Morfemika Tekshirdi: Xudoyberdiyeva Nodira Morfemika. - So‘z yasalishining grammatika bilan boғliqligi (morfologiyada: ayniqsa, affiksatsiya yo‘li bilan yasalish; kategorial ko‘chish; sintaksisda: qo‘shma so‘z bilan so‘z birikmasi orasidagi munosabat va b.) uning tabiatidagi etakchi xususiyatlaridandir. Uzak va affikslarning analizi morfologiyada ham, so‘z yasalishida ham uchraydi, lekin bu ikki sohaning analizi-hodisaga qanday nuqtai nazardan yondashishi—har xil, shunday bo‘lsa ham, bari bir, har ikki soha uchun umumiy bo‘lgan hodisalar ham bor. SHunga ko‘ra, keyingi vaqtlarda bularni yoritishning yangi sxemalari paydo bo‘ldi: dastlab morfemalariing har ikki sohaga aloqador bo‘lgan tomonlari ayrim beriladi, bu ayrim qism morfemika deb ataladi, keyin so‘z yasalishi, undan keyin morfologiya bayon qilinadi. Bu yangi tartib ilmiy jihatdan puxta asoslangan bo‘lib, praktik tomondan ham afzalliklarga ega.
Morfemika so‘zning eng kichik ma`noli qismlari haqidagi ta`-limotdir. By kichik kismlar morfemalardir. Bu morfemalar turli ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladi. Masalan, ishla so‘zadagi -la elementi hayda so‘zida -da formasida kelgan (lekin hay-hayla fe`lida yana -la tusida qo‘llangan), hozir ajralmaydigan unda so‘zida ham aslda shu -da affiksi bor (un—ovoz). Bu -la va -da ko‘rinishlari umumiy tarzda morfema deyiladi. Buning har bir ko‘rinishi esa morf sanaladi. Demak, morfema morflarning yiғindisidir. Bu turli ko‘rinishdagi qismlar, morflar, bir-biriga nisbatan allomorf sanaladi. Bu hol o‘zak morfemalarda ham uchraydi: tash-qi so‘zidagi tash elementi tish tusida ham uchraydi (chiq so‘zining kelib chiqishini eslang: tishiq — chiq). - Morfemika so‘zning eng kichik ma`noli qismlari haqidagi ta`-limotdir. By kichik kismlar morfemalardir. Bu morfemalar turli ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladi. Masalan, ishla so‘zadagi -la elementi hayda so‘zida -da formasida kelgan (lekin hay-hayla fe`lida yana -la tusida qo‘llangan), hozir ajralmaydigan unda so‘zida ham aslda shu -da affiksi bor (un—ovoz). Bu -la va -da ko‘rinishlari umumiy tarzda morfema deyiladi. Buning har bir ko‘rinishi esa morf sanaladi. Demak, morfema morflarning yiғindisidir. Bu turli ko‘rinishdagi qismlar, morflar, bir-biriga nisbatan allomorf sanaladi. Bu hol o‘zak morfemalarda ham uchraydi: tash-qi so‘zidagi tash elementi tish tusida ham uchraydi (chiq so‘zining kelib chiqishini eslang: tishiq — chiq).
Do'stlaringiz bilan baham: |