Reja:
MS Access da ma’lumotlar bazasi;
MS Access da ma’lumotlar bazasini yaratish;
Ma’lumotlar bazasining ob’ektlarini yaratish;
Jadvallar yaratish.
1.«Таблицы» (Jadval)—MB ning asosiy ob’ekti. Unda ma’lumotlar saqlanadi.
2.«Запросы» (So’rov)—bu ob’ekt ma’lumotlarga ishlov berish, jumladan, ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o’zgartirish kabi vazifalarni bajarishga muljallangan.
3.«Формы» (ko’rinish)—bu ob’ekt ma’lumotlarni tartibli ravishda oson kiritish yoki kiritilganlarni ko’rib chiqish imkonini beradi. Shakl to’zilishi bir qancha matnli maydonlar, tugmalardan iborat bo’lishi mumkin. Demak, ko’rinish (forma)–ekran ob’ekti bo’lib, elektron blank tarzida ifodalanib, unda ma’lumotlar kiritiladigan maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma’lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi.
4.«Отчет» (Hisobot)—bu ob’ekt yordamida saralangan ma’lumotlar qulay va ko’rgazmali ravishda qog’ozga chop etiladi.
5.«Макросы» (Makros)—makrobuyruqlardan iborat ob’ekt. Murakkab va tez-tez murojaat qilinadigan amallarni bitta makrosga guruhlab, unga ajratilgan tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o’rniga ushbu tugmacha bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi.
6.«Модули» (Modul)—Microsoft Access dasturining imkoniyatini oshirish maqsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o’z ichiga oluvchi va nostandart operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi.
Bundan tashqari,
7.«Страницы» (Sahifalar) nomli alohida ob’ekt ham mavjud. Bu ob’ekt HTML kodida bajarilgan, Web — sahifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga uzatiladigan alohida ob’ektdir.
. MS Access da ma’lumotlar bazasini yaratish.
Biror ma’lumotlar bazasini loyixalash va yaratish uchun Microsoft Access dasturini ishga tushirish kerak. Buning uchun Windows oynasining masalalar panelidagi «Пуск» tugmachasi ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib chap tugmachasi bosiladi va «Все программы» bo’limiga o’tib, Microsoft Office→Microsoft Access bandi tanlanadi.
Dastur ishga tushgandan keyin ekranda dasturning quyidagi umumiy ko’rinishi paydo bo’ladi.
Microsoft Access ning dastlabki oynasida 7 ta asosiy ob’ektlarning ilovalaridan tashqari, yana 3 ta buyruq tugmachalari mavjud.
Bular:
«Открыть» (Ochish);
«Конструктор» (Tuzuvchi);
«Создать» (Yaratish) tugmachalaridir
«Открыть» (Ochish) tugmachasi joriy ob’ektni ochadi.
Agar bu ob’ekt jadval bo’lsa, uni ko’rib yangi ma’lumotlar kiritish yoki avvalgisini o’zgartirish imkoniyati hosil bo’ladi.
«Конструктор» (Tuzuvchi) ham tanlangan ob’ektni ochadi, lekin u ob’ektning strukturasinigina ochib, uning mazmunini emas, balki to’zilishini to’g’rilash imkonini beradi. Agar ob’ekt jadval bo’lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini o’zgartirish mumkin. Bordi-yu, ko’rinish bo’lsa, u holda boshqarish elementlarini tashkil etadi. Ammo bu hol foydalanuvchilar emas, balki MB ni tashkil etuvchilarga ko’proq foydali.
«Создать» (Yaratish) tugmachasi yangi ob’ektlarni: jadval, so’rov, shakl va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi.
Xullas, ana shu sanab o’tilgan tartiblar asosida ob’ektlar ustida quyidagi turda ish bajariladi:
mexanik usul bilan;
avtomatlashtirilgan holatda;
jadval ustasi (Мастер таблиц) bilan.
Endi har bir ob’ekt ustida qisqacha tushuncha berishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |