MS Excelda makroslardan foydalanish.
Makros - biror dasturda (albatta makros imkoniyati mavjud dasturda) qandaydir amallar ketma-ketligini yozib olib, ushbu amallarni yana aynan takrorlash kerak bo'lganda uni oldingi yozilgan ketma-ketlikni qayta bajarish mumkin bo'lgan usul. Bunga eng tipik misol - hammamiz ko'rgan Microsoft Word dagi transliterasiya amali (kirill-lotin). Ya'ni harf almashtirishlar, a ni a ga, b ni б ga, v ni в va hokazolar oldin bir marta bajarilib, makros sifatida yozib qo'yiladi. Va endi kerak bo'lgan vaqtda bu amallar ketma-ketligini (ya'ni Worddagi заменит amallari ketma-ketligini) qayta qayta makros yordamida takrorlattirishimiz mumkin (makrosni ishlatish, "play" qilish orqali). Yanayam soddaroq tushuntirganda, makros - qo'lda qilinadigan, ko'p marotaba bajarish kerak bo'ladigan ishlar ketma-ketligini avtomatlashtirishdir.
Misol ko’raylik. Excelni ochamiz.
“Вид” bo’limini tanlaymiz.
Eng o’ng tarafda «Макросы» bo’limi pastki qismini bosib, undan «Запись макроса…» qismini tanlaymiz
Ekranda quyidagi ynacha paydo bo’ladi.
Имя макроса: - bu oynachada makrosga nom beriladi.
Сочетание клавиш: - bu yerda makrosni qaysi tugmacha yordamida faollashtirish aniqlanadi(tugmani tanlashda o’zini bosasiz. Makrosni ishga tushirishda tanlangan tugma Ctrl tugmasi bilan birfa bosiladi).
Сохранит в: - bu bo’limda makrosning ko’rinish(makrosdan foydalanish) sohasi tanlanadi. «Эта книга» faqat shu kitobda foydalanish uchun, «Новая книга» yangi kitobda foydalanish uchun, «Личная книга макросов» barcha kitoblarda foydalanish uchun.
Описание: makrosga izoh yozish oynasi
Kerakli nom berib, faollashtirish tugmasini tanllab bo’lgach “OK” bosiladi. Masalan Meni_makrosim deb nomlab, faollashtirish uchun “q” tugmasini tanlaymiz va “OK” bosamiz.
Shundan so’ng Excelda nima ish qilsak makrosga yozilib boradi. Misol uchun “A1” katakka 115 sonini kiritalik, A2 katakka “-27” kiritib, A3 katakka “=A1+A2” formulani yozaylik. Endi makros yozishni to’xtatamiz. Buning uchun yana «Вид» menyusidan «Макросы» bo’limining «Остановить запись» qismini tanlaymiz.
Makros yozib bo’lindi. Endi undan foydalanish mumkin. Makros ishlashini aniqlash uchun avval A1, A2 va A3 kataklarini tozalab tashlaymiz. «Ctrl+q» ni bosamiz, makros to’g’ri ishlasa A1, A2 va A3 kataklarda ma’lumotlar qayta yozilib qoladi. Boshqa varoqqa(masalan Лист2ga) o’tib makrosni ishlatib ko’ring. Bu varoqning ham A1, A2 va A3 kataklariga ma’lumotlar yozilib qoladi.
Bu makrosning eng sodda misoli.
Makrosni o‘zini ko’rmoqchi bo’lsangiz «Макросы»ning tepa qismini bosing yoki quyi qismidan «Макросы»ni tanlang.
Quyidagi oyna paydo bo’ladi.
«Изменить» tugmasini bosamiz. Natiada VBA oynasi makros yozivi bilan ochiladi.
Sub meni_makrosim()
'
' meni_makrosim Макрос
'
' Сочетание клавиш: Ctrl+q
'
ActiveCell.FormulaR1C1 = "155"
Range("A2").Select
ActiveCell.FormulaR1C1 = "-27"
Range("A3").Select
ActiveCell.FormulaR1C1 = "=R[-2]C+R[-1]C"
Range("A4").Select
End Sub
Bu yozuv makrosning dastur sakli. Buyruqlarga izoh beraman:
Sub meni_makrosim() – Makrosning nomi va boshlanishi
' – bu qatorlar izoh uchun(apostrof belgisidan keyingi yozuvlar e’tiborga olinmaydi)
' meni_makrosim Макрос
'
' Сочетание клавиш: Ctrl+q
'
ActiveCell.FormulaR1C1 = "155" – Faol katakka “155” yozuvini kiritish
Range("A2").Select – A2 katagini faollashtirish
ActiveCell.FormulaR1C1 = "-27"– Faol katakka “-27” yozuvini kiritish
Range("A3").Select– A3 katagini faollashtirish
ActiveCell.FormulaR1C1 = "=R[-2]C+R[-1]C"– A3 katakka “=A1+A2” formulasini yozish
Range("A4").Select– A4 katagini faollashtirish
End Sub – makros yakuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |