Moyli zig`ir urug`ining tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlov berishning texnologik va “ilmiy” asoslari


Moyli zig`ir urug`ini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlov berish texnologiyasining nazariy asoslari



Download 2,33 Mb.
bet2/4
Sana02.03.2022
Hajmi2,33 Mb.
#478757
1   2   3   4
Bog'liq
MOYLI ZIGR lotin

2. Moyli zig`ir urug`ini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlov berish texnologiyasining nazariy asoslari
Moyli zig`ir issiqlikka talabchan, urug`i 12° da unib chiqadi. Gullash — yetilishi davrida harorat 20—22° bo`lgani ma`qul. Foydali harorat yig`indisi 1600—1800° talab qilinadi. Vegetatsiya davri 150 kungacha borishi mumkin. Bo`yi 40—70 sm. Urug`ida 52% gacha moy bor. Moyli zig`ir unumdor va begona o`tlardan toza yerlarga ekiladi, sho`rlangan, og`ir tuproqlar yaramaydi. Z.dan yuqori sifatli tola va moy olinadi. Tolasi pishiq, mustahkam, egiluvchan. 3. tolasidan kiyimlik gazlamalar (batist), brezent, paxta va kimyoviy tolaga qo`shib dekorativ gazlamalar, arqonlar ishlab chiqariladi. Oziqovqatda, lokbo`yoq sanoatida, tabobatda qo`llanadi. Kunjarasi chorvachilikda sifatli ozuqa hisoblanadi. Tola hosili 0,4—1,6 t/ga (poyadan chiqishi 10—15%), urug` hosili 2,5—21 s/ga. Bir ekilgan dalaga zig`ir 5—7 yildan keyin ekiladi, yaxshi utmishdosh — beda, no`xat, poliz ekinlari, shudgor qilishdan oldin dalaga har ga hisobiga 8—15 t go`ng , 20—45 kg N, 40—60 kg R2O5, 40—60 kg K2O solinadi. Azotli o`g`it ekishdan oldin, o`suv davrida (20—30 kg/ga) beriladi. Urug`lik kasalliklarga qarshi ekishdan oldin dorilanadi. 3. erta bahorda yoppasiga qatorlab ekiladi. Lalmi yerlarda har gektarga 20—22 kg (moyli 3. 50—60 kg/ga), tog`li mintaqalarda 25—30 kg (yoki 4—6 mln. dona urug`) sarflanadi. 3—5 sm chuqurlikda seyalkalarda ekiladi. O`zbekistonda juda qadimdan lalmi yerlarda faqat moyli 3. ekib kelingan (tolali 3. ekilmaydi), 3. moyi qadrlangan. Hoz. davrda Baxmal 1056, Baxmal 2, Buxoro 32 va b. navlari ekiladi.
Zig‘irni botanik va morfologik xususiyatlari. Zig‘ir linum (linum) oilasiga mansub bo‘lib, uni 200 dan ortiq turi bor. Bir yillik o‘simlik bo‘lib, bazida ko‘p yillik o‘tsimon turlari ham uchraydi. (1- rasm)
Bizning mamlakatimizda zig‘irning 3 ta kichik turlari ekilmoqda, bular
O‘rta Yer dengizi kichik turi, bo‘yi 50 sm gacha, guli, ko‘sagi va urug‘i katta hajmda bo‘ladi, 1000 donasi 10-13 gramm
Yevropa Osiyo kichik turi, turlicha balandlikda va shoxlanishda bo‘ladi, guli, ko‘sagi va urug‘i mayda, 1000 donasi 3-5 gramm, Osiyo va Yevropada ko‘p ekiladi.
Almashlab ekishdagi o‘rni. Zig‘ir ekiladigan maydonlar 3 ta almashlab ekish dalasiga bo‘lib olinib dehqonchilik qilingani maqul. Bunda qolgan ikki dalaga bug‘doy, arpa, kartoshka, ko‘p yillik o‘tlar ekilishi mumkin. Ko‘p miqdordagi (60-100 tonna/ga) go‘ng solinganda zig‘ir yotib qolishi mumkin.
Zig‘irni biologik xususiyatlari.
Zig‘irni haroratga bo‘lgan talabi. Urug‘i +3 -5oS una boshlaydi o‘simtalar -4oS gacha chiday oladi. Tuproq yuqori qatlamida xarorat +7 -9oS bo‘lsa tez unib chiqadi. Ekishdan unib to yer betiga chiqquncha 60oS harorat yig‘indisini talab etadi. Unib chiqish boshlanishi davrida 418-440 oS, gullashdan tortib ko‘sagi sarg‘aya boshlaguncha 410oS ni talab etadi, hammasi bo‘lib 900-1000oS da samarsli haroratni talab etadi. Zig‘ir 15-18oS dan yuqorisida o‘sishi to‘xtaydi, suv bilan to‘la taminlab turilishi kerak, aks xolda yuqori harorat salbiy tasir etadi
Kaliy o‘g‘iti poyadagi elementar tolalarni ko‘paytiradi, tola chiqishi ortadi sifati yahshilanadi yotib qolishni oldini oladi. Boshlang‘ich fazalarida kaliy yetarli bo‘lishi kerak. O‘g‘itlar tarkibidagi mineral ozuqalarni turlicha o‘zlashtiradi, maslan, oson eriydigan azotli eritmalarni 30-90 foizini, fosforni 10-25 foizini, kaliyni 26-40 foizini o‘zlashtiradi, tuproqdagi azotni 20-30 foizini, fosforni 6-13 foizini ,kaliyni 12-13 foizini o‘zlashtiradi. O‘g‘itlarni uchalasi to‘la normasi berilganda eng yuqori samara beradi, bunda tola 40 foizgacha, urug‘i esa 30 foizgacha ortadi.
Urug‘ni ekishga tayyorlash. Ekish uchun ajratilgan zig‘ir urug‘ini tozaligi 97 foiz, unib chiqishi 85 foiz bo‘lmog‘i lozim. Urug‘da karontin o‘tlar urug‘i bo‘lsa, xamda bir kilosida 180 dona o‘t urug‘lari bo‘lsa ekishga ruxsat berilmaydi. Kasallik va hashoratlardan saqlash uchun kimyoviy dorilar bilan urug‘larni ekishdan oldin 5-6 oy oldin ishlanadi. Bunda fentiuran va fentiuranmolibdat ishlatilsa 100 kg urug‘likka 300 gramm, shuningdek urug‘ qobig‘ini pardasimon qavat bilan o‘rash kerak bo‘lsa spirt borda (BK) yoki nordon suv (KB) olib 1 kg da olinadi, unga 1 litrdan oddiy suv qo‘shiladi va ular aralashtirib purkaladi.
Zig‘irni qator oralariga ishlov berish - begona o‘tlarni yo‘qotish, yumshatish, o‘toq qilish, kasallik va hashoratlarga qarshi kurash, sug‘orish kabi ishlardan iboratdir. Agar dalada oq sho‘ra, yovvoyi turp, sho‘ralar bo‘lsa gerbitsidlardan 2M-4X, 80% ligidan 0,6-1,2 kg\ga, OVX-28 traktor purkagichlar bilan 300 litr suvda eritib sepiladi.
Zig‘irning tuproqning 10 sm qavati + 7 +8 S issiganda yekish lozim, bahoriy yekinlarni yekish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Qator orasi 45sm qilib, gektariga 30-60kg urug‘ sarf qilinadi. Bir gektariga 20-30 million dona urug‘ tushishini taminlash kerak.Urug‘ning yekish normasi tuproq-iqlim sharoitiga moslangan holda va navni biologik hususiyatiga bog‘liq bo‘ladi
Agar iqlim sharoiti namgarchilikka moyil tumanlar bo‘lsa o‘simlikni qalin quyib bo‘lmaydi,chunki zaif bo‘lib qoladi, aksincha, kambag‘al yerlarda past bo‘lib qoladi. Hosildorlik keskin kamayadi, o‘t bosib ketgan yerlarda yekish normasini 10-15 foiz oshirish kerak. Ekish chuqurligi og‘ir tuproqlarda 1,5-2,0 sm, yengil tuproqlarda 2,0-2,5 sm,chuqurlikda ekiladi zig‘ir urug‘ini 5 smdan chuqurga ekib qo‘yilsa urug‘ni unib chiqishi 50 foizga kamayib ketadi.
Zig‘irdan mo‘l va sifatli tola va urug‘ olishda hashoratlardan xamoya qilish muhim rol o‘ynaydi. Dala chetlarini xlorofos (80%) bilan dala chetini 3-4 marta ishlansa turli bitlarni yo‘q qilinadi. Agar 1m2 joyda 10 donadan ortiq xashorat bo‘lsa gektariga 200-300 litrt eritma tayyorlab purkaladi. Tripslar paydo bo‘lsa 12 foizli dust (15,25 kg) bilan ishlash lozim.
Qatqaloq hosil bo‘lganda qator oralarini ishlaydigan agregatlar va kul kuchi bilan ishlanadi, umuman o‘simlik ildiz bo‘g‘zi atrofida noqulay harorat vujudga keltirmaslik lozim.
Agar dalada oq sho‘ra, yovvoyi turp, sho‘ralar bo‘lsa gerbitsidlardan 2M-4X, 80% ligidan 0,6-1,2 kg\ga, OVX-28 traktor purkagichlar bilan 300 litr suvda eritib sepiladi. Gerbitsid havo ochiq-quruq vaqtda, kunlik xarorat 15-17oS ga yetganda, o‘simlikning bo‘yi 5-8 sm bo‘lganda ishlanadi. Agar 2m-4x gerbitsidiga (0,5 kg/ga) ammiak silitrasidan 12 kg, rux va molibdendan 0,1 kg qo‘shib yuborilsa hosildorlik ortadi, bunda tola chiqishi 2 sentner, urug‘i esa 1,5 ts ortar ekan (TSXA malumotlari).
Moy uchun ekilgan zig‘ir to‘la pishish fazasida maxsus kombaynlarda o‘rib olinadi.
Yulingan zig‘ir poyasi ignali transportyorga , undan qisish transportyori yordamida sidirish kamerasiga tushadi. Sidiruvchi apparat panjali baraban bilan poyadagi urug‘larni sidirib transportyorga tashlaydi, urug‘ undan qopga tushadi.
Moyli urug‘lar saqlash uchun toza va quruq ‘olda joylaniladi. Bunda urug‘ning namligi kritik chegaradan 1-2% km bo‘lishi kerak. Yirik urug‘lar odatda uyum xolida saqlanadi.

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish