Motivlashtirish


 Axborot almashuv jarayonidagi muammolar



Download 296,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana20.07.2022
Hajmi296,06 Kb.
#831354
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
9-мавзу

5. Axborot almashuv jarayonidagi muammolar. 
Shuni qayd qilish lozimki, shaxslararo axborot almashuv jarayonida ayrim 
muammolar tug‘ilishi mumkin. Shunday muammolar turkumiga quyidagilarni qayd 
qilish mumkin: 

Idrok qilishdagi ruhiy farq. 

Ma'naviy (semantik) to‘siq. 

Noverbal imo-ishoralar. 

Filtrlash. 

Aloqa kanallarining haddan tashqari ko‘payib ketishi. 

Nomaqbul tashkiliy struktura (tarkib). 


Kishilar bir xil ma'lumotni o‘zlarining bilim darajalari, hayotiy tajribalari, 
hissiy tuyg‘ularining turlichaligidan o‘zlaricha turlicha talqin qiladilar va qabul 
qiladilar. Bu o‘rinda rahbar bilan bo‘ysinuvchi o‘rtasidagi munosabat ham muhim 
rol o‘ynaydi. Bir-biriga ishonch va o‘zaro bir-birini anglash bor joyda axborot 
ko‘lami kengayadi, ularning aniqligi oshadi, javobgarlik ham bir xilda bo‘ladi. 
Ma'naviy semantik to‘siq uzatilayotgan axborotni kodlashtirishda 
qo‘llanilgan belgi (simvol)larning axborotni qabul qiluvchilar didlariga (ularning 
lavozimlari, mavqelari, mintalitet, milliy urf-odatlar nuqtai nazaridan) mos 
tushmaganligada namoyon bo‘ladi. 
Simvol, (belgi)lardan tashqari axborotlar bilan almashuv chog‘ida noverbal, 
ya'ni og‘zaki yoki so‘zda emas, balki imo-ishoralar, masalan, chehra, savlat, 
vajohat, tovushning o‘zgarib turishi kabilar ham bajaruvchiga aytiladigan so‘z 
mohiyatini tubdan o‘zgartirilgan holda etkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Ruhshunoslarning fikricha, so‘z bilan aytiladigan axborotni 90% igacha qisma so‘z 
oraqi emas, balki noverbal yo‘l bilan qabul qilinar ekan. 
Filtrlash 
- axborotni iste'molchiga tez etib borishi jarayonida uni 
ixchamlashtirish, 
noxush 
"ma'lumotlar"dan 
tozalash 
maqsadida 
axborot 
soddalashtiriladi, qayta ishlanadi, tegishli jamlar chiqariladi. Bundan tashqari quyi 
bo‘g‘indagi rahbarlar, o‘zlari xohlamagan, ammo yuqori bo‘g‘indagi rahbarlar 
bo‘lishi shart. Bo‘lmagan axborotlarni yubormaydilar. Shu tariqa axborotlar 
filtrlanadi. 
Aloqa kapitallarining haddan tashqari ko‘payib ketishi ham kommunikatsion 
jarayonga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bunday muammo axborotlarni qayta ishlash va 
ularni uzatish vositalarining etishmovchiligi yoki ularning nomukammalligi 
oqibatida sodir bo‘ladi. 
Nomaqul tashkiliy struktura ham kommunikatsion jarayonda muammo 
tug‘diruvchi omillardan biri hisoblanadi. Qanchalik boshqaruv bo‘g‘inlari ko‘p 
bo‘lib, funktsiyalar, vazifalar va vakolatlar bir-birini ko‘p takrorlasa, shunchalik 
axborotning manziliga etib borishi sekinlashadi. Natijada shu davr ichida har bir 
bo‘g‘inda o‘ziga maqbul bo‘lgan "tuzatishlar" kiritiladi. Bu jarayonda bo‘limlar va 
bo‘g‘inlarda sodir bo‘ladigan ixtiloflar, axborotlar almashuviga va qarorlarni qabul 
qilishga jiddiy to‘siqlarni yaratadi. 
Axborotni uzatish va qabul qilish ko‘p jihatdan samarali quloq solish 
san'atiga ega bo‘lish darajasiga bog‘liq. Amerikalik olim professor Kit Devis 
samarali quloq solish san'atining 10 ta qoidasini keltiradi. Qoidalarni navbatma- 
navbat o‘qib, bir zum o‘zingizni holi tuting. Yuzma-yuz gaplashayotgan aniq 
kishini ko‘z oldingizga keltiring va ushbu qoidalarga nechog‘liq rioya 
qilganingizga baho bering (16-jadval). 

Download 296,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish