Mana buni
kamtarlikka undash desa boʻladi, – dedi Koppel, kulib.
Ular oʻlimdan keyingi hayot toʻgʻrisida suhbatlashishdi. Morrining tobora boshqalar
yordamiga muhtoj boʻlib borayotgani haqida gapirishdi. Unga ovqatlanish, oʻtirish, bir joydan
ikkinchi joyga oʻtish uchun ham kimningdir yordami zarur edi.
– Sezdirmasdan, sekinlik bilan jismingizni yemirib borayotgan jarayonning siz uchun
qoʻrqinchli jihati nimada? – soʻradi Koppel.
Morri bir oz jim qoldi. Keyin esa, bu narsa haqida televideniye orqali gapirish oʻrinlimikan,
deb soʻradi.
– Albatta, gapiravering, – undadi Koppel.
Morri Amerikadagi e
ng taniqli teleboshlovchining koʻzlariga tik qaradi.
– Nima ham derdim, yaqin kunlarda kimdir orqamni artib qoʻyishiga ham muhtoj boʻlishim
aniq.
Koʻrsatuv juma kuni tunda efirga uzatildi. Uni Vashingtonda yozuv stoli oldida oʻtirgan Ted
Koppelning zalvorli ovozi boshlab berdi.
– Morri Shvarts kim? Va nima sababdan oqshom yakuniga qadar koʻpchiligingiz u haqida
yaqin insoningizdek qaygʻura boshlaysiz?
Vashingtondan minglab chaqirim uzoqlikda, tepalikdagi uyimda odatdagidek kanallarni
almashtirib oʻtirardim. Televizor qutisidan jaranglagan “Morri Shvarts kim?” degan soʻzlarni
eshitib, qotib qoldim.
1976-
yilning bahori, Morri bizga oʻtgan birinchi dars. Morrining keng xonasiga kirishim bilan
devor boʻylab joylashtirilgan javonlarning tokchalari sanoqsiz kitoblarga toʻlib yotgani
diqqatimni tortadi. Jamiyatshunoslik, falsafa, din va ruhshunoslikka oid kitoblar. Xonaning
parket poliga katta gilam toʻshalgan, derazadan kampus yoʻlagi koʻrinib turibdi. Sinfda oʻn
ikkitacha talaba darslar rejasi va daftarlarini titkilab oʻtirishibdi. Koʻpchiligining ustida jinsi
shim va katakli flanel koʻylak, oyoqlarida esa mallarang poyabzal. Guruhdagi talabalarning
hammasi shu boʻlsa, dars qoldirish oson boʻlmaydi, degan fikr xayolimdan oʻtadi. Balki bu
fandan voz kechganim yaxshidir.
– Mitchel,
–
deydi davomat varaqasini oʻqiyotgan Morri. Qoʻlimni koʻtaraman.
– Mich deb chaqiraveraymi yoki Mitchel yaxshiroqmi?
Hali biror marta oʻqituvchilar menga bunday savol bermagan. Boʻyni uzun sariq jemper va
chiyduxoba shim kiyib olgan, kumushrang sochlari peshonasiga tushib turgan odamchaga
diqqat bilan tikilaman. U jilmayadi.
13
– Mich,
–
deb javob qaytaraman.
–
Doʻstlarim meni shunday chaqiradi.
– Mayli, Mich boʻlaqolsin unda,
–
deydi Morri, goʻyoki kelishuvni yakunlayotgan kishidek.
–
Aytgancha, Mich?
– Labbay?
– Biror kun meni ham doʻst deb bilasan degan umiddaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |