Matnni shriftning yoki fonning rangini o‘zgartirish bilan ham ajratish mumkin. Matnning alohida diqqatga sazovor bo‘lgan bo‘laklarini rang bilan ajratsa bo‘ladi.
Buning uchun:
1. Shriftining yoki fonning rangi o‘zgartirilishi zarur bo‘lgan matnni ajrating.
2. Shriftning rangini o‘zgartirish uchun asboblarning standart panelidagi Цвет шрифта (Shriftning rangi) tugmasi yonidagi belgini bosing va kerakli rangni ro‘yhatdan tanlab oling (8 rasm).
8-rasm
Agarda ro‘yhatdagi ranglar Sizni qoniqtirmasa Другие цвета (Boshqa ranglar) tugmasini bosgach, paydo bo‘lgan ranglar darchasidan siz o‘zingizga yoqqan istalgan rangni tanlashingiz mumkin.
Agar Siz ranglar darchasining Спектр (Spektr) ilovasiga o‘tsangiz, Siz rangning nozik turlari, to‘yinganligi va yorqinligini belgilashingiz mumkin. (9 rasm)
9-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |