Morfologiya. Mustaqil so‘z turkumlari
1. Qaysi gapda sodda yasama holat
ravishi ishtirok etgan?
A) Dushman bilan tortishayotganingizda ham
mardlarcha fikr bildiring.
B) Ular asta-sekin ko‘zdan olislab borishardi,
biz esa ularni kuzatib qoldik.
C) Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda yanada
tezroq yuguradi.
D) Kemtik oy cho‘qqilar orasidan mo‘ralaydi,
Jamila esa oyga termilib zavqlanardi.
2. Barcha shodlik senga bo'lsin, bor sitam,
zorlik menga,
Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik
menga.
Ushbu gapda olmoshning nechta ma’no
turiga oid so‘zlar qatnashgan?
A) 5 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta