62. Quyida berilgan qaysi fe’llarning
asosida ifodalangan o‘timli-o‘timsizlik
ma’nosi nisbat qo‘shimchasi ta’sirida
o‘zgargan?
1) ko‘rsatmoq; 2) ajratmoq; 3) qiynalmoq;
4) o‘qitmoq; 5) tomizmoq; 6) supurishmoq
A) 2, 3, 5
B) 2, 3, 4, 5
С) 1, 4, 5, 6
D) 1, 4, 6
63. Qaysi javobda olmosh o‘zi ishora
qilgan so‘z bilan o‘zaro bir xil gap bo‘lagi
vazifasini bajargan?
A) Tog‘am – tajribali shifokor. Ular ko‘p
insonlarning hayotini saqlab qolganlar.
B) Haqiqiy shoir o‘z tuyg‘ularining
tarjimonidir.
C) Yigitcha qo‘rquvdan dir-dir titrar, uning
lablari pir-pir uchar edi.
D) Kitoblar – insoniyatning eng bebaho
ma’naviy mulki. Ulardan hamisha
foydalanishimiz mumkin.
64. U bilimi va iste’dodi tufayli fan-texnika
yutuqlari ko‘rgazmasida oltin medalni qo‘lga
kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |