Excel dasturi lentasi
Excel dasturida ishlatiladigan barcha buyruqlar Excel darchasining yuqori qismidagi sarlavha satri ostida lenta deb nomlangan ob’yektida joylashgan bo’lib, ular bajarilayotgan amalga mos ravishda avtomatik ravishda paydo bo’ladi. Lentadagi buyruqlar o’z navbatida Glavnaya, Vstavka, Razmetka stranitsi, Formuli, Danniye, Retsenzirovaniye va Vid deb nomlangan vkladkalarga vazifalariga ko’ra ajratib joylashtirilgan. Xar bir vkladkalarda esa bu buyruqlar avvalgi Excel 2003 gacha bo’lgani kabi uskunalar panellari yana bir nechta guruhlarga bo’lib xira chiziqlar yordamida ajratib qo’yilgan.
Excel da iqtisodiy masalalarni yechilishi
Korxonaning xizmat safari xarajatlari
N
|
Boriladigan joy
|
Yo’l
narxi
|
Kunlar
soni
|
Kunlik harajat
|
Kishilar soni
|
Jami harajat
|
|
Toshkent
|
8000
|
5
|
150
|
4
|
|
|
Buxoro
|
8600
|
4
|
150
|
5
|
|
|
Kiev
|
18600
|
12
|
480
|
4
|
|
|
Moskva
|
17800
|
10
|
510
|
6
|
|
|
London
|
85000
|
15
|
1050
|
5
|
|
Mazkur masala uchun “Jami harajat” ustuni quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
= (2* “yo’l narxi” + “Kunlar soni” * “Kunlik harajat” )* “Kishilar soni”
Yechish:
Jadvalning A1 katagiga jadval mavzusini bildiruvchi matnni kiritamiz:
Korxonaning xizmat safari xarajatlari
kiritilgan matn masalamiz uchun tuzilayotgan jadval o’rtasiga keltirilishi uchun quyidagicha ish yuritamiz:
- matn yozilgan katakdan boshlab o’ng tarafga ushbu masalani yechish uchun kerakli sondagi ustunlar ajratiladi (bizning xolda 7ta);
- “Glavnaya” nomli vkladkadagi “Viravnivaniye” nomli uskunalar panelidan “birlashtirish va markazga joylashtirish” buyrug’ini bildiruvchi tugmani bosamiz.
2. Ikkinchi satrdan boshlab, jadvalimiz ustunlari nomlarini kiritamiz:
N
|
Boriladigan joy
|
Yo’l
narxi
|
Kunlar
soni
|
Kunlik harajat
|
Kishilar soni
|
Jami xarajat
|
3. Agar jadvalimiz ustunlari nomlari kataklarga sig’masa yoki katak kenglik qilsa, u xolda ustunlar kengligini kerakli mikdorda o’zgartirishimiz mumkin. Buning uchun, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida EJ ustunlari nomlari yozilgan satrdagi ustunlarni ajratib turuvchi vertikal chiziqlarni ushlagan xolda (chiziq ustiga sichqoncha ko’rsatkichi keltirilganda u o’z ko’rinishini o’zgartiradi), kerakli tarafga xarakatlantiramiz.
4. Kataklarni boshlang’ich ma’lumotlar bilan to’ldiramiz:
|
Toshkent
|
800
|
5
|
150
|
4
|
|
Buxoro
|
860
|
4
|
150
|
5
|
|
Kiev
|
18600
|
12
|
480
|
4
|
|
Moskva
|
17800
|
10
|
510
|
6
|
|
London
|
85000
|
15
|
1050
|
5
|
5. Jadvalimizning oxirgi ustuniga (bizning xolda F2) natijani hisoblash formulasini
=(2* C2 + D2 * E2) *F2
teramiz va Enter tugmasini bosamiz. Shundan so’ng F2 katagida hisoblash natijasi paydo bo’ladi. Jadval ko’rsatkichini F2 katagiga keltirsak dasturning formulalar satrida kiritgan formulamiz ifodalanib turadi.
Qolgan satrlarda xam shu formula asosida hisoblashlar bajarishimiz kerak. Buning uchun, jadval ko’rsatkichini F2 katagiga keltirib, uning o’ng past burchagidagi nuqtani sichqoncha yordamida ushlaymiz va natijasi hisoblanishi kerak bo’lgan oxirgi qatorgacha sudrab olib borib qo’yib yuboramiz. Bu bilan qolgan kataklarga xam shu formula tahsir etadi va natijalar mos kataklarda xosil bo’ladi.
6. Natijada quyidagi jadvalni hosil qilamiz.
N
|
Boriladigan joy
|
Yo’l
narxi
|
Kunlar
soni
|
Kunlik harajat
|
Kishilar soni
|
Jami harajat
|
|
Toshkent
|
800
|
5
|
150
|
4
|
94000
|
|
Buxoro
|
860
|
4
|
150
|
5
|
11600
|
|
Kiev
|
18600
|
12
|
480
|
4
|
171840
|
|
Moskva
|
11080
|
10
|
510
|
6
|
244200
|
|
London
|
85000
|
15
|
1050
|
5
|
928750
|
Excel da sonlarni soddalashtiramiz SHANBA, 14 SENTABR 2013
Ba’zida yirik sonlar ustida ishlashga to‘g‘ri keladi. Millionlar, milliardlar – ulardagi xonalar soni ko‘pligidan chalg‘ib ketish hech gap emas. Bugun sizlar bilan birgalikda ko‘p xonali sonlarni soddalashtirishni o‘rganamiz.
Tasavvur qiling, bir korxonaning rahbarisiz. Korxona tushumlarini hisoblashda million so‘mlar ustida amallar bajarishga to‘g‘ri keladi. Lekin, e’tibor bergan bo‘lsangiz, ko‘pgina ana shunday jadvallarda ifodalar mingga bo‘linadi va tepasiga «ming so‘mda» deb yozib qo‘yiladi. Buning sababi – har gal yacheykadagi sonlar xonalarini sanab chiqishdan qutulamiz, jadvalimiz ixcham ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Maqsadga ko‘chaylik. Avvalo ifodalar millionlarda (masalan, million so‘mda) berilgan jadvalni olamiz:
Raqamlarning ko‘pligi odamni chalkashtirib yuboradi. Shuning uchun siz ham bu ma’lumotlarni ming so‘mda ifodalashingiz kerak, lekin qanday qilib? Qanday qilib har bir yacheykaga kirib, 1000ga bo‘lib o‘tirmay, barcha sonlarni mingga qisqartirish mumkin?
Buning uchun «Формат ячеек» («Yacheykalar formati»)dan foydalanamiz. Uni chiqarish uchun esa, kerakli yacheykalarni belgilab olib, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz.
«Формат ячеек»ni tanlaganimizda yangi darcha ochiladi. Unda «Число» («Son») qo‘yilmasini tanlaymiz. «Числовые форматы» («Sonli formatlar») qatoridan «все форматы» («barcha formatlar»)ni tanlaymiz. Shunda «Тип» maydonchasida belgilangan yacheykalarning formati ko‘rsatilgan bo‘ladi:
Keyin «Тип» maydonchasida kursorni birinchi noldan keyin – verguldan oldinga qo‘yamiz, probelni bosamiz. Shunda namunadagi son ko‘rinishi o‘zgaradi:
OK tugmasini bosib, kutgan natijamizga erishamiz:
Shu o‘rinda bir eslatmani keltirib o‘tishimiz lozim. Yacheykalarda sonlar ming so‘mda (ya’ni mingga bo‘lingan holda) aks etsa-da, formulalar qatorida Excel ularni dastlabki ko‘rinishida yozaveradi. Hisob-kitob qilayotganda adashib ketmaslik uchun buni yodingizdan chiqarmang.
Mana, niyatimizga erishdik. Ifodalar minglarda berildi. Lekin, e’tibor bering, verguldan keyin bizda ikkita xona aks etmoqda. Ya’ni, o‘n so‘mgacha aniqlikda. Agar biz ko‘rsatkichlarni «oxirgi so‘mi»gacha aniq bilishni istasak-chi? Uni ham ko‘rsatishning iloji bormi? Albatta bor. Buning yo‘li juda oson.
Buning uchun kerakli yacheykalar «qoraytirib», belgilab olinadi va tepadagi «Asboblar paneli»dagi «Число» bo‘limida joylashgan «Увеличить разрядность» («Razryadlikni oshirish») tugmasi bosiladi. Har bosilganda, verguldan keyingi xonalar bittadan ko‘paya boradi.
Xuddi shu kabi, agar biz sonlarni yaxlitlab olmoqchi bo‘lsak, yuqoridagi tugmaning yonidagi «Уменьшить разрядность» («Razryadlikni kamaytirish») tugmasini bosamiz.
Demak, xohishimizga ko‘ra, ifodalarni yaxlitlangan va yoyilgan ko‘rnishda aks ettirishimiz mumkin ekan. Bu – Excel dasturining cheksiz imkoniyatlaridan biridir.
Excelda «pirog» tayyorlaymizPAYSHANBA, 15 AVGUST 2013
Jurnalimizning ushbu ruknida sizlar bilan birgalikga MS Excel elektron jadval yaratish dasturi bo‘yicha amaliy mashqlar o‘rganib borayapmiz. An’anamizdan chekinmagan holda, ushbu sonimizda ham Excelda sizga foydali bo‘lgan amaliyotlardan biri – gistogrammali (chiziqli) va aylana shaklidagi (pirog) diagrammalarni qanday hosil qilishni o‘rganamiz.
Agar Excel dasturida foizlarni chiqarishni, berilgan ma’lumotlardan diagrammalar hosil qilishni bilmasak, nima qilar edik? Barcha hisob-kitoblarni yodimizda birma-bir amalga oshirgan, olgan natijalarimizdan foydalanib, qog‘ozga diagrammalarni chizib chiqqan bo‘lar edik. To‘g‘ri, ishlarni aslida o‘zimiz bajarishimiz foydaliroq. Ya’ni, diagrammalarni o‘zimiz chizsak, hisob-kitoblarni kompyuterga topshirib qo‘ymay, aqlimizni ishlatib bajarsak qanday ham ajoyib! Faqat bu yerda vaqt masalasi ham bor va bu ba'zida juda muhim. Vaqtimizning har bir daqiqasi chegaralangan va o‘lchovli bo‘lgani uchun, mavjud imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bugungi mavzuni hayotiy misol orqali o‘rgansak, yana ham tushunarliroq bo‘lardi. Shunday ekan, tasavvur qiling – siz jurnalistsiz. Statistik ma’lumotlarni jamlab, tahliliy maqola yozmoqchisiz. Mavzuni aniq raqamlar va grafik diagrammalar orqali boyitmoqchisiz. Vaziyat shundayki, siz 3 oy davomida (yanvar, fevral, mart) smartfonlar bozorini kuzatdingiz va ma’lumotlar yig‘dingiz. Shu uch oy davomida namuna tariqasida tanlangan do‘konda smartfonlar qancha sotilganligini kuzatdingiz. Maqsad – qaysi qurilmaga talab kuchli ekanligini aniqlash.
Maslahatimiz shuki, Excelda biror ish qilmoqhi bo‘lsangiz, avval yig‘gan ma’lumotlaringizni oddiy jadval ko‘rinishida kiritib oling. Keyin esa, fikrlar va g‘oyalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘laveradi. Hozir ham shunday qilamiz. Sizning tahminiy jadvalingiz quyidagicha bo‘ladi:
Shu joyda eslatib o‘tmoqchimizki, G ustunidagi sonlar avvalgi mashg‘ulotlarimizda sizga o‘rgatganimiz «=summ(d3:f3)» funksiyasi orqali hosil qilinadi. G10 yacheykasidagi ko‘rsatkich ham shunday topilgan: =summ(g3:g8).
Keyin esa har bir smartfonning sotilish miqdori umumiy miqdorning necha foizini tashkil qilishi alohida ustunga, masalan, H ustuniga yozib chiqiladi. Buning uchun kursorni H3 katagiga olib boramiz va quyidagi formulani yozamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |