Motivlarning turlari.
Motiv kengroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan to’rgan moyillik xozirlikni tushuntirib beruvchi sabablarni nazarda tutadi. Maphur nems olimi Kurt Levin motivlar muammosi ayniqsa shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqladiki, har bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo’ladi. Konkret vaziyat xususiyadagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat, kayfiyatga bog’liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo’lar ekan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimunlarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki, unda shunga o’xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardagi orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygohlarida: “materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor deylik. Shu kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan ustanovka shakllanadiki, albatta bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabcha, qattiaqqo’l va xokazo. Bunday motivatsiya mana necha avlord talabalari boshdina kechirayotgan holat. Endi aniq shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun bu darsdan keyin dars yo’q va u qachon shu semestr tugushini kutib harakat qiladi.
Motivni o’rganish hozirda psixologiya va pedagogikaning asosiy markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Motivni o’rganish bo’yicha olimlarimiz anchagina yutuqqa erishgan bo’lishsada, uni tizimga solish aniq yo’nalishlar ishlab chiqilmagan. Motivni tizimga solish, uning me’zonlarini ko’rsatib berish bo’yicha ijtimoiy va bilishga oid ayrim turlari ishlab chiqilgan:
Keng doiradagi ijtimoiy motivlar (burch, javobgarlik, o’qishning ijtimoiy o’rnini bilish) shaxsning jamiyatdagi o’rni va moslashishini belgilab beradi;
Tor doiradagi ijtimoiy motivlar (kelajakdagi birorta mansabga erishish, atrofdagilar e’tiborida bo’lish o’z mehnatiga yarasha taqdirlani;)
Ijtimoiy hamkorlik motivlari (sudda o’z o’rni, holatiga ega bo’lish, atrofdagilar bilan o’zaro munosabat turlariga yo’nalganlik;)
Keng bilish motivlari (bilim egallashning yo’llarini bilish, aniq bir o’quv fanini o’rganish;)
O’z ustida ishlash motivlari (qo’shimcha bilim olishga yo’nalganlik;)
Motiv tushunarli va tushunarsiz, anglangan va anglanmagan bo’lishi mumkin. Har qanday motivlar orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va ayynan ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun talabaning o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, bilim olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi.
Rus olimi R.Nemov shaxsdagi motivatsion sohani quyidagicha tasavvur qiladi.
Umuman har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki gurpuhga bo’lish mumkin:
Biologik ehtiyojlar – bu fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu) jinsiy moslashuv ehtiyojlari.
Ijtimoiy ehtiyojlar – mehnat qilish, bilish, estetik va axloqiy ma’naviy ehtiyojlar.
Umuman shaxs xulq motivi haqida gap ketganda uning ikki tomoni ya’ni elementi ajratiladi. Harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishning vositalariga aniqlik kiritadi. Dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqlashi kerak, aks holda dastur hech narsa bermaydi. Masalan, ota-onaning bolaga shartlar qo’yib o’z idealidagi shaxs qilishi uchun qat’iy nazorati oqibatida keyinchalik boshqarib bo’lmaydigan qaysar, ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, ehtiyojlar movufiqlashtirilgan aniq bo’lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo’ladi.
Motivlardan biri turli hil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo’lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D.Makleland, D.Atkinson va nems olimi X.Xekxauzenlar. ularning yikricha odamda turli ishlarni bajarishni ta’minlovchi ikki turdagi motiv bor:
Muvaffaqiyatga erishi motivi.
Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi.
Motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga odamlarga va o’z-o’ziga munosabatlardan kelib chiqadi va undagi harakter xususiyatlarini ham belgilaydi.
Boshqaruv funktsiyalari har qanday tashkilotning mohiyatini belgilaydi. Funktsiyalar 1916 yilda G. Fayole tomonidan belgilandi va keyin shunday bo'ldi: rejalashtirish;
tashkilot;
boshqarish;
muvofiqlashtirish.
Ammo bu erda bir narsa yo'q: inson omili. Ish samaradorligi sifati, har qanday korxonaning muvaffaqiyati barcha xodimlarning ish sifatiga bog'liq. Va bu allaqachon rag'batlantirishni anglatadi.
Boshqarish funktsiyasi - motivatsiya, ishchilarni o'z vazifalarini samarali bajarishlarini rag'batlantirish, butun kompaniyani muvaffaqiyatli bajarishdir.
Motivatsiya ta'sirning faqat bitta kuchiga ega - sabablarning shakllanishi. Boshqarish funktsiyasi sifatida menejmentning motivatsiyasi murakkabligi shundaki, har bir inson o'zining muvaffaqiyatli faoliyati uchun o'zaro muloqot qilish kerak bo'lgan o'zining chuqur g'ayrati bor.
Motivatsion ta'sir turlari
Xodimlarni boshqaruv funktsiyasi sifatida rag'batlantirish ikkita toifaga bo'linadi - iqtisodiy va iqtisodiy bo'lmagan. Iqtisodiyotning pul mukofoti, bonus, ish haqi darajasining oshishi deb taxmin qilish oson.
Iqtisodiy motivatsiya emas, balki murakkab boshqaruv to'plami. Bu erda har bir insonning manfaatlari, sabablari, ehtiyojlari, harakatlari o'zaro bir-biriga bog'langan. Birinchidan, bu tashkilot xodimlarining jamoaning bir qismiga aylanishiga, kompaniyaning faoliyatida ishtirok etishiga imkon beruvchi tashkiliy ta'sirlardir. Bundan tashqari, bu axloqiy va psixologik ta'sir. Bu shuni anglatadiki, menejer insonning zaif tomonlari ustida "yaxshi o'ynash" kerak, bu uning yaxshi ehtiyojlari uchun o'z ehtiyojlarini qondirishi kerak. Masalan:
maqtov;
tasdiqlash;
taqdirni e'tirof etish;
yoki ta'qib qilish.
Har qanday nazorat qilish tizimining demotivatorlari:
nomaqbul tanqid;
bajarilgan vazifalar bilan ish haqining nomutanosibligi;
xodimning to'kilmasligi yoki pastligi;
ish vazifalarining noma'lumligi, kompaniya maqsadlari.
Bundan tashqari, menejmentning asosiy funktsiyasi sifatida motivatsiya shaxsning shaxsiy ehtiyojlariga ko'ra tasniflanishi mumkin:
maqomi motivatsiyasi;
mehnat;
pul.
Maqom motivatsiyasi inson tan olinishi, jamoada hurmat qilinishi, etakchilik qilish, taqlid qilish uchun namuna bo'lishiga asoslangan. Mehnatni rag'batlantirish - bu o'z-o'zini namoyon qilish istagi, pulni turtki - insonning farovonlikka intilishi.
Albatta, har bir xodim bunday g'oyaning barcha tarkibiy qismlariga ega. Biroq, rahbarning donoligi shunchaki chuqurroq va doimo ishchi ruhining har xil qo'llariga qarashga qodir bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |