– Bitta savolim bor, – deyman Morriga.
Qoqsuyak barmoqlari bilan koʻzoynagini har nafas olganida koʻtarilib-tushayotgan koʻksiga
bosadi.
– Qanday savol ekan?
– Ayyub kitobi yodingizdami?
79
– Injildagimi?
– Ha, oʻsha. Ayyub – yaxshi inson, lekin Xudo unga azob yuboradi. Eʼtiqodini sinash uchun.
– Yodimda.
– Uni hamma narsasidan judo qiladi: uyi, mol-davlati, oilasi…
– Sogʻligi.
– Ha, unga dard yuboradi.
– Eʼtiqodini sinash uchun.
– Ha, eʼtiqodini sinash uchun. Menga bir narsa qiziq…
– Nima?
– Shu haqida fikringiz qanday?
Morrini kuchli yoʻtal tutadi. Qoʻllari qaltirab, ikki yoniga sudralib tushadi.
– Menimcha, – deydi u jilmaygancha, – Xudo bir oz oshirib yuborgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |