KATTA HUJJATLAR BILAN ISHLASH
Izlash
Siz endi hujjatlar yaratish va formatlashtirish uchun turli usullarni qo‘llashni bilasiz. Lekin siz shunday bir vaziyatni tasavvur qilib ko‘ring: aytaylik, siz tashkilotlardan birin masalan, “Futurist Inc” haqida katta (20 betdan oshiq) hujjatni chop etdingiz. Lekin keyinroq Siz tashkilotning nomi “Futurist Inc” emas, balki “Futurisfic Inc” ekаnligini aniqlandingiz. Endi sizga sahifaning hammasida har bir qatorini qaytadan ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Bunga esa juda ko‘p vaqt ketadi va Siz to‘g‘rilanishi kerak bo‘lgan so‘zni qayerdadir o‘tkazib yuborishingiz mumkin. Word bilan ishlayotganda Bu ishni siz juda oson va tez bajarishingiz mumkin.
Buning uchun:
1. Butun hujjatni tekshirib chiqish uchun kursorni hujjatning bоshigа o‘rnating.
2. Правка® Найти/Заменить (Tuzatish® Topish/ Almashtirish). buyrug‘ini tanlang. Ekranda “Topish va almashtirish” (19 rasm) muloqot darchasi paydo bo‘ladi.
3. Найти (Topilsin) qatorida matndan topishni istayotgan va almashtirilishi kerak bo‘lgan so‘zni tering.
4. Заменить на (...ga almashtirilsin) qatorida to‘g‘ri so‘zni tering.
5. Найти далее (Keyingisi topilsin) tugmasini bosing. Shu tugmani bosib turib, izlashni davom ettirishingiz mumkin.
6. Agar izlashni to‘xtatish kerak bo‘lsa, Отмена (bekor qilinsin) tugmasini bosing.
19-rasm
Izlash (bo‘limlar)
Ehtimol hujjatni bo‘limlarga bo‘lgandan so‘ng bo‘limdan bo‘limga tez o‘tish yoki bo‘limlarning kerak bo‘lmay qolgan ulushlarini chiqarib tashlash kerak bo‘lib qolar.
Buning uchun:
1. Izlash jarayonini boshlash uchun Правка ®Найти (To‘g‘rilash ® Topilsin) buyrug‘ini tanlang. Shunda “Найти” (“Topish”) muloqot darchasi ochiladi. Izlashning qo‘shimcha parametrlarini ko‘rish uchun Больше (Ko‘proq) tugmasini (20 rasm) bosing.
20-rasm
2. Специальный (Maxsus) tugmachasini bosing va paydo bo‘lgan menyuda Разрыв раздела (Bo‘limning uzulishi) bandini tanlang (21 rasm).
21-rasm
3. Найти далее (Bundan Keyin topilsin) tugmasini bosing. Dastur bo‘limning ulushini topganda, agar u muloqot darchasi bilan yopiq bo‘lsa, siz uni ko‘rmay qolishingiz mumkin. Bunday vaziyat yuzaga kelmasligi uchun izlash darchasini ekranning boshqa jоyigа ko‘chiring. Izlashni davomlash uchun Найти далее (Bundan Keyin topilsin) tugmasini yana bosing.
4. Agar izlashni to‘xtatish kerak bo‘lsa, Отмена (Bekor qilinsin) tugmasini tanlang. Aks xolda Word ekranga izlash butun hujjatda o‘tkazilgani haqida xabar chiqaradi. OK tugmasini keyin esa Отмена (Bekor qilinsin) tugmasini tanlang.
Ekranga “Topilsin va almashtirilsin” muloqot darchasini chiqarish uchun tugmachalarning quyidagi kombinatsiyalarini ishlatishingiz mumkin:
Ctrl+F – topilsin;
Ctrl+Н – almashtirilsin;
Ctrl+G - o‘tilsin.
Siz asboblarning standart panelidagi Найти (topilsin) tugmasidan ham foydalanishingiz mumkin (22 rasm). Agar asboblar panelida bu tugma yo‘q bo‘lsa Другие кнопки (Boshqa tugmalar) tugmasini bosish va paydo bo‘lgan menyudan tegishli tugmani tanlash mumkin.
S iz qidirishning shartlarini aniqroq belgilab berish yoki maxsus ramzlarni kiritish uchun (Topilsin va almashtirilsin darchasidagi Большие (ko‘proq) tugmasini bosgandan so‘ng) qo‘shimcha parametrlarni ishlatishingiz mumkin. Matnni terishda juda ko‘p xollarda so‘zlarni almashtirib, adashtirib yuboradilar. Bu so‘zlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yozilganligini osongina tekshirishingiz mumkin.
Buning uchun:
1. Hujjatning bоshigа o‘tish uchun Ctrl+Ноmе tugmаchаlаri kombinatsiyasini bosing. Keyin ekranga tanlov variantlarini chiqarish uchun aylantirishning vertikal yo‘lаgi pastki chetidagi Выбор объекта перехода (O‘tish obyektini tanlash) tugmasini bosing.
2. “Topilsin va almashtirilsin” muloqot darchasini yana ekranga chiqarish uchun Найти (Topilsin) tugmasini tanlang (23 rasm).
23-rasm
3. “Topilsin va almashtirilsin” muloqot darchasini yopish uchun Больше (Ko‘proq) tugmachasini bosing.
4. Найти (Topilsin) maydoniga zarur (qo‘yish belgisi bor) so‘zni kiriting.
5. Направление (Yo‘nalish) ro‘yxatida Везде (hamma yoqda) varianti tanlangan bo‘lishini tekshirib ko‘ring. So‘ngra Подстановочные знаки (Qo‘yiladigan belgilar) bayroqchasini o‘rnating va Найти далее (Keyin toping) tugmasini bosing. Word kerakli so‘zda to‘xtaydi (24 rasm).
6. Agar so‘z noto‘g‘ri ishlatilgan bo‘lsa, muloqot darchasini yopish uchun Отмена (Bekor qilinsin) tugmachasini tanlang va to‘g‘ri variantga to‘g‘rilang.
7. Izlashni takrorlash uchun Найти/Перейти (topilsin/keyingisiga o‘tilsin) tugmasini bosing. Word kerakli so‘zda to‘xtaydi.
8. Hujjatda boshqa noto‘g‘ri variantlarning yo‘qligiga amin bo‘lish uchun yana Найти®Перейти (Topilsin®Keyingisiga o‘tilsin) tugmasini bosing va agar Word sizdаn izlashni davom ettirish kerakmi? deb so‘rasa Нет (Yo‘q) tugmasini bosing.
24-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |