KINEMATIKA
(nazariya)
1. Materiya nima?
A) Maxsus fizik asboblar yordamida sezish mumkin bo’lgan barcha borliq
B) Inson sezgi organlari bilan sezishi mumkin bo’lgan barcha borliq
C) Elementar zarralar, shu zarralar yig’indilari, fizik jismlar va fizik maydonlar
D) barcha javoblar to’g’ri
2. Fizik hodisa nima?
A) Jismlarda vaqt o’tishi bilan sodir bo’luvchi qonuniy bog’langan o’zgarishlar majmuasi
B) Faqat maxsus labaratoriyalarda kuzatiladigan hodisalar
C) Jism harakati bilan bog’liq hodisalar
D) B va C javoblar to’g’ri
3. Fizik kattalik nima?
A) Fizik jismlar, maydonlar va fizik hodisalarning muayyan xossalarini harakterlovchi kattaliklar
B) Faqat jismlarning xossalarini harakterlovchi skalyar va vektor kattaliklar
C) Inson sezgi a’zolari yordamida sezadigan kattaliklar
D) B va C javoblar to’g’ri
4. Qaysi javobda faqat XBS ga kiruvchi asosiy kattaliklar keltirilgan?
A) Uzunlik, kuchlanish, fazoviy burchak
B) Vaqt, yorug’lik kuchi, impuls
C) Massa, modda miqdori, yassi burchak
D) Tok kuchi, temperatura, modda miqdori
5. Quyidagilarning qaysilari hosilaviy birliklar?
A) Mol, paskal, kelvin
B) Gramm, joul, kandela
C) Nyuton, litr, lyuks
D) Steradian, lyumen, volt
6. Quyidagilarning qaysi biri nisbiy tushuncha?
A) Tinchlik B) Harakat
C) Tinchlik va harakat D) Fazo va vaqt
7. Ikki vektor modullarining ular orasidagi burchak sinusiga ko’paytmasiga bu vektorlarning … deyiladi.
A) Yig’indisi B) Skalyar ko’paytmasi
C) Vektor ko’paytmasi D) Ayirmasi
8. Quyidagilarning qaysi biri noto’g’ri?
A) Kordinata boshidan nuqtaga o’tkazilgan vektor shu nuqtaning radius – vektori deyiladi
B) Moduli birga teng bo’lgan vektor birlik vektor deyiladi
C) Vektorning proyeksiyasi ham vektor bo’ladi
D) Yuqoridagilarning hammasi to’g’ri
9. Sanoq sistemasi nima?
A) Harakatlanayotgan jismga bog’langan koordinatalar sistemasi va vaqtni o’lchovchi asbob birgalikda sanoq
sistemasi deyiladi
B) Koordinata boshi qilib tanlangan jismga bog’langan koordinatalar sistemasi va vaqtni o’lchovchi asbob
birgalikda sanoq sistemasi deyiladi
C) Sanoq jismiga bog’langan koordinatalar sistemasi va vaqtni o’lchovchi asbob birgalikda sanoq sistemasi deyiladi
D) Sanoq jismi, harakatlanayotgan jism va koordinatalar sistemasi birgalikda sanoq sistemasi deyiladi
10. Sanoq boshi nima?
A) Harakatdagi jism
B) Sanoq jismiga nisbatan harakati o’rganilayotgan jism
C) Jism harakati qaysi jismga nisbatan o’rganilsa, o’sha jismga sanoq boshi deyiladi
D) To’g’ri javob keltirilmagan
11. Inersial sanoq sistemasi nima?
A) Geliosentrik sanoq sistemasiga inersial sanoq sistemasi deyiladi
B) Markazi Quyosh bilan ustma ust tushuvchi, o’qlari esa mos ravishda yulduzlar tomon yo’nalgan sanoq sistemasi
C) Quyoshga nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan sanoq sistemalari
D) Barcha javoblar to’g’ri
12. Quyidagi fikrlar ichidan noto’g’risini ajrating
A) Bir inersial sanoq sistemasiga nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakatlanayotgan barcha sanoq sistemalari inersial
bo’ladi
B) Noinersial sanoq sistemaga nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan barcha sanoq sistemalari noinersial
hisoblanadi
C) Noinersial sanoq sistemaga nisbatan tezlanuvchan harakat qilayotgan sanoq sistemasi inersial bo’lishi mumkin
emas
D) Inersial sanoq sistemaga nisbatan tezlanuvchan harakat qilayotgan sanoq sistemasi inersial bo’lishi mumkin emas
31
13. Inersial sanoq sistemasi ichida o’tkaazilgan mexanik tajribalar yordamida u tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis
harakat qilayotganini aniqlash mumkin emas. Bu nisbiylik prinsipi muallifini aniqlang.
A) I.Nyuton B) G.Galiley
C) A.Eynshteyn D) Lorents
14. To’g’ri chiziqli notekis harakatda jism oniy tezligi qanday o’zgaradi?
A) Son qiymati va yo’nalishi o’zgaradi
B) Yo’nalishi o’zgarmay faqat son qiymati o’zgaradi
C) Son qiymati o’zgarmay, faqat yo’nalishi o’zgaradi
D) Son qiymati ham, yo’nalishi ham o’zgarmaydi
15. To’g’ri chiziqli tekis harakatda jism bosib o’tgan yo’li vaqtga qanday bog’langan?
A) Chiziqli B) Kvadratik
C) Giperbolik D) Parabolik
16. Qaysi kattalik jism harakati yo’nalishi va tezkorligini harakterlaydi?
A) Tezlik B) Tezlanish
C) Yo’l D) Ko’chish
17. Erkin tushish tezlanishining qiymati Yer ekvatorida kattami yoki qutbidami? Nima uchun?
A) Ekvatorida katta, chunki Yer o’z o’qi atrofida aylanishi erkin tushish tezlanishini oshiradi
B) Qutbida katta, chunki Yer o’z o’qi atrofida aylanishi erkin tushish tezlanishini oshiradi
C) Ekvatorida katta, chunki Yer o’z o’qi atrofida aylanishi erkin tushish tezlanishini kamaytiradi
D) Qutbida katta, chunki Yer o’z o’qi atrofida aylanishi erkin tushish tezlanishini kamaytiradi
18. Yuqoriga tik otilgan jism qanday harakat qiladi?
A) Avval tezlanuvchan keyin sekinlanuvchan
B) Avval sekinlanuvchan, biroz tekis va keyin tezlanuvchan
C) Sekinlanuvchan
D) Avval sekinlanuvchan keyin tezlanuvchan
19. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism tezligi vaqt o’tishi bilan qanday o’zgaradi?
A) O’zgarmaydi B) Chiziqli ortadi
C) Kvadratik ortadi D) Chiziqli kamayadi
20. Burchak tezlik qanday kattalik?
A) Skalyar kattalik
B) Aksial vektor kattalik
C) Skalyar, ammo ishorali kattalik
D) Skalyar va musbat kattalik
21. Aksial vektor deb qanday vektorlarga aytiladi?
A) Yo’nalishi kattalikning tabiatidan o’z-o’zidan kelib chiqadigan vektorlar
B) Yo’nalishi trayektoriyaga urinma bo’lgan vektorlar
C) Yo’nalishi aylanish yo’nalishi bilan bog’liq bo’lgan vektorlar
D) Yo’nalishi trayektoriyaga normal bo’lgan vektorlar
22. Burchak tezlanishni aylana radiusiga ko’paytmasi nimaga teng bo’ladi?
A) To’la tezlanishga
B) Normal tezlanishga
C) Markazga intilma tezlanishga
D) Tangensial tezlanishga
23. Quyidagi kattaliklar orasidan aksial vektorni aniqlang?
A) To’la tezlanish B) Normal tezlanish
C) Burchak tezlanish D) Tangensial tezlanish
24. Qutb vektor deb qanday vektorlarga aytiladi?
A) Yo’nalishi kattalikning tabiatidan o’z-o’zidan kelib chiqadigan vektorlar
B) Yo’nalishi trayektoriyaga urinma bo’lgan vektorlar
C) Yo’nalishi aylanish yo’nalishi bilan bog’liq bo’lgan vektorlar
D) Yo’nalishi trayektoriyaga normal bo’lgan vektorlar
25. Normal tezlanish yo’nalishi qanday aniqlanadi?
A) Jism harakat trayektoriyasiga o’tkazilgan urinma bo’ylab
B) Jism harakat trayektoriyasiga o’tkazilgan urinmaga perpendikulyar
C) Chap vint qoidasi bo’yicha
D) O’ng vint qoidasi bo’yicha
26. Velosiped harakatlanishida harakatni uzatishning qaysi usulidan foydalaniladi?
A) Tishli uzatish B) Friksion uzatish
C) Tasmali uzatish D) A va C javoblar to’g’ri
27. Quyidagi uzatishlarning qaysi biri ishqalanish kuchi hisobiga yuz bermaydi?
A) Tishli uzatish B) Friksion uzatish
C) Tasmali uzatish D) A va C javoblar to’g’ri
28. Gorizontal otilgan jism harakatini tashkil gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarga ajrating.
32
A) gorizontal va vertikal yo’nalishda tekis xarakat
B) gorizontal va vertikal yo’nalishda tekis tezlanuvchan xarakat
C) gorizontal yo’nalishda tekis, vertikal yo’nalishda tekis tezlanuvchan xarakat
D) vertikal yo’nalishda tekis, gorizontal yo’nalishda tekis tezlanuvchan xarakat
29. Gorizontal otilgan jism xarakat trayektoriyasining qaysi nuqtasida eng katta tezlanishga ega bo’ladi?
A) boshlang’ich nuqtasida
B) oxirgi nuqtasida
C) tezlanishga ega bo’lmaydi
D) barcha nuqtalarida bir xil
30. Gorizontga qiya otilgan jism xarakat trayektoriyasining qaysi nuqtasida eng kichik tezlikka erishadi?
A) boshlang’ich nuqtasida
B) barcha nuqtalarida bir xil
C) eng yuqori nuqtasida
D) oxirgi nuqtasida
33
. KINEMATIKA
1. Yo‘lovchi sharqqa qarab 10 km masofani o‘tib, to‘xtadi va g‘arbga tomon yana 6 km yurdi. Yo‘lovchining bosib
o‘tgan umumiy yo‘li uning ko‘chishidan necha foizga ko‘p?
A) 75. B) 80. C) 400. D) 300.
2. A jism C nuqtaga, B jism esa D nuqtaga harakatlanib bordi. A jism bosib o‘tgan yo‘lini B jismning ko‘chish
moduliga nisbatini toping.
A) 1. B) 2. C)
5
p5+6
. D) 1/2.
3. Sharqdan 100 km/h tezlikda shamol esmoqda. Tezligi 100 km/h bo‘lgan vertolyot qanday kursni tanlasa, aniq
shimoliy yo‘nalishda ucha oladi?
A) shimoli-sharqiy yo‘nalishda, meridianga nisbatan 45
0
burchak ostida.
B) shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda, meridianga nisbatan 45
0
burchak ostida.
C) shimoli-sharqiy yo‘nalishda, meridianga nisbatan 60
0
burchak ostida.
D) aniq shimoliy yo‘nalishda ucha olmaydi.
4. Ovchi o‘zidan 30 m masofadagi 3 m/s tezlikda gorizontal yo‘nalishda uchib o‘tayotgan qushga o‘q otib
tekkizishi uchun qushdan necha santimetr oldinni nishonga olishi kerak? O‘q tezligi 600 m/s. Qush va o‘qning
harakati to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deb hisoblansin.
A) 0,15. B) 0,3. C) 30. D) 15.
5. Rasmdagi x = x(t) grafigidan foydalangan holda jismning tezlik vektorini toping (m/s).
A) 0. B) 2. C) -1. D) 1.
6. Jism tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakatlanib, 10 s da 500 m masofani bosib o‘tdi. Agar mazkur jism
harakatni 10 m/s boshlang‘ich tezlik bilan boshlasa, huddi shu vaqtda qancha masofani bosib o‘tadi (km)? Ikkala
holda ham tezlanishlar qiymati bir xil.
A) 3. B) 1,5. C) 1. D) 2.
7. Ikkita kater 10 m/s va 60 m/s boshlang‘ich tezliklar bilan birinchisi tezlanuvchan, ikkinchisi esa
sekinlanuvchan harakat boshladi. Katerlarning tezlanishlari mos ravishda 2 m/s2 va 3 m/s2 ga teng. Katerlarning
tezliklari qancha vaqtdan keyin o‘zaro tenglashadi (s)?
A) 8. B) 11. C) 10. D) 15.
8. Yerdan 10 m balandlikda joylashgan jism tik yuqoriga 5 m/s tezlik bilan otildi. Jismnng OY o‘qidagi y = y(t)
harakat tenglamasini tuzing. OY o‘qi vertikal yuqoriga yo‘nalgan bo‘lib, yer sirti nolinchi koordinataga mos
keladi.
A) y = 10 + 5t − 5t2. B) y = 10 − 5t + 5t2. C) y = 10 − 5t − 5t2. D) y = 5t − 5t2.
9. Jism tik yuqoriga 40 m/s tezlik bilan otildi. Jismning 7 s dagi o‘tgan yo‘li va ko‘chishini toping (m).
A) 130; 120. B) 150; 125. C) 125; 35. D) 100; 110.
10. Ikkita jism rasmda ko‘rsatilgan aylananing A nuqtasidan B nuqtasiga tekis tezlanuvchan harakat qilib bordi:
birinchi jism AB yoy bo‘yicha, ikkinchi jism esa AB kesma bo‘yicha. Agar ikkala jismning harakat vaqtlari bir xil
bo‘lsa, ularning o‘rtacha tezliklari nisbatini toping.
A) 2. B) 2
π
. C)
π
/2. D)
π
.
11. Turist yo‘lni 6 km ni 12 km/h tezlik bilan o‘tdi, qolgan 40 min da esa 10 km yurdi. Turist harakat
boshlaganidan so‘ng butun harakati davomidagi o‘rtacha tezligini toping (km/h).
A) 95/7. B) 96/7. C) 90/7. D) 100/7.
12. Jism 100 m balandlikdan gorizontal otildi. Uning uchish uzoqligi otilish balandligiga teng. U qanday tezlik
bilan yerga tushadi (m/s)? g=10 m/s2.
A) 44. B) 70. C) 60. D) 50.
13. Kalashnikov avtomatidan gorizontal yo‘nalishda otilgan o‘q 0,4 s da 360 m masofaga borib tushdi. Avtomat
yerdan qanday balandlikda joylashgan (cm)? g=10 m/s2.
A) 0,6. B) 0,8. C) 80. D) 100.
14. Gorizontga nisbatan
π
/4 burchak ostida 36 km/h tezlik bilan otilgan tosh qanday uzoqlikka borib tushadi
(m)?
A) 10. B) 2,5. C) 5. D) 8,7.
34
15. Balandlikdan gorizontga 600 burchak ostida 20 m/s tezlik bilan otilgan jismning uchish vaqti 10 sekundga
teng. Jismning gorizontal yo‘nalishdagi ko‘chishini toping (m).
A) 100. B) 150. C) 120. D) 200.
16. Gorizontal yo‘lda 54 km/h tezlikda ketayotgan avtomobil g‘ildiragining burchak tezligi 50 rad/s ga teng.
G‘ildirak gardishidagi nuqtaning yerga nisbatan tezlanishini toping (km/s2).
A) 75. B) 0,75. C) 1,5. D) 0.
17. Markazga intilma tezlanish erkin tushish tezlanishiga tenglashishi uchun radiusi 40 m bo‘lgan qavariq
ko‘prikning o‘rtasidan avtomobil qanday tezlikda o‘tishi lozim (m/s)? g=10 m/s2.
A) 25. B) 10. C) 20. D) 15.
18. Tekis yo‘lda harakatlanayotgan avtomobil tormoz
berganda uning g‘ildiraklari burchak tezligi 20
π
s
−1
dan 10
π
s
−1
gacha tekis kamaydi. Agar g‘ildirak burchak
tezlanishi −0, 5
π
rad/s2 ga teng bo‘lsa, avtomobilning tormozlanish vaqtini toping (s).
A) 20. B) 10. C) 15. D) 25.
19. Balandlikdan gorizontal otilgan jismning normal tezlanishi vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgaradi?
A) kamayadi. B) ortadi. C) o‘zgarmaydi. D) avval ortadi, keyin kamayadi.
20. Jism v = −3 + 2t (m/s) qonunga ko‘ra harakatlanmoqda. Jismning to‘rtinchi sekundda bosib o‘tgan yo‘lini
toping (m).
A) 3. B) 4. C) 9. D) 5.
21. Rasmdagi soatning sekund strelkasi burchak tezlik vertori yo‘nalishini aniqlang.
A) bizdan u tomonga. B) bizga tomon. C) strelka yo‘nalishi bo‘yicha. D) strelka harakat yo‘nalishi bo‘yicha.
22. Qayiq daryo bo‘yidagi ikki punkt orasini oqim bo‘yicha 3 soatda, sol esa 12 soatda bosib o‘tadi. Kater
punktlar orasidagi masofani oqimga qarshi yo‘nalishda qancha vaqtda o‘tadi (soat)?
A) 4,4. B) 7. C) 5. D) 6.
23. Rasmda moddiy nuqta tezligining vaqtga bog‘liqlik grafigi tasvirlangan. Vaqt t=7,3 s bo‘lganda tezlik (m/s)
qancha bo‘lgan?
A) 9,4. B) 10,1. C) 9,8. D) 9,1.
24. Jism to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 6 km masofani 24 km/h tezlik bilan bosib o‘tdi. So‘ngra harakat yo‘nalishiga tik
ravishda 32 km/h tezlik bilan harakatlandi. mButun yo‘ldagi o‘rtacha tezligi 28 km/h ga teng bo‘lsa, uning
ko‘chishini toping (km).
A) 10. B) 20. C) 15. D) 5.
25. Tik yuqoriga otilgan jismning 5 s dagi tezlik o‘zgarishini toping (m/s). Jismning umumiy harakat
vaqti 5 s dan katta.
A) -50. B) 50. C) 100. D) -100.
26. Balandlikdan gorizontal yo‘nalishda otilgan jismning to‘liq tezlanishi qanday o‘zgaradi? Havoning
qarshilik kuchini hisobga olmang.
A) ortadi. B) kamayadi. C) o‘zgarmaydi. D) notekis o‘zgaradi.
27. Jism yerdan balandligi H=40 m bo‘lgan minora tomiga qarata burchak ostida otilgan edi. Biroq u minora
asosiga kelib tushdi. Jism qancha vaqt uchgan (s)? Havoning qarshilik kuchini hisobga olmang. g=10 m/s2.
A) 1. B) 2p2. C) p2. D) 2.
28. Ekvatorning Grinvich obsevatoriyasidan o‘tuvchi meridianiga quyosh nuri tik tushmoqda. Qancha vaqtdan
keyin ekvatorning sana o‘zgarish meridianiga quyosh nurlari tik tushadi (min)? Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish
davri 24 soat.
A) 360. B) 84. C) 720. D) 1440.
35
29. Gorizontal sirt bo’ylab radiusi 0,5 m bo’lgan g’ildirak sirpanishsiz g’ildiramoqda. G‘ildirak gardishidagi A
nuqtaning yerga nisbatan tezligi 1 m/s bo’lsa, D nuqtaning yerga nisbatan tezlanishini (m/s2) toping.
A) 2. B) 1. C) 0,25. D) 0,5.
30. Balandlikdan 20 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan jismning tangensial va normal tezlanishlari qancha vaqt
o‘tgach o‘zaro tenglashadi (s)? g=10 m/s
2
.
A) 2. B) 1. C) 3. D) 1,5.
Javoblar:
1. D
2. A
3. D
4. D
5. C
6. B
7. C
8. A
9. C
10. C
11. B
12. D
13. C
14. A
15. A
16. B
17. C
18. A
19. A
20. B
21. A
22. D
23. A
24. A
25. A
26. C
27. B
28. C
29. D
30. A
36
Do'stlaringiz bilan baham: |