^ Virtual borliq deganda, mavjud kompyuter texnologiyalari yordamida ekranda real ob'ektlar va jarayonlarning (odamlar, musiqa asboblari, badiiy asarlar, samolyotlar va boshqalar) obrazini yaratishni tushunamiz.
Mazkur shakllar ob'ekt yoki jarayonlarning fotosurati emas. Ularni belgilangan ko‘rsatma va buyruqlar yordamida xarakatga keltirish, bir holatdan boshqa holatga o‘tkazish mumkin. Ular bilan haqiqiy ob'ektlar kabi "muomala" qilishimiz mumkin. Masalan, xaqiqiy pianinoda ijro etayotgandek biror musiqa ijro etish; xaqiqiy kimyoviy uskunalar yordamida ishlayotgandek kimyoviy reaksiyalar o‘tkazish mumkin.
Shunday qilib, hayotimizga kirib kelayotgan kiberfazo va vertual borliq tushunchalari bizni dunyoning barcha informatsion manbalaridagi axborotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |