Sakkizinchi seshanba: pul haqida suhbatlashamiz
“Aksariyat mavjudotlar taqdir hukmiga boʻysunadi, faqat insongina
ongli ravishda oʻz hayotini xatarga qoʻyadi”.
V. H. Oden, Morrining sevimli shoiri.
Men gazetani Morriga koʻrinarli qilib tutib turdim:
Qabrtoshimda “Men hech qachon telekompaniyalar tarmogʻiga
egalik qilmaganman” degan yozuv boʻlishini xohlamayman
Morri kuldi, soʻng bosh chayqatdi. Tongi quyosh uning ortidagi
derazadan moʻralar, uning nurlari deraza tokchasidagi hibiskus
butasi gullariga tushib turardi. Iqtibos yirik muzokarada CBS
te
leradio tarmogʻini oʻzlashtirib ololmaganidan nolib yurgan media
magnat, milliarder, CNN telekanali asoschisi Ted Turnerga tegishli
edi. Bu hikoyani Morrinikiga koʻtarib kelganimning sababi meni bir
savol qiziqtirardi: agar hozir Turner keksa professorimning holiga
tushib qolib, nafas olishi qiyinlashib, tanasi toshdek qotib, qolgan
sanoqli kunlarini birma-
bir taqvimdan oʻchirib yashayotgan
boʻlganida oʻzining telekompaniyalar tarmogʻi yoʻqligi sababli dod-
voy qilayotgan boʻlarmidi?
– Bularning bari oʻsha bitta muammoga borib taqaladi, Mich, — dedi
Morri.
– Biz qadriga yetishimiz zarur boʻlgan narsalarni chalkashtirib
qoʻyganmiz. Bu esa odamlarning hayotdan koʻngli sovishiga sabab
boʻladi. Menimcha, shu haqida suhbatlashishimiz kerak.
Morri bugun bor diqqatini bir yerga jamlagandi. Hozirga kelib, uning
kunlari yaxshi va yomonga ajralgan, bugun yaxshi kunlardan biri
edi. Oʻtgan oqshom Morrinikiga bir mahalliy musiqiy guruh tashrif
buyurib, u uchun musiqiy asboblarsiz xor ijro etib berishibdi va u
menga bu haqi
da goʻyoki mashhur “Ink Spots” guruhining oʻzi
unikiga mehmonga kelgandek toʻlqinlanib gapirib berayotgandi.
Xastalikka chalinishidan oldin ham Morrining musiqaga ishqi baland
edi, biroq hozir uning musiqaga boʻlgan muhabbati shunchalar
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
93
otashin ediki, kuy
eshitganida koʻziga yosh kelardi. Baʼzan tunlari
koʻzlarini yumgancha opera tinglar, ijrochilarning sohir ovozlariga
hamohang xayolan koʻkda parvoz qilardi.
– Kechagi guruhning ijrosini eshitib koʻrganingda edi, Mich! Mana
buni ovoz desa boʻladi!
Morri har doim kuylash, raqs tushish va kulish kabi oddiy
narsalardan zavq olishga ishqiboz edi. Hozir esa moddiy
narsalarning qadri har qachongidan ham pasaygan yoki ular oʻz
ahamiyatini butunlay yoʻqotgandi. Odamlar vafot etganida,
koʻpincha, “Buni goʻringga orqalab keta olmaysan” degan iborani
eshitamiz. Morri bu hikmatni ancha oldin anglab yetgandek edi.
– Bizda miyani yuvishning bir shakli shiddatli tus olmoqda, —
xoʻrsinib qoʻydi Morri. – Bilasanmi, odamlar miyasini yuvish qanday
amalga oshiriladi? Bir narsani qayta va qayta takrorlayverish orqali.
Mamlakatimizda hozir aynan shu narsa sodir boʻlmoqda.
Moddiyatga egalik qilish yaxshi. Puling koʻp boʻlgani yaxshi. Mol-
mulkning koʻproq boʻlishi ham yaxshi. Qancha koʻp foyda kelsa,
shuncha yaxshi. Koʻproq boʻlgani yaxshi. Koʻproq boʻlgani yaxshi.
Oʻzimiz ham shuni takrorlaymiz va toki hech kimning oʻzgacha
fikrlashga hafsalasi qolmagunicha, boshqalar ham takror va takror
shu narsani miyamizga quyishadi. Bu tushuncha oddiy insonlarning
miyasiga shu qadar oʻtirib qolganki, ular aslida hayotda nima
muhimligini ham farqlay olmay qolgan. Umrim davomida qayerga
bormay, men uchratgan odamlarning barchasi birorta yangi narsani
qoʻlga kiritish ishtiyoqida yonardi. Yangi mashinani qoʻlga kiritish.
Yangi uyni qoʻlga kiritish. Soʻnggi chiqqan oʻyinchoqni qoʻlga kiritish.
Keyin esa ular, albatta, senga yangi oʻljasi haqida aytishni xohlaydi.
“Bilasanmi, nima sotib oldim? Nima olganimni top-chi?”. Bilasanmi,
men buni qanday talqin qilardim? U odamlar shu qadar mehrga
tashna ediki,
uning oʻrnini bosuvchi har qanday narsani qabul
qilaverardi. Moddiyat bizni oʻz bagʻriga oladi, degan umidda odamlar
Do'stlaringiz bilan baham: |