Yuqotish so’rovlari bir yoki bir necha jadvaldan yozuvlar guruhini yuqotadi. Yuqotish so’rovlari orqali yozuvlar to’laligicha yuqotiladi, uning ichidagi ayrim jadvallarni alohida yuqotib bo’lmaydi.
Yangilash so’rovlari bir yoki bir necha jadvaldagi yozuvlar guruhiga umumiy o’zgartirishlar kiritadi. Ushbu so’rov mavjud jadvallardagi ma’lumotlarni o’zgartirish imkonini beradi.
Yozuvlar qo’shish so’rovi bir yoki bir necha jadvaldagi yozuvlar guruhini boshqa bir yoki bir necha jadvalning oxiriga qo’shadi.
Jadval yaratish so’rovi bir yoki bir necha jadvalning barcha ma’lumotlari yoki ularning bir qismi asosida yangi jadvalni yaratadi.
Shakllar yaratish.
Shakl-bu ma’lumotlarni kiritish uchun maydonlarga ega bo’lgan elektron blankadir. Quyida shakllarni yaratishning turli usullari bilan tanishib chiqamiz.
Foydalanuvchi shaklni mustaqil yaratadi yoki shakl ustasidan foydalanadi. Shakl ustasi asosiy ishlarni avtomatik bajargani uchun shaklni yaratish jarayoni tezlashadi. Undan foydalanganda Microsoft Access dasturi shakl yaratish uchun asos bo’ladigan ma’lumotlarni kiritish so’raladi va shaklni sozlash uchun «Конструктор» holatiga o’tiladi.
Bitta ustundan iborat sodda shaklni yaratish uchun «Новый объект» (Yangi ob’ekt) tugmachasi ishlatiladi.
«Автоформа» (Avtoshakl) yordamida shakl yaratish.
«Автоформа» tanlab olingan jadval yoki so’rovning barcha maydonlari va yozuvlari aks etgan shaklni yaratadi va har bir maydon alohida satrda joylashadi. Uning chap tomonida maydonga tegishli yozuv aks ettiriladi.
Avtoforma.
1.MB oynasida «Таблицы» (Jadvallar) yoki «Запросы» (So’rovlar) ilovasi tanlanadi;
2.Shakl yaratishga asos bo’ladigan jadval yoki so’rov tanlanadi yoki ular ixtiyoriy holatda ochiladi;
3.«Новый объект» (Yangi ob’ekt) tugmachasi yonidagi ruyxatni ochib, tugmacha bosiladi va «Автоформа» (Avtoshakl) elementi tanlanadi;
Shakl ustasi yordamida shakl yaratish.
Buning uchun quyidagi algoritm bajariladi:
1. MB oynasida «Форм» (Shakllar) ilovasi tanlanadi;
2. «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;
3. «Новая форма» (Yangi shakl) muloqot oynasida kerakli usta tanlanadi; Ustaning qanday vazifani bajarishi oynaning chap qismida paydo bo’ladi.
4. Shakl yaratish uchun asos bo’ladigan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan jadval yoki so’rov tanlanadi;
5. Ok tugmachasi bosiladi;
6. Agar 3-qadamda «Мастер форм» (Shakllar ustasi), «Диаграмма» yoki «Сводная таблица» (Umumiy jadval) tanlangan bo’lsa, shaklni yaratishda tegishli muloqot oynalarida chiqariladigan ko’rsatmalarga rioya qilish zarur.
«Автоформа: в столбец» (Avtoshakl: ustunli), «Автоформа: ленточная» (Avtoshakl: tasmali) yoki «Автоформа: табличная» (Avtoshakl: jadvalli) elementlari tanlanganda shakl avtomatik ravishda yaratiladi. Yaratilgan shaklni «Конструктор» holatida o’zgartirish mumkin.
Shakl ustasi yordamisiz shakl yaratish.
Buning uchun quyidagi algoritmdan foydalaniladi:
1. MB oynasida «Form» (SHakllar) ilovasi tanlanadi;
2. «Sozdat» (Yaratish) tugmachasi bosiladi;
3. «Novaya forma» (Yangi shakl) muloqot oynasida «Konstruktor» bo’limi tanlanadi;
4. Shakl yaratish uchun asos bo’ladigan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan jadvallar va so’rovlar nomi tanlanadi;
Shaklning oynasi «Konstruktor» holatida ekranga chiqariladi.
Shakllar strukturasi.
Har qanday shaklning strukturasini uning bo’limlari tashkil etadi. Bo’limlar o’z navbatida boshqaruv elementlarini o’z ichiga oladi. «Конструктор» holatida shakl strukturasi ko’rib chiqilganda elementlar darchasi ochilib, unda sarlavha va shaklni boshqarish elementlarini yaratish uchun muljallangan uskunalar joylashgan bo’ladi
Shakl strukturasida quyidagi bo’limlar mavjud:
-shakl sarlavhasi bo’limi, ma’lumotlar sohasi va shaklga izohlar berish bo’limi.
Ma’lumotlar sohasiga tegishli barcha narsalar boshqaruv elementi bo’ladi. Boshqaruv elementi ostidagi fonli rasm shakl ishchi maydonining o’lchamini ko’rsatadi.
Boshqaruv elementlari ozod va bog’langan maydonlarga bo’linadi. «Надпис» (Yozuv) boshqaruv elementi ozod maydondir. Ushbu boshqaruv elementi ustida, so’ngra shaklda sichqoncha tugmachasi bosilsa, matn yozish uchun ramka paydo bo’ladi. Unga kerakli matnni kiritilib, Enter tugmachasi bosiladi.
Jadval maydonlaridagi ma’lumotlar aks etadigan boshqaruv elementlari bog’langan maydon deyiladi. Ularni yaratish uchun uskunalar darchasidagi «Поле» (Maydon) elementi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |