Morrining seshanba darslari Muallif: Mich Elbom


Koʻrgazmali qurollar: ikkinchi qism



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/39
Sana31.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#221767
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
Morrining seshanba darslari 60511

Koʻrgazmali qurollar: ikkinchi qism 
Morri  intervyu  bergan  birinchi  koʻrsatuv  katta  muvaffaqiyat  qozongani  sababli  “Tungi 
xabarlar”  uning  ikkinchi  qismini  ham  olishga  qaror  qildi.  Bu  safar  eshikdan  kirib  kelgan 
operator  va  prodyuserlar  oʻzlarini  Morrining  oila  aʼzolaridek  his  qilardi.  Koppel  ham  oʻzini 
oldingidan koʻra ancha doʻstona tutardi. Sinov jarayoni ham, suhbatdan oldingi suhbat ham 
boʻlmadi.  Gap  gapga  qovushishi  uchun  avvaliga  Morri  va  Koppel  bolalik  xotiralari  bilan 
boʻlishishdi:  Koppel  Angliyada  tugʻilib-oʻsganini  gapirib  berdi,  Morri  esa  Bronksda  katta 
boʻlgani  haqida  soʻzladi.  Morri  doim  sovuq  qotardi,  hatto  tashqarida  toʻqson  daraja  issiq 
boʻlsa ham, shuning uchun uzun yengli koʻk koʻylak kiyib olgandi. Biroq Koppel kostyumini 


 
36 
 
yechib  qoʻyib,  suhbatni  koʻylak  va  boʻyinbogʻda  oʻtkazdi.  Morri  uni  sekin-asta,  birma-bir 
qurolsizlantirayotganga oʻxshardi. 
– Koʻrinishingiz chakkimas, — dedi Koppel, kamera tasmalari aylana boshlagach. 
– Hamma shunday deydi, — javob qaytardi Morri. 
– Gapirishingiz ham tetik. 
– Hamma shunday deydi. 
– Unda sogʻligʻingiz orqaga ketayotganini qayerdan bilasiz? 
Morri xoʻrsindi. 
– Oʻzimdan boshqa hech kim buni bilolmaydi, Ted. Faqat oʻzim bilaman. 
Mo
rri  gapida  davom  etarkan,  hammasi  oydinlashib  borardi.  U  oʻz  fikrini  yetkazish  uchun 
qoʻllarini  birinchi  suhbatdagichalik  bemalol  silkitmayotgandi.  Maʼlum  bir  soʻzlarni  talaffuz 
qilishga qiynalar, “L” tovushi uning boʻgʻzida qolib ketayotgandek edi. Yana bir-ikki oydan 
keyin u mutlaqo tildan qolishi mumkin edi. 
–  Kayfiyatimga  kelsak,  —  dedi  Morri  Koppelga,  —  tanishlarim  va  doʻstlarim  yonimda 
boʻlganda, oʻzimni juda yaxshi his qilaman. Mehrga toʻla munosabatlar menga madad beradi. 
Ammo tushkunlikka tushgan k
unlarim ham boʻladi. Sizni aldab nima qildim. Sodir boʻlayotgan 
maʼlum oʻzgarishlarni koʻrib, dahshatga tushaman. Qoʻllarimsiz qanday yashayman? Tildan 
qolsam nima boʻladi? Ovqatni yuta olmay qolish meni unchalik bezovta qilmaydi, chunki u 
holatda  meni,  sh
unchaki,  naycha  orqali  boqishadi,  tamom,  nima  boʻpti  shunga?  Biroq, 
ovozim? Qoʻllarim? Ular tanamning oʻta ahamiyatli qismlari. Ovozim bor ekan, gapiraman. 
Qoʻllarim  ishlab  turarkan,  fikrimni  turli  harakatlar,  ishoralar  orqali  yetkazaman.  Bular  men 
uchun odamlar bilan muloqot vositalari. 
– Tildan qolganingizda qanday muloqot qilasiz? — soʻradi Koppel. 
Morri yelka qisdi. 
– Balki hammadan menga faqat javobi “Ha” yoki “Yoʻq” boʻlgan savollar berishni soʻrarman. 
Javob shu qadar oddiy ediki, Koppel beixtiyor jil
maydi. U Morridan jimjitlik haqida soʻradi. U 
Morrining hikmatli soʻzlarini ilk marta “Boston Gloub” nashriga yuborgan hamkasb qadrdon 
doʻsti  Mori  Shteynni  yodga  oldi.  Ular  Brandeysda  60-yillar  boshlaridan  beri  birga  ishlardi. 
Hozirda  Shteyn  sekin-asta  eshitish  qobiliyatidan  ayrilayotgandi.  Koppel  biri  tildan  qolgan, 
boshqasi  esa  eshitish  qobiliyatini  yoʻqotgan  ikki  kishining  uchrashuvini  tasavvur  qildi. 
Uchrashuv qanday oʻtarkan? 


 
37 
 
–  Bir-birimizning  qoʻlimizni  tutib  oʻtiramiz,  —  dedi  Morri.  —  Va  oʻrtamizda  cheksiz  mehr-
muhabbat oqimi suzadi. Ted, bizning oʻttiz besh yillik doʻstligimiz bor. Buni his qilish uchun 
soʻz ham, eshitish ham shart emas. 
Koʻrsatuv  tugashidan  oldin  Morri  olgan  xatlaridan  birini  Koppelga  oʻqib  berdi.  “Tungi 
xabarlar”dagi birinchi suhbatdan keyin unga juda koʻp xat kelardi. Bir xat Pensilvaniyada ota-
onasidan birining oʻlimini boshidan kechirgan toʻqqizta bolakaydan iborat maxsus sinfga dars 
beruvchi oʻqituvchidan kelibdi. 
– Mana unga yozgan javobim, — dedi Morri Koppelga, koʻzoynagini burniga ehtiyotkorona 
qoʻndirarkan.  —  Qadrli  Barbara...Xatingizdan  juda  taʼsirlandim.  Ota-onasidan  birini 
yoʻqotgan bolalar bilan ishlayotganingiz katta ahamiyatga molik deb oʻylayman. Men ham 
onamdan juda erta ajralib qolganman… 
Birdaniga,  hali  ham  gʻuvillab  aylanib  turgan  kameralar  qarshisida,  Morri  koʻzoynagini 
toʻgʻriladi. Bir oz jimib qoldi, labini tishladi va boʻgʻziga tiqilib kelgan tugundan xalos boʻlish 
uchun yutina boshladi. Koʻzlaridan yosh dumaladi. 
– Bolaligimda onamni yoʻqotganman… Bu men uchun qattiq zarba boʻlgan...Oʻshanda men 
ham siznikidek qaygʻularim bilan boʻlisha oladigan guruhda oʻqiganimda edi. Men, albatta, 
guruhingizga qoʻshilgan boʻlardim chunki... 
Uning ovozi titrab ketdi. 
– Chunki men shu qadar yolgʻiz edimki… 
– Morri, — dedi Koppel. — Onangiz vafot etganiga yetmish yil boʻldi. Hali ham qaygʻudan 
azob chekasizmi? 
– Boʻlmasam-chi, — shivirladi Morri. 
 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish