridan biridir. Agar sizga faqat xat yozishma va boshqa kichik hujjatlar tuzishga to‘g‘ri kelsa sizga tuzilma kerak bo‘lmasligi ham mumkin. Ammo agar siz o‘z ichiga sarlavhalarni ham olgan uzunroq hujjatlar, masalan, biznes-rejalar, hisobotlar yoki kontraktlar bilan ishlasangiz, tuzilma bilan ishlash vositalari sizga hujjatlardagi axborotni tezlik bilan tashkil qilish va qayta tashkil qilish (boshqatdan tuzish)ga yordam beradilar: tuzilma rejimiga ish natidalarini tekshirish uchun, uncha ko‘p bo‘lmagan vaqtga ulanish mumkin, keyin esa yana ancha o‘rganib qolingan rejimga qaytib o‘tiladi. Buni amalda sinab ko‘rish uchun:
1. Tur tuzilma buyrug‘ini tanlang. Word sizga hujjatni matnga turli darajalar belgilab tuzish imkonini beruvchi tuzilma asboblar paneli (58 rasm)ni chiqaradi.
58-rasm
2. Yangi qatorda matn kiriting va Daraja ko‘tarilsin tugmasini bosingyu Word sarlavhasi chap tomonga o‘tkazadi va mantiqiy ajratishni aks ettirish uchun undagi shriftlarning o‘lchamlarini kattalashtiradi. Wordda siz Sarlavha 1 = Sarlavha 9 nomli uslublar bilan shakllantiriladigan 9 tagacha bo‘lgan darajadagi sarlavhalarni tuzishingiz mumkin. Shuningdek sarlavha yonida katta minus belgisi paydo bo‘ladi. U sarlavha hozircha kichik sarlavhaga yoki matnga ega emasligini bildiradi.
3. Sarlavhani, keyin esa Daraja ko‘tarilsin tugmasini bosing. Bu harakatni ularga sarlavha – 1ning uslubini berish uchun qolgan beshta sarlavha uchun ham takrorlang.
4. Sarlavha-1 ko‘rsatilsin tugmasini bosing. Word tuzilmani yig‘ishtirib oladi va ekranga faqat birinchi darajadagi sarlavhalar chiqariladi.
Minus belgisi sarlavha ostida qo‘shilgan sarlavhachalar va matn yo‘qligini bildiradi. Plyus esa teskarisini anglatadi. Bundan tashqari Word qo‘shilgan matnga ega bo‘lgan sarlavhalarni taqidlab ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |