Moylarni gidratlash.
Reja:
O’simlik fosfatidlari, ularning moyli urug’lardagi va moylardagi miqdori.
Tarkibi va asosiy xossalari.
Gidratlovchi agentlar va ularning xarakteristikasi.
Gidratlash jarayonining texnologik parametrlari.
Texnologik sxemalar va ishlatiladigan qurilmalar
Gidratlash jarayoni moylardan fosfatidlarni ajratib olish maqsadida olib boriladi. Gritseridlar tarkibidagi hamroh moddalardan eng qimmatli tarqalgani fosfolipidlar guruhi hisoblanadi. Ular moyli urug‘larda yog‘siz fazada erkin yoki oqsil va uglevodlar bilan bog‘langan holatda bo‘ladi.
Rafinatsiya qilinmagan yog‘ni olish usuli va rejimiga bog‘liq holda moyli homashyodan fosfatidlarni 20% dan 90% gacha ajratib olinadi. Quyidagi jadvalda moyli urug‘ va yog‘lar tarkibidagi fosfatidlar miqdori ko‘rsatilgan.
1-jadval
Moy
|
Fosfatidlar miqdori, % da stearooletsitin
|
urug‘larda
|
moylarda
|
Soya
|
1,0 – 2,5
|
|
forpress
|
-
|
1,00 – 1,50
|
ekstraksion
|
-
|
|
forpress kunjarasida
|
-
|
1,5 – 3,0
|
hom yanchilmada
|
-
|
2,0 – 4,5
|
Kungaboqar
|
0,3 – 0,5
|
|
forpress
|
-
|
0,30 – 0,70
|
ekstraksion
|
-
|
0,90 – 1,20
|
Paxta
|
0,8 – 1,0
|
|
forpress
|
-
|
1,06 – 1,63
|
ekstraksion
|
-
|
1,43 – 2,84
|
Fosfolipidlarga glitserofosfatidlar, izonitfosfatidlar, sfingomielinlar kiradi. O‘simlik moylarida glitserofosfatidlar bo‘lib, ular quyidagi formulaga ega:
CH2 OCOR1
|
CHOCOR2
| O-
CH2 O–P=O
OX+
bu yerda: R1 va R2 – to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalarining uglevodorod qoldiqlari.
X* - vodorod, azotli asoslar (etanolamin, metiletanolamin, dimetil etanolamin, xolin) aminokislotalar.
Quyida o‘simlik yog‘lari tarkibidagi asosiy glitserofosfatid guruhlari ko‘rsatilgan.
X+ (strukturadagi komponent) Fosfolipidlar
H Fosfatid kislotalar
-CH2CH(NH2)-COOH – serin Fosfatidilserinlar
-CH2CH2NH2–etanolamin Fosfatidil etanolaminlar
(kefalinlar)
-CH2CH3NH(CH3) - metil etanolamin Fosfatidil-N-metil etanolaminlar
-CH2CH2NOH(CH3)3 – xolin Fosfatidilxolinlar (letsitinlar)
-CH2-CHOH-CH2OH – glitserin Fosfatidilglitserinlar
Fosfatidilinozitollar
CHOH
CHOH - Inozitol
HOHC CHOH
CHOH
Gidrotatsiya jarayoni mohiyati. Fosfatidlar molekulasi difil harakterga ega: gidrofob qismi - yog‘ kislotalarining radikallari, gidrofil qismi - aktiv gruppa (efir, gidroksil, karboksil va b.q.).
Moyda fosfatidlar miqdori kam bo‘lganliliga qaramay, o‘zining aktivligi hisobiga yog‘ning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Saqlash vaqtida cho‘kma hosil qilib moyni xiralashtiradi, ular emulsiyani barqarorlashtiradi va natijada fazalar ajralishi qiyinlashadi, oqlash vaqtida fosfatidlar sorbent yuzasida adsorbsiyalanadi, bu esa uning sarfini ko‘paytiradi.
Gidrogenizatsiya jarayonida fosfatidlar katalizator aktivligini pasaytiradi. Bu esa fosfatidlarni rafinatsiya qilinmagan yog‘dan ajratib olishi zarurligini ko‘rsatadi.
Gidrotatsiya jarayonining asosi shuki, fosfatidlar suv bilan ta’sir qilib, koagulyasiyalanadi va cho‘kmaga tushadi. Masalan: fosfatidilxolina (letsitina).
CH2OCOR1 CH2OCOR1
CHOCOR2 + HOH CHOCOR2
O OH OH
CH2OP = O CH2OP = O
OCH2CH2N(CH3)3 OCH2CH2N(CH3)3
Yog‘da eriydi Yog‘da erimaydi
Gidrotatsiya texnologiyasi. Gidrotatsiya texnologiyasi quyidagi etaplardan iborat:
Yog‘ning gidratlovchi agent bilan aralashtirish.
Fosfatidlarning koagulyasiya jarayonini borishi uchun yog‘-suv aralashmasini ushlab turish.
Gidratlangan yog‘ va fosfatid emulsiya fazalarini ajratish.
Yog‘ni quritish, fosfatid emulsiyalarini quritish va fosfatid konsentratini olish va qadoqlash.
Gidrotatsiyalovchi agent miqdori, fosfatidning miqdori, uning tarkibi, strukturasiga bog‘liq va u 0,5 % dan 6 % gacha o‘zgaradi. Suvning kamligi tugallanmagan gidrotatsiyaga olib kelsa, suvning ko‘pligi esa emulsiya hosil qiladi.
Gidrotatsiya jarayonida yog‘ning kislota soni 0,4-0.5 mg KOH (nordon fosfatidlarning ajralish xisobiga) kamayadi, fosfatidlar bilan bir katorda oqsillar va shilimshiq moddalar ham ajraladi.
Gidrotatsiyalanmaydigan fosfatidlarga:
fosfat va polifosfat kislotalari,
fosfatidilserinlar va ularning (Ca2+,Mg2+,Na+) metallari bilan tuzlari,
fosfatid, polifosfatid kislotalarining sterollar va alifatik spirtlar bilan birikmalari kiradi.
Gidrotatsiyalanmaydigan fosfatidlarning qutblanishi gidrotatsiyalanadigan fosfatidlarni qutblanishiga qaraganda past bo‘ladi.
Gidratlanmaydigan fosfatidlarni chiqarib tashlash. Gidrotatsiya jarayonidan so‘ng yog‘da 0,1-0,2 % fosfatidlar qoladi. Gidrotatsiyalanmagan fosfatidlarni yo‘qotish uchun gidrotatsiyalangan yog‘ni konsentrlangan fosfor kislotasi bilan ishlanadi (yog‘ og‘irligiga nisbatan 0,05-0,2 % miqdorda olinadi.
Suv miqdori: kungaboqar 0,5-3 %
paxta yog‘i 5 % gacha
loviya yog‘i 6 % gacha
Gidrotatsiya usullari. Turli gidratlash sxemalarda uzluksiz dozalash va gidratlash agentni va yog‘ni aralashtirishda reaktor-turbulizatorlardan foydalaniladi.
5 – rasm. Quyidagi rasmda reaktor-turbulizatorning tuzilishi ko‘rsatilgan
1 - yog‘ berish patrubkasi, 2 - reagent (suv, ishqor) berish patrubkasi, 3 – soplo, 4 - qabul qiluvchi kamera, 5 - aralashtirish kamera, 6- nasadka, 7-aralashma chiqish patrubkasidan iborat
Yog‘ - fosfatid emulsiyalarini fazalarga ajratish uchun separatorlar yoki tarelkali tindirgichlar qo‘laniladi.
6-rasm. Gidratlash jarayonida hosil bo‘lgan fazalarni tarelkali tindirgichda ajratish texnologik sxemasi.
Rafinatsiya qilinmagan moy (1) avtomatik tarozida tortilib, (2) bakga kelib tushadi va (3) filtrlar, (4) nasos, (5) issiqlik almashgichda 45-50 0С gacha isitilib, (6) rotametr orqali (8) aralashtirgichga beriladi. Suv (7) sath stabilizatori, (6) rotametr orqali (8) aralashtirgichga keladi.
Moy va fosfatid emulsiyasi aralashmasi (9) ekspozitorda 30 min davomida ushlab turiladi, so‘ngra bu yerda 13 ayl/min tezlikda aralashtiriladi, koagulyasiya jarayoni ketadi va fosfatidlar parchasi kattalashib boradi, keyin esa moy va fosfatid emulsiyasi (10) tarelkali tindirgich-ajratgichda ajratiladi. Fosfatid fraksiyasi (11) bakga yig‘iladi gidrotatsiyalangan moy esa boshqa (13) bakga kelib tushadi. U yerdan (14) nasos yordamida rafinatsiyaning keyingi bosqichlariga yuboriladi. Fosfatid emulsiyasi (12) nasos yordamida fosfatid konsentratini quritishga yuboriladi.
Gidrotatsiyalangan moyni quritish. Nam gidratlangan moyini qisqa vaqt mobaynida ham saqlash mumkin emas, chunki namlik ta’sirida oksidlanish jarayoni kechadi. Natijada moyning kislota soni oshib ketadi. Shuning uchun gidratlangan moy kolonna to’ridagi uzluksiz ishlovchi vakuum quritish uskunasida quritiladi.
Vakuum-quritish apparati. Harorati 85-900C bo‘lgan moy (3) quvur orqali apparatga va 3 ta (4) forsunkalar yordamida sochib beriladi. Tomchi qaytargich (5) tomchini vakuum sistemasiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Apparat (2) ning quyi qismiga tarelkalardan iborat (7) kontakt yuza o‘rnatilgan bo‘lib, u qo‘shimcha ravishda moydan namlikni bug‘lanishiga xizmat qiladi.
Quritish jarayonida qoldiq bosim 2,66 MPa (20 mm sim.ust.) dan ortiq emas. Apparatda vakuum uch bosqichli bug‘ ejektori yoki suvli vakuum-nasos yordamida (6) patrubka orqali hosil qilinadi.
Quritilgan moy nasos yordamida (1) shtutser orqali apparatni pastki qismidan so‘rib olinadi. Agar apparatdagi moy sathi me’yordagidan past bo‘lsa, sath rostlagich (8) qalqovuchi bo‘shaladi va tirgakli moslamani ochadi, shunda chiqish trubasidagi moy apparatga qaytariladi. Shunday qilib uskunada moyni bir xil sathi saqlab turiladi.
7 – rasm. Quyidagi rasmda kolonna turidagi uzluksiz ishlovchi vakuum-quritish uskunasi ko‘rsatilgan.
Fosfatid konsentrati ishlab chiqarish. Fosfatid emulsiyasi tarkibida 55-75 % suv, 15-30 % fosfatidlar, 15-20 % yog‘ bo‘ladi.
Fosfatid emulsiyasi tezlik bilan quritishga yuboriladi. Bu jarayon fosfatidlar sifatini saqlab qolish uchun qatlamda bajariladi. Quritish 75-90 0C haroratda, qoldiq bosim 20 mm.sim.ust.ga teng bo‘lgan sharoitda olib boriladi.
4 – jadval
Fosfatid konsentratining xarakteristikasi
Ko‘rsatgichlar
|
Oziq-ovqat uchun
|
Ozuqa uchun
|
Rangi, mg yodgacha
|
18
|
belgilanmaydi
|
Namlik va uchuvchan moddalar miqdori, % gacha
|
1,0
|
3,0
|
Fosfatidlar miqdori, %
|
55.0
|
40,0
|
Yog‘ miqdori, %
|
45.0
|
60,0
|
Fosfatid konsentratsiyadan ajratib olingan yog‘ning kislota soni mg KOH
|
18
|
25
|
Fosfatid emulsiyasini quritish uchun gorizontal uzluksiz ishlaydigan rotatsion-plenkali quritish apparatlari ishlatiladi: ular silindrik va konussimon bo‘ladi. Ishlab chiqarish quvvati 100 kg/s fosfatid konsentratiga teng.
Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan fosfatid konsentrati sig‘imi 30-40 l bo‘lgan metall bankalarga, ozuqa uchun esa bochkalarga joylashtiriladi.
Oxirgi vaqtda to‘liq gidrotatsiya jarayonida firma «Lurgi» (GFR) sxemasi qo‘llanilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Y.Qodirov., A.Ro`ziboev.“Yog`larni qayta ishlash texnologiyasi”. Darslik. T.“Fan va texnologiya ”, Toshkent, 2014, - 320 b
Qodirov Y., Raximov M. ”Yo’glarni qayta ishlash tehnologiyasi”. Darslik - T: ”Iqtisod-Moliya”.- 2013.-300 b.
Арутюнян Н.С.,Корнена Е.П.,Янова А.И.,идр Технология перераб
отки жиров.Учебник 2 е изд.М.Пищепромиздат-1998-451с
Арутюнян Н.С.,Корнена Е.П.,Нестерова Е.А.,Рафинация масел и жиров“. Учебное пособие Сакт-Петербурк.ГИОРД-2004-288 с.
Руководство по технологии получения и переработки растительных масел и жиров./Под Редакция.А.Г.Сергеева Л.Учебное пособие ВНИИЖ том 2-1973,3 кн 1,-1985,кн,2-1977
Арутюнян Н.С.,Аршиева Е.А.,Янова Л.И.,и др. Технология переработки жиров.Учебник-М Агропромиздат-1985-367с
Васильева Г.Ф.,”Дезодорация в масложировой прмышленности” Учебное пасобие-М.:-2003-174с
Глушенкова А.И.,Маркман А.А.” Гидрогенизация жиров” Учебное пасобие-Т.:-1979.-143.
Зайцева Л.В.,Нечаев А.П.Жиры и масла:современный поджоды к модернизации трдиционных технологий” Учебное пасобие-М-ДеЛи плюс-2013-152с
Y.Qodirov,“Yog`larni qayta ishlash texnologiyasidan laboratoriya mashg`ulotlari”. O`quv qo`llanma. T.“Cho`lpon ”,2005, - 168 b
Нечаев А.П.,Кочаткова А.А.,идр “Майонезы” Учебное пасобие-М Санкт-Петербург.:-2000-74с
Internet saytlari
www.jmcatalysts/com
www. viniti.ru
www.basf-catalysts.com
www.oilworld.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |