Movarounnaxirga qattish va chigitkalar voskini
Qipchoqlar yerini tark etish arafasida men uchda peshqadam gurixini yo’lga chaqirdim. Bu uch bo’linmaning biri yo’l bo’yi bizning oziq – ovqat, yem xashak, suv va boshqa maxsulotlarga bo’lgan extiyojimizni qondiradigon darajada taminot ishlarini tashkil etishlari lozim edi. Qolgan ikki bo’linma esa xududni o’rganish va kuzatuv ishlarini olib borishga masul edilar. Odatda bu ishga bita bo’linma xizmati bilan kifoyalanar edik. Bu galgi safarimiz boshqalardan farq qilgani boyis xam, bu safar xududlarda xavfsizligimiz masalasi muxum o’rin tutadi. Chunki To’xtamishdan tashqari qaroqchi guruxlar xam bizni talash patida bo’lishlari mumkun edi. Chunki bizni qipchoqlar yeridan olgan o’ljalarimiz, xususan biz o’zimiz bilan olib ketadigon oltin kumishlar shunga sabab bo’lardi.
Birinchi kuzatuv bo’linmasi, ular bilan bir vaqtda yol’ga chiqqan taminotchi bo’linma va ikkinchi uchunchi qism xamda qo’shin o’rtashda muntazam aloqa o’rnatilgan edi. Orqa tomondan ko’nglim to’q edi. Chunki biz shunchalar shiddat bilan ilgarilamoqda edikki, orqa tomondan bizga yetib olishlari mushkul edi. Shuning uchun men oldan va ikki qanotdan bo’lishi mumkun bo’lgan favqulotda bo’ladigon xujumlardan asranishga aloxida etibor qaratgan edim. Tarxon daxasiga yetib borgunga qadar aytarli bir voqea sodir bo’madi. Tarxonni men avval ko’rganimda u muzlagan axvolda edi va endi to’lib – toshib oqayotganini ko’rib maftun boldim.
Peshqadam kuzatuv bo’linmasidan olingan malumotga qaraganda, Tarxon daryosi bo’yida yirik savdo ko’rgazmasi o’tkazilayotgan ekan. Ular bizning kelayotganimizdan xabar tortib, xavfsizliklari uchun kafolat olish maqsadida odaqmlarimiz bilan bog’lanishibdi. Agar biz ularga xujim qilmasak, buning uchun barcha maxsulotlarni xajmidan kelib chiqib ko’lov qilish istagini bildirishibdi. Men o’z javobimni yo’llab, xech qanday, xech qanday tuxfa olmasligimni, savdo axliga va ularning mollariga tegmasligimni, biroq mabodo ular tomonidan aldov va olchoqlikni sezsam o’zlarini xam bozorlarini xam kunpayakun qilishimni bidirdim.
Bu ulkan savdo ko’rgazmasi, balsam xar yili qorva muz erigan maxalda o’tkazilar, unda turli xil maxsulotlar bilan savdo qilish uchun yuz minglab ortiq savdogarlar va xaridorlar to’planar ekan
Unda asosan qishloq xo’jalik maxsulotlari, shuningdek, egar – jabduq, qilich, xanjar, turli xildagi ipak va jun matolarini xam uchratish mumkun. Bularning xammasi Xazar dengizi soxillarida yashab kelayotgan ko’plab qabilalarning turmush tarzini o’zida akis ettirgandi. Men barcha sarkardalarimga tayinlab, kimki o’sha bozordagi savdogarlar yoki xaridorlarga yoki ularning mollariga daxil qilsa qatil etilishni bildirdim va buni xamma janchilarga yetgazishlarini buyurdim. Tarxan daryosi boylarida ko’prik paydo etilgan ekan. Uning mustaxkamligini tekshirib ishonch xosil qilgandanso’ng qo’shinni undan o’tkazishga izn berdim. Men bu daryoni uncha katta deb xisoblamadim. Bizning Jayxun undan besh marotaba kattaroqdesam adashmayman. Xususan baxor fasli to’lib toshib oqqan kezlari uning bir qirgogida turib narigi qirgogini ko’ra olmaysan. Men o’zim bir gal bu soxildan narigisiga o’tganman. O’shanda kayiqchilar ropparosa ikki soat mobaynida terlab pishib eshgak eshishgandilar.
Tarxon daryosidan o’tib olgach, endi qo’shinga jiddiy xaf tug’diradigon omillar yo’qligiga amin bo’ldim. Xazar dengizidan sharqqa tomon yurdik va keyin janubga qarab yurdik. Shundan kegin daryo soxilini Samarqand bilan boglaydigon katta yo’lga chiqib lodik.
Do'stlaringiz bilan baham: |