Murakkab moslanuvchanlik. Moslanuvchanlikni paydo bo`lish mexanizmlari.
Reja:
Fiziologik moslanuvchanlik.
Moslanuvchanlik klassifikatsiyasi.
Turli muhitlardagi moslanuvchanlik va uni masshtabi.
Moslanishning nisbiyligi.
Hayotiy jarayonlar tor harorat diapozonida ham kechaverishi mumkin. Ko‘pchilik o‘simliklar va hayvonlar sovuq haroratli sharoitda nobud bo‘ladi yoki anabioz (hamma kimyoviy jarayonlarning juda susayishi yoki to‘xtashi) holatiga o‘tadi. Ammo Antarktidada 70 °S sovuqda ham suvo‘tlari, lishayniklarning ayrim turlari, pingvinlar yashay oladi. Yerda hayotning eng yuqori chegarasi +50-60 °S ga teng. Bunday haroratda fermentlar faoliyati buziladi va oqsillar iviydi, biroq geotermal buloqlarda ayrim mikroorganizmlar +79-80 °S da ham yashay olishi kuzatiladi.
O‘simliklar va ko‘pchilik xayvonlar tana haroratini birday saqlay olmaydi. O‘simliklarning sovuqqa chidamliligi hujayralarda qand miqdorining ko‘p bo‘lishi natijasida hujayra shirasi konsentratsiyasining ortishiga va suvning kamayishiga bog‘ liqdir. Harorat 0 °S dan past bo‘lsa, urug‘ unib chiqmaydi. Binobarin har bir o‘simlik urug‘ i unib chiqishi uchun minimal, optimal va maksimal harorat talab qiladi. Xuddi shunday harorat amplitudasi o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishida kuzatiladigan hamma bosqichlar uchun zarurdir. Masalan, yashil o‘simliklarning hayotiy jarayonlari ya’ni o‘sishi, fotosintez, ularning gullashi va meva hosil qilishi ma’lum bir harorat rejimida o‘tadi. Shu sababli o‘simliklar issiqsevar, sovuqqa yoki jazirama issiqqa chidamli guruhlarga bo‘linadi. Janubda o‘sadigan issiqsevar o‘simliklar qish-ning qattiq sovuqlariga chidamsiz bo‘ladi. Masalan, g‘o‘zaga kuzning 2-3 °S sovug‘ i o‘ta salbiy ta’sir qiladi. Sitrus o‘simliklari (limon, apelsin, mandarin) esa -8-10 °S da nobud bo‘ladi. Shimolda o‘sadigan o‘simliklar esa issiqlik kam bo‘lganda ham o‘z hayotini davom ettiraveradi.
Қishdagi kuchli sovuqlar ham ularga kuchli ta’sir etmaydi. Masalan, Sibirda o‘sadigan tilog‘ och, qarag‘ ay, pixta va shu kabi daraxtlar –70 °S gacha sovuqqa bardosh bera oladi. O‘rta Osiyoning jazirama issiq cho‘llarida o‘sadigan yantoq, qovul, saksavul, shuvoq, izen o‘simliklari +60-70 °S haroratga ham bardosh bera oladi. O‘simliklar uchun ularning butun vegetatsiya davrida oladigan foydali harorat yig‘ indisi ham jiddiy ahamiyatga ega. Agar harorat yig‘indisi yetarli bo‘lmasa o‘simlik gullamaydi va hosilga kirmaydi. Masalan, o‘rta tolali g‘o‘za navlarining to‘la yetilib hosil berishi uchun harorat yig‘ indisi 1750-2000 °S bo‘lishi kerak, ingichka tolali g‘o‘za navlari uchun esa bu ko‘rsatkich 2000-3000 °S ni tashkil etadi.
Tana haroratini saqlay olish xususiyatlariga ko‘ra hayvonlar issiq qonlilar va sovuq qonlilarga bo‘linadi. Sovuq qonlilarga umurtqasizlar, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi. Ular o‘zlari tana haroratini birday saqlay olmaydilar.
Muhit haroratining ko‘tarilishi bu organizmlarda fizilogik jarayonlarning tezlashishiga olib keladi, aksincha muhit haroratining ma’lum diapazondan pasayishi metabolik jarayonlarining susayishi va organizmlarning o‘lishiga olib keladi.
Evolyutsiya jarayonida issiq qonli organizmlar tashqi muhit haroratining juda keng o‘zgarishidan qat’iy nazar o‘z tana haroratini doimiy holatda saqlashga moslashgandir.
Issiqqonlilarga qushlar va sut emizuvchi hayvonlar kiradi.
Қushlarning tana harorati +40 °S dan yuqoriroq. Sut emzuvchilarniki esa +37 - +40 °S atrofida saqlanadi. Tana haroratining bir xil saqlashda to‘rt kamerali yurakning paydo bo‘lishi, nafas olish sistemasining takomillashishi ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ularda harorat o‘zgarmay saqlanishiga olib keladigan mexanizmlar bu qalin jun, patlar, teri osti yog‘ klechatkasi, ter bezlarining paydo bo‘lishi, qon aylanishining nerv sistemasi orqali idora qilinishi va hokazolardir.
Tashqi muhit haroratining o‘zgarishiga moslanish belgilaridan yana biri bu hayvonlar migratsiyasi, ya’ni ularning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan haroratli hududlarga ko‘chib o‘tishdir. Migratsiya qiluvchi hayvonlarga kitlar, ba’zi qushlar, baliqlar, hasharotlar va boshqa hayvonlar kiradi. Kitlar ba’zan ilgari egallagan joylaridan 2000-3000 km masofagacha ham ko‘chib o‘tishlari mumkin. Sovuq qonlilarning ayrim turlari harorat pasayganda yoki keskin ko‘tarilganda karaxt bo‘lib qoladi. Issiq qonlilarning ayrim vakillari oziq yetishmasa yoki muhit harorati pasaysa uyquga ketadilar.
Ana shular jumlasiga ayiqlar, bo‘rsiqlar kiradi. Bunday holatda ularda moddalar almashinishi susayadi, lekin tana harorati deyarlik pasaymaydi.
Mikroorganizmlar, o‘simliklar va tuban hayvonlarning haroratga moslanishlaridan bir usuli ularning anabioz holatga o‘tishidir. Anabioz holatda mikroblar sporalar, sodda hayvonlar esa sistalar hosil qiladilar.
Harorat hayvonlarning qaysi iqlim mintaqasida yashashi bilan bog‘ liq holda avvalo, ularning vazniga va ichki organlarining katta – kichikligiga, ko‘payishiga va boshqa hayot jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, issiq o‘lkalarda yashovchi sut emizuvchi hayvonlarning vazni, yuragi, buyragi, jigari sovuq o‘lkalarda yashovchi shu xildagi hayvonlarnikiga nisbatan yengil va kichik bo‘ladi. Shuningdek, harorat hayvonlarning tashqi qiyofasiga, ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, tundrada, mo‘’tadil mintaqada yashovchi tulki va Afrikadagi fenek degan tulkini olib qaralsa, ular biologik jihatdan o‘xshash yoki bir – birlariga yaqin turlardir. Lekin, turli iqlim mintaqasida yashaganliklari sababli ularning tashqi ko‘rinishi, ayniqsa, quloqlarining shakli katta-kichikligi bilan bir-birlaridan keskin farqlanadi. Shunga o‘xshash Arktika va baland tog‘ mintaqasida yashovchi ba’zi hasharotlarning rangi quyosh nurini ko‘proq yutganligi sababli qoramtir rangda bo‘ladi. Ko‘pchilik suv hayvonlarining tuxumi ham shunday qoramtir pegmentga boy bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |