Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi



Download 139,46 Kb.
bet1/6
Sana25.06.2022
Hajmi139,46 Kb.
#704782
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6moJIh6la0k1JFWb150

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

«Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi» kafedrasi


MOYLAR VA MAXSUS SUYUQLIKLAR TEXNOLOGIYASI”
fanidan kurs ishi
Mavzu: Kerasin fraksiyasini gidrotozalash jarayoni texnologiyasi

BAJARDI:

24-16 guruhi talabasi
Maqsudov Abdulaziz



Rahbar: ass. Shapatov F.U.




Toshkent 2020 y.



MUNDARIJA:





  1. KIRISH




  1. TEXNIK QISM (adabiy sharh): bosh harf bilan, qalin harflar bilan, chiziq o'rtasiga tekislash

  2. TEXNOLOGIK QISM




  1. HISOBLASH QISMI (moddiy balans)




  1. XULOSA




  1. ADABIYOTLAR RO’YXATI



KIRISH


KIRISH
Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq, Farg’ona va Buxoro neftni qaytaishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg’ona zavodi surkov moylari va yonilgi ishlabchiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish boyicha 30 dan ortiq texnologik
qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilgi yunalishida, uning asosiy texnologik uskunalari 7 ta. Buxoro neft zavodi yaqinda, ya’ni 1997 yil 22 avgust kuni ishga tushirildi. Neft zavodi tola quvatda ishlaganda ulardan yuqori oktanli benzin, dizel yoqilg’isi, koks, parafin, motor moylariga qushilmalar, ichki yonuv dvigatellari uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari), kerosin, bitum, mazut kabi neft mahsulotlar olindi.
Gaz sanoati – yoqilg’i –energetika majmuasining eng rivojlangan tarmogi. Uning respublikada qazib olinayotgan yoqilg’i balansidagi hissasi 82,2 %
ni tashkil etadi. 1972- yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbatda ishga tushirilib, gazni magistral gazoprovodlarga uzatishdan oldin aralashmalardan tozalash imkoniyatilari yaratildi. Yaqinda Shortanda gaz-kimyo zavodi birinchi mahsulotlarini bera boshladi. Fargona neftni, Muborak gazni qayta ishlash zavodlari va Shortan gaz kompleksida, yiliga 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. O`zbekiston Respublikasi mustaqil rivojlanish yo`li bilan dadil ketayapti. Bugun mamlakatimizda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, tarkibiy o`zgarishlar dasturi amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bilan birga tubdan qayta qurilmoqda, yangi sohalar yuzaga keltirilayapti. Iqtisodiyotni keyingi barqaror va dinamik o`sishi uchun kerakli poydevor va sharoitlar yaratilmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish, uning barcha sohalarini, jumladan, neft-gaz tarmog’ini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan qulay sarmoyaviy muhit yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Sohada yangi inshootlarni barpo etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko`paytirish, mahalliylashtirishni kengaytirish, korxonalarni rivojlanishi uchun qulay sharoit, imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda. Bu o`lkaga tabiat mo`l-ko`l in`omlar berilgan. Amudaryo va Sirdaryo oralig’iga joylashgan O`zbekiston o`z tabiiy – iqlimiy sharoitlari bo`yicha Markaziy Osiyoning eng qulay regionlaridan biridir. O`zbekiston o`ta boy mineral- xom ashyo resurslariga, ham ega. Uning sahnida Mendeleev jadvalidagi hamma kimyoviy elementlar mavjud. Hozirgi vaqtda dunyoda neft’, tabiiy gaz, ko`mir va uran asosiy energiya manbalari hisoblanadi. Tinimsiz qazib olish hisobiga esa ularning zaxirasi yildanyil kamayib bormoqda. Olim va mutaxassislar shu tarzda ishlatilgan taqdirda, dunyodagi neft’ zaxiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz zaxiralari 70-75 yilga, tosh ko`mir zaxiralari 165-170 yilga, qo`ng’ir ko`mir zaxiralari 450-500 yilga etishini ta`kidlashmoqda. Shunisi aniqki, bu konlar tugagach, ularni qayta tiklab bo`lmaydi. O`zbekiston qimmatli mineral-xom ashyo resurslariga juda boy bo`lib, uning sarhadlarida Mendeleev davriy jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud. Vatanimiz hozirgi kunda oltin zahiralari bo`yicha jahonda 4 o`rinni, uni qazib olish bo`yicha – ettinchi, paxta tolasi ishlab chiqarish bo`yicha – birinchi, eksporti bo`yicha – ikkinchi o`rinlarni, uran zaxirasi bo`yicha ettinchi va mis zahirasi bo`yicha o`ninchi o`rinlarni egallaydi. O`zbekiston rangli va nodir – er metallari, neft, gaz, qurilish materiallari, fosforitlar, turli tuzlar, kvarts va boshqa foydali qazilmalarni katta zahiralariga ega bo`lib, hozirda ularni qayta ishlashda ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Neft va gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridandir. O`zbekiston dunyo mamlakatlari orasida tabiiy gaz qazib olish bo`yicha etakchi o`rinlardan birida turadi. Keyingi yillarda O`zbekiston neft va gaz sanoatida tub o`zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz gaz, polietilen va qayta ishlangan neft mahsulotlarining yirik eksportchisiga aylandi. Neft-gaz sanoati sohasida 2013 yilning o`zida 2,8 milliard AQSH dollaridan ziyod investitsiya o`zlashtirildi. Bu rejalashtirilgan ko`rsatkichlardan 11 foizga ko`pdir. Jahon miqyosidagi loyihalar ishlab chiqilib,
hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Masalan, jahon neft-gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biri Surg’il koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz- kimyo majmuasidir. Janubiy koreyalik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,9 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Uning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
O’zbekiston Mustaqillikka erishgach, mamlakatning neft va gaz mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini uz resurslari hisobga qondirish dolzarb masala bo’lib qoldi. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft-gaz sanoati sohasida ham qator o’zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi «Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi qarori bilan “O’zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati faoliyati takomillashtirildi. Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga tabiiy gaz 15 foiz va suyultirilgan gaz 1,6 barobar koʻp yetkazib berildi. Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qoʻshimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan talab qondirib kelinmoqda. Shoʻrtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualarida joriy yilning oʻzida gazga nisbatan qoʻshilgan qiymati 4 barobar koʻp boʻlgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi. Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2030-yilgacha geologiya-qidiruv ishlari olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan. Uglevodorodlar zaxirasini koʻpaytirish boʻyicha aniq choralar koʻrilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga kamayadi.
Shu bois, yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga geologiya-qidiruv ishlari va qazib olish hajmini oshirish, konlarni modernizatsiya qilish va yangilarini ochish, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta ishlash, investitsiyalarni koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Jahon tajribasi asosida bu ishlarga investorlarni kengroq jalb etish, davlat va investorlar manfaatini himoya qilishni taʼminlaydigan yangi mexanizmlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni moliyalashtirish boʻyicha joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritish topshirildi. Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot tizimining asosiy qismi taʼmirtalab holga kelgan. Kelajakda isteʼmolchilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish hamda gaz oqimini boshqarish (SCADA) tizimini joriy etish boʻyicha 1,6 milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi.
Uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko’paytirishning 2021 yilgacha bo’lgan dasturi va uni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlandi.
Mamlakatimizda yer osti boyliklari ko’p. Ularni o’zlashtirish va qayta ishlash bo’yicha yangi tizim yaratildi.
Geologiya-qidiruv ishlari davlat dasturiga muvofiq, yangi konlar ochish orqali 2020 yilda tabiiy gaz zaxirasini 57 milliard kub metrga, neft va kondensat zaxirasini 3,6 million tonnaga ko’paytirish rejalashtirilgan. Joriy yilda 63 milliard kub metr tabiiy gaz, 3 million tonna neft va kondensat qazib olishni ta’minlash uchun 255 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik ob’ektni qurish ishlarini yakunlandi.
“O’zbekneftgaz” AJ tomonidan 2 milliard 756 million dollarlik 24 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag’lar Jizzax neftni qayta ishlash zavodini bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, Qandim gazni qayta ishlash kompleksining 2-navbati va Qandim konlar guruhini jihozlash, Sho’rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq
yoqilg’i ishlab chiqarish, Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida qidiruv ishlarini olib borish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi loyihalarga yo’naltiriladi. Mazkur 24 yirik loyihaning 9 tasi bu yil amalga oshirildi.
Sohaning logistika yo’nalishlarini diversifikatsiya qilish, xomashyo importi va mahsulot eksporti narxlarining arzonroq bo’lishini kafolatlaydigan transport yo’laklari va tariflarini aniqlash, energiya iste’molini tejash va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yuqori va o’rta bosimli gaz taqsimot tizimini rivojlantirish, shuningdek, iste’molchilarning energiya resurslaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirish yuzasidan kupgina tadbirlar amalga oshirilmoqda. Neft-gaz sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqildi, “O’zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyatining kredit reytingini aniqlash ishlarini jadallashtirish bo’yicha ham vazifalar amalga oshirilmoqda.
NEFTDAN OLINADIGAN MOYLAR
Distillyat moy fraksiyalaridan qayta ishlab olingan surkov inoylari distillyat moylar deyiladi, gudrondan olinganlari-qoldiq nioylai deyiladi. Boshlang'ich moy fraksiyalaridan moy komponcntlarini olish murakkab ko'p bosqichlijarayondir. Har bir vazifasi moylarni ekspluatatsiya xususiyatini pasaytiradigan gruppalar birikmasidan tozalashdir. Neft fraksiyalaridan hamma kislotali xossaga ega bo'lgan birikmalarni, to’yinmagan uglcvodorodlarni, qisman oltingugurtli va smolali birikmalarni,qisqa yon zanjirli polisiklik aromatik uglevodorodlami, qattiq parafinlarni chiqarib tashlash kerak. Boshlang’ich moy fraksiyalaridan moy komponentlarini olish asosida yuqorida ko'rsatilgan zararli komponentlarni tozalash yotadi. Bu usullar fizik (erituvchilar bilan ekstraksiyalash), eritmadan past haroratda cho’ktirish, frzik-kimyoviy- adsorbsiya, kimyoviy usul Na 2 SO 4 bilan tozalash va gidrotozalashdir.
Qoldiq moylarini ishlab chiqarish distillyat moylarni ishlab chiqarishga nisbatan murakkabdir, chunki gudronda asfalten-smolali birikmalar juda ko'p. Mazutni vakuum ostida haydalgandan keyingi qolgan qoldiqni-gudronni deasfaltizatsiya qilinib undagi bo'lgan smolali-asfaltenlarni chiqarib olinadi.
Deasfaltizat saylab tozalovchi eritmalar-fenol yoki furfurol bilan tozalanadi. Bundan maqsad-qolgan smola-asfaltenlarni va yonbosh zanjiri qisqa bo'lgan politsiklik aromatik uglevodorodlarni ajratib olish.
Selektiv (saylab) tozalangan rafinatdan erituvchilar atseton, dixlor etan yordamida qattiq parafinlarni cho’ktiriladi. Deparafinlangan mahsulotni adsorbsiya yoki gidrotozalash yordamida me'yoriga yetkaziladi. Distillyat moy fraksiyalari, odatda, deasfaltizatsiya qilinmaydi.
Distillyat va qoldiq moylarni umumiy texnologik sxemasishu bilan farq qiladi. Moy fraksiyalari tozalangandan so'ng moylarning rangi o'zgaradi, ular ancha rangsizlanadi. Smolali va polisiklik aromatik uglcvodorodlardan tozalash natijasida moylarni kokslanishi va yopishqoqlik indeksi ortadi. Smola va
to'yinmagan uglevodoiodlardan tozalash moyni termo barqarorligini oshiradi.
Kislota xususiyatiga ega bo'lgan uglevodorodlardan tozalash esa korroziya aktivligini pasaytiradi va qattiq uglevodorodlardan tozalash qotish haroratini pasaytiradi.

Moylarni tovar holatiga keltirib tayyorlash komponentlarni aralashtirish qurilmasida olib boriladi. Yengil, o’rta va og'ir distillyatlar va qoldiq komponentlar bo'lsa moylarni xohlagan navini tayyorlash mumkin.


Moylarni tozalash jarayonida saylovchi erituvchilaridan foydalanish. Saylovchi yoki selektiv erituvchilar suyuq modda bo'lib ma'lum haroratda aralashmadan faqat ma'lum komponentlarni (boshqalarini eritmasdan va ularda o'zi erimasdan) ajratib beradi. Ba'zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadilar va keraksiz komponent cho'kmaga tushadi, yengil ajratib olinadi. Deasfaltlash va deparfinlash ana shunga asoslangan.
Boshqa jarayonlarda, buni teskarisi bo'lib, erituvchilar keraksiz komponentlarni eritadi va qimmatbaho komponentlarni deyarli eritmaydi. Bu jarayonlarda fenol vafur furol selektiv tozalashda ishlatiladi. Tozalangan mahsulot va keraksiz komponentlar har bir jarayonda o’z nomiga ega.

Download 139,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish