Movarounnahrda Arab xalifaligiga qarshi koʻtarilgan xalq ozodlik harakati VIII



Download 67,2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.04.2023
Hajmi67,2 Kb.
#928458
Bog'liq
Movarounnahrda Arab xalifaligiga qarshi ko tarilgan xalq ozodlik



Muqanna
qoʻzgʻoloni
Muqanna isyoni - Movarounnahrda Arab xalifaligiga qarshi koʻtarilgan xalq ozodlik harakati (VIII
asrning 70—80-yillari), Muqanna rahbarlik qilgan. Qoʻzgʻolonchilar oq kiyim kiyganlari uchun "oq
kiyimliklar qoʻzgʻoloni" nomi bilan ham mashhur. Isyononda dehqonlar, qishloq hunarmandlari va
mahalliy zodagonlarning 1 qismi qatnashgan. Muqanna Mazdak taʼlimotining davomchisi sifatida
ijtimoiy tenglikni keng targʻib qilganligi taʼsirida qoʻzgʻolonchilar iqtisodiy tengsizlik va oʻlkada
arablar hukmronligiga qarshi kurash boshlaganlar. Muqanna oʻziga qarorgoh qilib Som togʻidagi
qalʼani (Shahrisabz shahri yaqinida) tanladi. Samarqand, Buxoro, Kesh, Narshax shaharlari
qoʻzgʻolon markaziga aylangan. Xalifa Mansur 775- yilda Jabroil ibn Yahyoni Ozarbayjondan
katta harbiy kuch bilan Movarounnahrga yuborgan. Ammo Jabroil qoʻzgʻolonchilardan yengilgan.
10000 askar bilan Jabroilga yordamga yuborilgan Uqaba ibn Salim 1-marta Kesh va
Samarqandda Gʻaricha boshliq, 2-marta 14000 askar bilan Termiz yaqinida Sarhama va Kayyoki
Gʻuziy boshliq qoʻzgʻolonchilar tomonidan tor-mor keltirildi. Natijada Naxshab va Chagʻoniyon
viloyatlari qoʻzgʻolonchilar qoʻliga oʻtdi. Isyon 776-yildan Buxoro vohasida kuchayib ketdi.
Narshax qalʼasi qoʻzgʻolonchilarning qoʻrgʻoniga aylantirilgan. Bunda "oq kiyimliklar"ning katta
qismi toʻplangan. Shu yili Narshax qalʼasi yaqinida "oq kiyimliklar" bilan arablardan Buxoro amiri
Husayn ibn Maoz va Samarqand noibi Jabroilning birlashgan qoʻshinlari oʻrtasida 4 oy mobaynida
jang boʻldi. Jangda "oq kiyimliklar"ning qoʻli baland keldi, ammo son jihatidan koʻp boʻlgan arab
qoʻshinlari Narshax qalʼasi devori ostidan uzunasiga 50 gaz lahim kavlab, uni qulatgach, qalʼaga
bostirib kirganlar. Qalʼa ichida davom etgan shiddatli janglarda qoʻzgʻolonchilar yengilgan. Isyon
rahbarlaridan Hakim ibn Ahmad va Hashviylar oʻldirilgan. Narshaxdagi qoʻzgʻolon bostirilgach,
arablar asosiy kuchni Muqanna qoʻzgʻolonining markazi boʻlgan Samarqand va Keshga
tashladilar. Xalifa Mahdiy 777-yilda Muqanna qoʻzgʻoloniga zarba berish uchun Nishopurga keldi.
Xuroson noibi Maoz va Hirot amiri Sayd Harashiy boshliq katta qoʻshin Samarqandga yuborildi.
Isyonkorlar bilan boʻlgan jangda arab qoʻshinlari magʻlubiyatga uchradi. Natijada Maoz Xuroson


noibligidan isteʼfoga chikdi. 2 yillik toʻqnashuvlardan soʻng Samarqand taslim boʻldi. Soʻngra
arablarning birlashgan qoʻshinlari Muqannaga qarshi tashlandi. Narshax va Samarqandda "oq
kiyimlilar" yengilgach, mahalliy boylar sotqinlik qilib, arablarga yordam bera boshladilar. Ular
arablar bilan birga Muqannaning Som togʻidagi istehkomini qamal qilishda qatnashdilar. Uzoq
davom etgan qamaldan soʻng tinkasi qurigan muqannachilar taslim boʻldilar. Muqannaning ukasi
Qabzam 3000, Som qoʻrgʻoni mudofaasiga qoʻmondonlik qilayotgan Sarhama 3300 kishilik
qoʻshini bilan Sayd Harashiyga taslim boʻldilar. Ammo, arablarga taslim boʻlishni istamagan
Muqanna oʻzini yonib turgan tandirga tashlab halok boʻldi.
Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1991; Oʻzbekiston tarixi, T., 1997; Karimov Sh., Shamsutdinov R.,
Vatan tarixi, T., 1997.
Nuriddin Musayev.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Muqan
na_qo%CA%BBzg%CA%BBoloni&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Muqanna_qo
ʻ
zg
ʻ
oloni&oldid=23
86302
" dan olindi

Download 67,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish