Buxoro amirligi davlati va huquqi. Chor Rossiya bilan Buxoro amirligi o‘rtasida 1868 yildagi “Sulh” va 1873 yil 28 sentyabrdagi “Do‘stlik” shartnomalariga ko‘ra amirlikning davlat tuzumi o‘zgarishsiz qoldi. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad ichki siyosat sohasida mustaqillik berish emas, balki katta mablag‘ yoki mehnat sarflamasdan unga tegishli ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar orqali mamlakatni boshqarish edi.
Dastlab general-gubernator 1886 yilda Buxoro Rossiya imperiyasining siyosiy mahkamasi ta’sis etilgan. Siyosiy mahkamaning asosiy vazifasi “Do‘stlik” shartnomasi shartlariga amal qilishni kuzatish, qo‘shni davlatga tranzit tartibida jo‘natiladigan rus mollaridan soliq olishga yo‘l qo‘ymaslik, mahalliy ma’muriyat xodimlari shart-nomaga xilof holda boj undirilishiga yo‘l qo‘ysa egalariga qayta-rish, rus tovarlaridan qonuniy yig‘imlar undirishga yo‘l qo‘ymaslik, qarzga olingan mollarni pulini to‘lash, korxonaga mahallif ma’-murlarni aralashtirmaslik, rus fuqarolari o‘rtasida kelib chiqadigan jinoiy va fuqarolik ishlarini ko‘rib hal qilardi. Yangi Buxoro (Kogon) shahri boshlig‘i, Chorjo‘y, Termiz, qarshi shaharlarda esa harbiy boshliqlar orqali amalga oshirardi.
Umuman olganda siyosiy mahkama Buxoro amiri va uning hukumati ustidan bevosita nazoratni amalga oshirgan.
Buxoro amiri rasman davlat boshlig‘i bo‘lib, u siyosiy maxkama tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni ko‘p sonli amaldorlari orqali amalga oshirgan. Saroy xizmatchilari 2 ta udaychi-axborot beruvchi, Peterburgdagi Buxoro elchixonasiga va Turkiston general-guberna-torligiga taalluqli bo‘lgan masalalar yuzasidan amirning topshi-riqlarini bajaruvchilar, shig‘ovul-amirlarning shaxsiy ad’yutanti, mirza munshi- kotib, mirza munshif-ikkinchi darajali shaxsiy kotiblar, degonbegi – saroy kirim-chiqim va xo‘jalik ishlari boshli-g‘i, mirzaboshi-politsiya boshlig‘i, tarjimonlar va boshqalardan iborat bo‘lgan. Saroy mansabdorlari amir tomonidan vazifasiga tayinlangan va undan ozod etilgan.
Buxoro amirligi ma’muriy boshqaruv mahkamasi to‘rt markaziy boshqarmaga taqsimlangan. Bular ma’muriy ijro, moliya-soliq, din va sud ishlari, nazorat qidiruv boshqarmalari edi.
Ma’muriy ijro boshqarmasiga qushbegi boshchilik qilgan. U moliya ishlariga, shu soha xizmatchilari faoliyati ustidan nazorat, Buxoro shahrining boshqarish, beklar va amaldorlarga rahbarlik qilishdan iborat bo‘lgan. Uning xuzurida maxsus devon bo‘lib, unda tarjimon, ish yurituvchi mirzolari, qushbegining birinchi va ikkin-chi yordamlari, Buxoro shahri politsiya boshlig‘i, devonbegi-xo‘jalik ishlari boshlig‘i, farroshboshi-oshxonaboshlig‘i, tupchiboshi-turma boshlig‘i, bozorlardan bozor haqqini yig‘uvchilar, aminokachilar, sav-do-sotiqni nazorat qiluvchilar, qushbegining shaxsiy xizmatchilari va 500 ta navkari bo‘lgan. Ular qushchibegi tomonidan ishga tayin-langan va o‘z vazifasidan ozod qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |