Ms Excel dasturi haqida
Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi va insonning ish faoliyatida keng qo'llanilishi ta'sirida ma'lum bir yo'nalishdagi dasturlarga bo'lgan talab yanada ko'paydi. Ma'lumki, dasturlarning yaratilishi va rivojlanishi qo'llaniladigan sohadagi maqsadlardan kelib chiqadi. Masalan, matn muharrirlari va protsessorlari ma'lumotlarni matn ko'rinishida saqlash va qayta ishlash uchun kerak bo'lsa, grafik muharrirlar tasvirlar ustida kerakli amallar bajarish uchun xizmat qiladi.
Kalkulyatorni ishlatib ko'rgan har bir foydalanuvchi hisob-kitob natijalarini saqlab qo'yish, oraliq hisob-kitoblarni kerakli vaqtda olish yoki boshlang'ich ma'lumotlar o'zgarsa, hisob-kitobni qaytadan bajarish kabi muammolarga duch keladi. Masalan, bir o'quvchlning o'zlashtirish darajasi —reytingini hisoblash uchun barcha fanlardan olgan ballarini jamlab 100 ga ko'paytiriladi, keyin fanlardan olishi mumkin bo'lgan maksimal balga bo'linadi. Bunday olib qaraganda, bu ish qiyin emasdek ko'rinadi. Lekin shu oddiy arifmetik amallarni 10 ta yoki 50 ta o'quvchi uchun bajarish kerak bo'lsa-chi? Yoki boshlang'ich ma'lumotlar o'zgarsa-chi? Bu ishlarni kalkulyatorda bajarish ancha vaqt talab etadi. Ikkinchi tomondan, ma'lumotlarni jadval ko'rinishida tasvirlash ularni tahlil qilishni ancha soddalashtiradi. Shu sababli, ko'pchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblashlarni qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagilarni e'tiborga olib, hisob-kitoblarni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi dasturlarga bo'lgan talab kuchaydi. Odatda bunday dasturlarni elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb nomlashadi.
Elektron jadvallar qo'llanilayotgan sohalar juda ko'p. Masalan: moliya, buxgalteriyaga oid (xususan, ish haqini hisoblash), har xil iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo'jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblari va hokazolar.
Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma'lumotlarni jadval ko'rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo'lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.
Elektron jadvallar beradigan imkoniyatlar dasturlarning turlariga bo'g'liq bo'lib, asosan, quyidagilardan iborat:
ma'lumotlarni jadval ko'rinishida tasvirlash va ko'rinishini o'zgartirish;
jadval elementlarini formatlash;
formulalardan foydalanish (hisob-kitoblarni avtomatlashtirish);
katakchalarni avtomatik to'ldirish;
turli xildagi funksiyalar majmuidan foydalanish;
ma'lumotlarni qidirish va almashtirish;
ma'lumotlar asosida turli ko'rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash;
ma'lumotlar ombori hosil qilish va uning ustida amallar bajarish.
Birinchi elektron jadval dasturi VisiCalc nomi bilan o'tgan asrning 80-yillari boshida ishlab chiqilgan. Undan keyin kompyuterlarning turlari va vazifasiga qarab, SuperCalc, Multiplan, Framework, Simphony, Works, IC-Buxgalteriya, Master, MS Excel va boshqalar ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilmoqda.
Dastlabki naqli (versiyasi) 1994-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilayotgan Excel dasturi hozirgi kunda eng ommalashgan jadval protsessoridir.
Excel dasturini ishga tushirish Microsoft Office paketining MS Word dasturi kabi uch xil usul bilan amalga oshirilishi mumkin.
Excel dasturi ishga tushirilgach, ekranda foydalanuvchi interfeysi namoyon bo'ladi:
Exceldagi menyular satri Word matn protsessoridagi menyular satridan farqlanadi. Masalan, Word matn protsessorida Таблица (Jadval) menyusi o'rnida Excelda Данные (Ma'lumotlar) menyusi bor; biror nusxa ko'chirilgach, IIpaвкa (Tahrirlash) menyusi nusxani Word dasturidagidan farqli har xil xususiyatlari bilan joylashtirish imkonini beradi.
Excel dasturi ishga tushirilganda u shartli — Книга1 (Kitobl) nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi. Tavsiya etilgan kitobda 3 ta varaq (Лист1, Лист 2, Лист3) bo'lib, zaruratga qarab yana varaqlar qo'shish mumkin bo'ladi.
Yangi kitob hosil qilish esa quyidagi imkoniyatlardan birini tanlash orqali bajariladi:
fayl menyusidagi Coздать (Hosil qilish) buyrug'ini tanlash yoki [Ctrl]+[N] klavishlarini birgalikda bosish orqali;
vositalar panelidagi piktogrammani tanlash yordamida.
Har ikkala usulda ham ekranda Книга2 shartli nomdagi yangi ish kitobi ochiladi. Navbatdagi hosil qilinadigan yangi hujjatlar esa mos ravishda Книга3, Книга4 va hokazo nomlar bilan ochiladi.
Odatda tayyorlangan hujjatni diskda fayl ko'rinishida biror nom bilan saqlab qo'yish mumkin. Excel dasturi asosida tayyorlangan faylning kengaytmasi .xls bo'ladi. Har bir .xls faylda 1 dan 255 tagacha varaq joylashishi mumkin. Excel jadvali (Excel 97 versiyasida) 16384 ta (Excel 2000 versiyasida esa 65536 ta) satr va 256 ustundan iborat. Satrlar 1 dan to 16384 (65536) gacha bo'lgan butun sonlar yordamida tartiblangan. Ustunlar esa lotin alifbosi harflari bilan belgilanadi, ya'ni A, B, ... , Z, AA, AB, ..., IV.
Excel elektron jadvalida quyidagi arifmetik amallar va belgilarni qo'llash imkoniyati mavjud: qo'shish - «+», ayirish - «-», ko'paytirish - «*», bo`lish - « / », darajaga ko'tarish - « ^ », amalni bajarilish tartibini jadallashtirish «( )», sonlarni butun va kasr qismga ajratish — « , ».
Elektron jadvallarda jadval bo'ylab «sichqoncha», kursorni boshqarish (yo'nalish) klavishlari, varaqlash (PgUp va PgDn) klavishlari, Home va End klavishlari yordamida harakatlanish mumkin.
Elektron jadvaliar — ustun va satrlarning birlashmasidan iborat jadval bo'lib, satr va ustun kesishmasi katakcha (yoki yacheyka) deb ataladi.
Katakchaga quyidagi kabi ma’lumotlarni kiritish mumkin:
Matnli
|
Sonli
|
Sanali
|
Vaqt
|
Formula
|
Funksiya
|
Katakcha quyidagi xossalarga ega bo'lishi mumkin:
fon turi va rangi; • shrift turi, o'lchami va rangi;
tekislash turi; • son turi;
matn yo'nalishi turi; • himoya;
chegara turi, rangi va o'tkazilish joyi.
Katakchaning bu xossalari Format menyusining Katakcha (Ячейка) bo`limi yordamida belgilanadi. Bu bo`lim o`z navbatida Son(Число), Tekislash(Выранивание), Shrift(Шрифт), Chegara(Граница), Ko`rinish(Вид), Himoya(Защита), bo`limlariga bo`linadi.
Siz MS Word dasturining formatlash imkoniyatlari bilan tanishsiz. Shuning uchun uchun Katakcha formatining har bir bo`limini mustaqil ko`rib chiqishingiz mumkin.
Jadval bilan ishlashda quyidagilarni bilish lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |