Qanchadan-
qancha kishilar mazmunsiz hayot kechiradi. Ular hatto oʻzlari muhim
deb oʻylagan mashgʻulotlarni ham mudroq holatda bajarayotgandek tuyuladi. Chunki ular
yanglish narsalar ortidan quvishadi. Hayotingga
mazmun olib kirish uchun oʻzingni
boshqalarga mehr berish, jamiyatga hissa qoʻshish hamda senga maqsad va mazmun
taqdim etuvchi nimanidir yaratishga bagʻishlashing kerak
”.
Uning haq ekanini bilardim. Lekin amal qilmasang, bilganingdan nima naf?
Turnir oxir
iga yetdi, u bilan birga meni oyoqda tutib turgan tuganmas qahvaxoʻrlk ham
nihoyasiga yetdi. Kompyuterimni yopdim, ish kabinamni tozalab, narsalarimni ketishga
hozirlash uchun xonamga qaytdim. Juda kech boʻlib qolgandi. Hatto televideniye
dasturlarining uzatilish vaqti ham tugagandi.
Detroytga uchdim, kun oxirlaganda qoʻndik, zoʻrgʻa uyimga yetib oldim va uxlashga yotdim.
Uygʻonganimda meni qarshi olgan yangilikdan esankirab qoldim: men ishlaydigan
gazetaning kasaba uyushmasi aʼzolari ish tashlash eʼlon qilibdi. Ishxona yopilgandi. Asosiy
kirish eshigining oldi piketchilar bilan toʻlgan, namoyishchilar koʻchaning u boshidan bu
boshiga yurib, oʻz noroziliklarini bildirishayotgandi. Kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlganim
uchun oʻzga choram yoʻq edi: kutilmaganda, umrimda birinchi marta ishsiz, maoshsiz va ish
beruvchilarimga qarshi kurash holatida qolib ketgandim. Sobiq muharrirlarimning aksariyati
bilan doʻst edim. Kasaba uyushmasi yetakchilari uyimga qoʻngʻiroq qilib, ular bilan hech
qanday muloqotga kirishmasligimni, birortasi men bilan aloqaga chiqib, murosa qilishga
urinsa, goʻshakni qoʻyib qoʻyishim kerakligini uqtirishdi.
– Gʻalaba qozongunimizcha kurashamiz! – xuddi askarlardek qasamyod qilishdi kasaba
uyushmasi yetakchilari.
Sarosima va tushkunlik ichida qoldim. Radio va televideniyedagi ishlarim yaxshigina
qoʻshimcha daromad keltirsa-da, gazeta men uchun hayot manbayi, suv va havodek muhim
23
edi. Har tong nashrdan chiqqan maqolalarimni koʻrishim hech boʻlmaganda bir jabhada tirik
ekanimni bildirib turardi.
Endi esa undan mahrum boʻldim. Birinchi kun oʻtdi, keyin ikkinchi, uchinchi kun… Ish
tashlash davom etarkan, u oylab choʻzilishi mumkinligi haqida xavotirli qoʻngʻiroqlar boʻlar,
turli mish-mishlar yurardi. Hayotim ostin-
ustun boʻlib ketdi. Har oqshom sport tadbirlari
oʻtkazilardi, odatda ularni yoritib borish uchun hech biridan qolmasdim. Endi esa uyda oʻtirib,
ularni televizorda tomosha qilardim. Oʻquvchilar mening maqola va reportajlarimga muhtoj
degan xayol miyamga oʻrnashib qolgandi. Hayot mensiz ham bir maromda davom etayotgani
tasavvurimga sigʻmasdi.
Bir haftadan soʻng telefonni olib, Morriga sim qoqdim. Konni uni telefon yoniga olib keldi.
– Meni koʻrgani kelyapsan, a, – dedi u. Uning gapi savoldan koʻra, koʻproq tasdiq ohangida
yangradi.
– Ha. Borsam maylimi?
– Xoʻoʻp, seshanba kuniga nima deysan?
– Seshanba toʻgʻri keladi, – javob qaytardim men. – Seshanba men uchun ham qulay.
Ikkinchi kursda u dars beradigan yana ikkita fanga qatnasha boshladim. Vaqti-vaqti bilan
shunchaki suhbat qurish uchun sinfx
onadan tashqarida ham uchrashadigan boʻldik. Avvallari
qarindoshim boʻlmagan katta yoshli kishilar bilan hech qachon biror yerda oʻtirmaganman,
shunday boʻlsa-da, Morri bilan biror yerga borishdan tortinmayman, u ham vaqt ajratishga
ogʻrinmaydi.
– Bugun qayerga boramiz?
–
quvnoq ovozda soʻraydi u ofisiga kirishim bilan.
Bahorda Jamiyatshunoslik fakulteti binosining tashqarisidagi daraxtlar ostida oʻtiramiz, qishni
esa uning kabinetidagi yozuv stoli yonida oʻtkazamiz – men kulrang jemfer va “Adidas”
krossovkada, u esa Rokport charm poyabzali va chiyduxoba shimda. Har galgi suhbatimizda
u mening bir bogʻdan bir togʻdan kelib, bir nimalarni vaysashimga quloq tutadi, keyin esa
menga hayotiy tajribalaridan saboq berishga urinadi. Universitetda keng tarqalgan
qara
shlarga qarshi oʻlaroq, pul hayotda eng muhim narsa emasligini uqtiradi. “Tom
maʼnodagi insoniylik”ka intilishim zarurligini aytadi. U yoshlarning oʻz qobigʻiga oʻralib olishga
moyilligi hamda inson jamiyatga “qoʻshilib” yashashga ehtiyojmand ekani haqida gapiradi.
Uning aytganlaridan ayrimlarini tushunaman, ayrimlarini esa yoʻq. Lekin bu ahamiyatsiz.
Suhbatlarimiz men uchun Morri bilan gaplashishga bir bahona. Huquqshunos boʻlishimni
istagan dadam bilan Morri kabi ota-boladek suhbat qura olmayman.
Morri huquqshunoslarni xushlamaydi.
– Oʻqishni tamomlaganingdan keyin nima qilmoqchisan?
–
soʻraydi u.
24
– Musiqachi boʻlishni xohlayman,
–
javob qaytaraman men.
–
Pianinochi.
– Ajoyib,
–
deydi u,
–
lekin mashaqqatli yoʻlni tanlabsan.
– Ha.
– Nahanglari koʻp.
– Men ham shunday deb eshitganman.
– Lekin bari bir,
–
davom etadi u,
–
buni chin dildan xohlasang, orzuyingni amalga oshira
olasan.
Bu soʻzlari uchun uni bagʻrimga bosib, minnatdorchilik bildirgim keladi, lekin tabiatan
tortinchoqman. S
hunchaki, bosh irgʻatib qoʻya qolaman.
– Garov oʻynashim mumkin, sen pianinoni zavq-shavq bilan chalasan,
–
deydi u.
Men kulaman:
– Zavq-shavq?
U ham jilmayadi:
– Ha, zavq-shavq bilan. Nima boʻpti? Hozir hech kim bu soʻzni ishlatmaydimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |