Motivatsiya. Motivlar shakllanishining dinamik tavsiflari.
Motivatsiya: maqsad, emotsiya va qiziqish.
Motivlar shakllanishining dinamik tavsiflari; barqarorlik, modallik, motivlar kuchi, uning dominantligi va harakatchanligi.
Maqsad-faoliyat tarkibiga kiruvchi ayrim harakatlarni bajarishga yo‘nalganligi.
O‘quv motivlari deganda talabalar (o‘quvchilar)ning o‘quv faoliyatining barcha jabhalariga ichki va tashqi yo‘nalganligi tushuniladi. Psixologiya fanida o‘quv motivlari ikkita katta turkumga ajratilgan holda tadqiq qilish an’ana tusiga kirgan. Hozir ularning mohiyatiga, tavsifiga oid mulohazalar yuzasidan ma’lumot berishga harakat qilamiz.
O‘quv faoliyatining mazmuni va uni bajarilish jarayonlari bilan aloqador biluv motivlari.
O‘zga odamlar bilan talaba (o‘quvchi)ning turli ijtimoiy o‘zaro ta’sirini aks ettiruvchi ijtimoiy (sotsial) motivlar.
1. Talabalarni yoki o‘quvchilarni yangi bilimlarni egallashga yo‘nalganligini ifodalovchi keng ko‘lamdagi biluv motivlari. Ularning darajalari bilan bir – birlaridan tafovut qiladilar. Motivning darajasi esa talabaning yoki o‘quvchining bilishga nisbatan qiziqishini ko‘rsatkichi bilan belgilanadi.
2. Talabalarning yoki o‘quvchilarning bilimlarni egallash usullarini o‘zlashtirishga yo‘nalganligini ifodalovchi bilishga oid o‘quv motivlari.
3. Talaba yoki o‘quvchilarni bilimlarni egallash usullarini mustaqil ravishda takomillashtirishga yo‘nalganligini ifodalovchi mustaqil bilim olish motivlari.
Birinchi turkumga (guruhga) taalluqli motivlar o‘z navbatida bir nechta guruhchalarga ajratilib tadqiq qilinmoqda.
O‘qishning, bilim olishning zarurat ekanligini tushunishga, jamiyatga naf, foyda keltirishga, olamni bilishga intilishdan iborat keng sotsial motivlar.
Obro‘ (nufuz) orttirishga erishishga, atrofdagi odamlarning ma’qullashiga, ular bilan munosabatga kirishishda muayyan o‘rin va pozitsiya egallashga intilishda namoyon bo‘luvchi tor doiradagi ijtimoiy (sotsial) motivlar.
Talabaning yoki o‘quvchining sinfda (kursda) o‘z tengdoshlari va o‘qituvchilar bilan hamkorlik shakllarini uzluksiz ravishda takomillashtirishga, hamkorlikning shakllari usullarini tahlil qilishga, ularni tushunib etishga boshqalar bilan muomala hamda muloqotda o‘zaro ta’sir o‘tkazish istagida ifodalanuvchi hamkorlikning sotsial (ijtimoiy) motivlari.
Ikkinchi turkumni (guruhni) tashkil qiluvchi sotsial motivlar ham bir nechta guruhchalarga ajratilgan holda tadqiq etiladi: