Ms excel 2010 darchasining tuzilishi Excel da sonlarni soddalashtirishn va tahrirlash Excelda 2010 da formulalar bilan ishlash



Download 0,99 Mb.
bet4/4
Sana13.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#447069
1   2   3   4
Bog'liq
MS Excel 2010

=h3/g$10
Tushungan bo‘lsangiz, biz yuqoridagi formula yordamida, sotilgan 171 ta HTC smartfoni umumiy sotilgan 897 ta smartfonning necha foizi bo‘lishini hisobladik. E’tibor bering, yozgan formulamizda g10 deb emas, g$10 deb yozdik. H3 yacheykasining o‘ng taraf chekkasidan ushlab, H8 gacha tortganimizda, yozilgan formula 8 ta qatorga avtomatik ravishda o‘zlashtiriladi, yozilib qoladi. $ belgisini qo‘yishdan maqsad shuki, formula nechta qatorga ko‘chirilmasin, barchasida g10 yozuvi o‘zgarmasdan qoladi. Shunda quyidagi natijaga ega bo‘lamiz:

H ustunidagi sonlarning hammasining yoniga % belgisini qo‘yish va verguldan keyin atigi bitta xona yozilishi uchun H3 dan H8 gacha bo‘lgan yacheykalarni belgilaymiz va sichqonchaning o‘ng tarafini bosamiz, u yerdan «Формат ячеек» ni tanlaymiz. Shunda quyidagi oyna chiqadi:

Sichqoncha yordamida «Процентный» qatorini tanlaymiz, keyin o‘ng tarafga 1 ni yozamiz va OK ni bosamiz. Shunda jadvalimiz quyidagi ko‘rinishga keladi:

Siz bilan «pirog»imizning masallig‘ini hozirlab oldik. Endi, erishgan natijalarimizning aylana ko‘rinishidagi diagrammasini hosil qilamiz. Buning uchun avval C3 dan C8 gacha bo‘lgan yacheykalarni sichqoncha yordamida belgilab olamiz va sichqonchani qo‘yib yuboramiz. Ctrl klavishini bosgan holatda sichqoncha bilan H3 dan H8 gacha bo‘lgan yacheykalarni belgilaymiz. Shunda e’tibor bering – faqatgina C va H ustunlari belgilanadi. Keyin Excel oynasining eng yuqori qatoridagi «Вставка» bo‘limidan «Круговая» deb nomlangan diagrammani tanlaymiz.

Shunda yana kichkina oynacha chiqadi. U yerdan o‘zingizga mos keladigan aylana shaklidagi diagramma shablonini sichqoncha yordamida tanlaysiz.

Diagramma chiqqanidan keyin Excel oynasining yuqorisida quyidagi yordamchi (diagrammalar bilan ishlovchi) maxsus qator paydo bo‘ladi:



Qatorning tagidagi yozuvlarni o‘qisangiz, ular nima maqsadda berilganini bilib olasiz. Bu shakllar yordamida diagrammaning maketini va ko‘rinishini boshqarish mumkin. Maket va ko‘rinishlardan ixtiyoriy bittasini tanlab ko‘ramiz:

Qalay, natija sizni qoniqtiradimi? Menimcha, yomon chiqqani yo‘q, nima deysiz?
Diagrammalarning, grafiklarning turlari juda ko‘p. Biz ulardan faqat bittasinigina ko‘rsatdik, xolos. Keyingi sonimizda ushbu mavzuni davom ettirgan holda, o‘sish-kamayishni ifodalash uchun ishlatiladigan grafiklarni chizish haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Excelda formula tuzamiz SHANBA, 10 AVGUST 2013
Jurnalimizning ushbu ruknida sizlar bilan birga Microsoft Excel dasturida qanday ishlashni va ba’zi mashqlarni o‘rganib kelmoqdamiz. Bu safar ham an’anamizdan chekinmagan holda, amaliy mashg‘ulotlarga o‘tamiz. 
Aytib o‘tish joizki, Excel da bajarish mumkin bo‘lgan mashqlar juda ham ko‘p, chunki uning imkoniyatlari juda keng. Bu sonda sizlar bilan birga vaziyatni modellashtirishni o‘rganamiz.
Vaziyat shunday: o‘n nafar kishi firmaga ishga kirish uchun imtihon topshirgan. Imtihon uchta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan – ingliz tili, matematika, mantiq. Ishga eng ko‘p ball to‘plagan besh nafar nomzod olinadi. Shuningdek, avvalgi imtihonda qatnashganlarning natijalari bilan solishtirish uchun o‘rtacha umumiy ball aniqlanadi. Bizdan quyidagilarni inobatga olgan holda, imtihon natijalari jadvalini tuzish talab etiladi:
• har bir yo‘nalishda 20 tadan savol bor;
• ingliz tilidan har bir to‘g‘ri javobga – 5 ball;
• matematikadan har bir to‘g‘ri javobga – 4 ball;
• mantiqdan har bir to‘g‘ri javobga – 3 ball.
Topshiriqning qanday ekanligini tushundik. Endi qo‘limizdagi ma’lumotlarni o‘rganamiz. Bizga berilgan qog‘ozda nomzodlar familiyalari va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni yozilgan:
Ingliz tili: Asrorov – 12; Hikmatov – 20; Islomov – 11; Usmonov – 20; Ergashev – 11; Botirov – 12; Xayrullayev – 18; Hoshimov – 15; Muhamedov – 17; Yunusov – 15.
Matematika: Asrorov – 15; Hikmatov – 9; Islomov – 14; Usmonov – 5; Ergashev – 11; Botirov – 13; Xayrullayev – 18; Hoshimov – 19; Muhamedov – 15; Yunusov – 10.
Mantiq: Asrorov – 9; Hikmatov – 5; Islomov – 14; Usmonov – 5; Ergashev – 16; Botirov – 20; Xayrullayev– 16; Hoshimov – 18; Muhamedov – 19; Yunusov – 12.
Agar imtihonni bir kishi topshirganida edi, Excel dasturiga hojat bo‘lmas edi. Deylik, imtihonni faqatgina Asrorov topshirganida, uning balini quyidagicha, qo‘lda hisoblab tashlar edik: Umumiy ball = 12•5+15•4+9•3 = 60+60+27 = 147 ball. Lekin, imtihon topshiruvchilar ko‘p bo‘lgani uchun, ishni avtomatlashtirish kerak. Ya’ni, biz faqat ma’lumotlarni kerakli joylarga kiritaylik, Excel dasturi esa avtomatik ravishda natijalarni chiqarib va tartiblab bersin.
Buning uchun biz avvalo Excelda quyidagi jadvalni hosil qilib olamiz:

Ma’lumki, Excel dasturi elektron jadval bo‘lib, uning har bir katagi o‘zining manziliga ega. E’tibor bersangiz, yuqoridagi rasmda uchta joy alohida ajratib ko‘rsatilgan.
1) G11. Bu ayni paytda kursor turgan katakning manzili bo‘lib, u hozir G ustun va 11- qator (G11)da turibdi.
2) Barobar belgisi turgan katakka matematik formula yoziladi. Bu haqda batafsil aytib o‘tamiz.
3) Formula yoziladigan qator. Katakka yozilayotgan matematik ifoda parallel ravishda F(x) qatorga yozilib boradi.
Biz hozir faqatgina Asrorov uchun matematik ifoda tuzamiz. Buning uchun kursorni Asrorovning umumiy bali chiqadigan G3 katagiga olib boramiz. Bizning yozayotgan formulamizni Excel «tushunishi» uchun avval «=» (tenglik) belgisi yoziladi.

Ahamiyat bering, formulada raqamlar ustida emas, balki kataklarning manzillari ishtirokida matematik ifoda tuzilmoqda. =D3*5+E3*4+F3*3ni Excel quyidagicha tushunadi: D3 katagidagi sonni 5 ga ko‘paytirib, E3 katagidagi sonni 4 ga ko‘paytirib, F3 katagidagi sonni 3 ga ko‘paytirib hammasini qo‘shaman. Formula yozib bo‘linganidan keyin Enter bosiladi va Asrorov yig‘gan umumiy balni Excel avtomatik ravishda o‘zi hisoblab, G3 katagiga yozib qo‘yadi.
Enter ni bosganimizdan keyin G3 katagida 147 soni hosil bo‘ldi. Bu Asrorov yig‘gan umumiy ball. Kursor esa G4 katagiga tushib qoldi. Xo‘sh, 10 nafar odam uchun bittalab shu formulani takrorlab yozib chiqamizmi? Yo‘q. Shu formulani 10 ta odamga birdek tatbiq qilish mumkin. Buning uchun kursorni formula yozib qo‘yilgan G3 katagiga olib boramiz. Sichqonchani kursorning o‘ng pastki tarafiga olib borsak, + belgisi paydo bo‘ladi. Biz sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda G12 katakkacha surib olib tushamiz. Natijani ko‘ring.
To`liq ko`rinishi:
Formula tuzib natija hisoblashning yana bir foydasi quyidagicha. Deylik, keyinroq Yunusov matematikadan 10 ta emas, 12 ta to‘g‘ri javob bergani aniqlandi. Biz jadvalni qaytadan tuzib o‘tirmaymiz. Balki kursorni kerakli katakka (E12) olib borib, 10 raqamining o‘rniga 12 ni yozamiz, xolos. Enterni bossak, Excel oldindan kiritib qo‘yilgan formulaga ko‘ra natijani avtomatik tarzda o‘zi o‘zgartirib qo‘yaveradi.
Bizning oldimizga yana bir vazifa qo‘yilgandi – imtihonda olingan o‘rtacha umumiy balni aniqlash.


Adabiyotlar:



  1. Katherine M. First look office 2010. MicrosoftPress. Подразделение корпорации Майкрософт. One Microsoft Way. Redmond, Washington 98052-639 © КорпорацияМайкрософт (Microsoft Corporation), 2010.

  2. D.Vohidov “Kompyuter grafikasi”. Fan, 2014

  3. SH.Axmedov “Komyuter grafikasin asoslari” O’qituvchi, 2012

  4. T.Xolmurodov “Grafik dasturlar” Toshkent. 2011

  5. arxiv.uz

  6. ziyonet.uz

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish