29.04.2020
Moodle tizimida bajarilgan uyga vazifani qanday qilib o'qituvchiga jo'natish mumkin? – Telegraph
https://telegra.ph/Moodle-tizimda-bajarilgan-uyga-vazifani-qanday-qilib-oqituvchiga-jonatish-mumkin-04-12
1/6
Moodle tizimida bajarilgan uyga vazifani qanday
qilib o'qituvchiga jo'natish mumkin?
Siroj Turg'unboyev • April 12, 2020
Moodle tizimi masofaviy ta'lim uchun samarali va sinalgan usul bo'lib, ayni
kunlardagi karantin holatida yurtimizning deyarli barcha oliy ta'lim muassasalari
ushbu tizimdan foydalanmoqda.
Jizzax davlat pedagigika institutining masofaviy ta'lim platformasi ham Moodle
tizimiga asoslangan. Institut talabalarida ushbu tizimdan foydalanish bo'yicha bir
qator savollar paydo bo'lmoqda. Ulardan ko'pchiligi Moodle tizimida bajarilgan uyga
vazifani qanday qilib o'qituvchiga jo'natish mumkinligi haqida bo'lib, bugun sizga
ushbu savol bo'yicha javob bermoqchimiz.
Avvalo shuni aytishimiz kerakki, ma'lum bir mavzuni tizimga joylayotgan o'qituvchi
topshiriq qabul qilish bo'limini vazifaga kiritsagina, siz unga o'z uyga vazifangizni
jo'nata olasiz. Aksincha bo'lsa, mas'ul o'qituvchiga murajaat qilasiz.
Hozir esa topshiriq qabul qilish bo'limi mavjud dars mavzusi bo'yicha qanday qilib
bajarilgan uyga vazifani o'qituvchiga jo'natish mumkinligini ko'rib chiqamiz:
Demak, 1-rasmda ko'rsatilganidek, ma'lum mavzuga kirib "Topshiriq" bo'limini
tanlaysiz. ("Topshiriq" so'zi ayrim fanlarda "Keys topshiriq", "Taqdimnoma" ko'rinishida
ham yozilishi mumkin).
1-rasm
29.04.2020
Moodle tizimida bajarilgan uyga vazifani qanday qilib o'qituvchiga jo'natish mumkin? – Telegraph
https://telegra.ph/Moodle-tizimda-bajarilgan-uyga-vazifani-qanday-qilib-oqituvchiga-jonatish-mumkin-04-12
2/6
"Topshiriq"ni ichiga kirganingizdan so'ng, 2-rasmda ko'rsatilganidek, pastki markazda
joylashgan "Taqdimnoma qo'shish" tugmasini bosasiz. So'ngra u yerda quyidagi
sahifa ochiladi:
2-rasm
29.04.2020
Moodle tizimida bajarilgan uyga vazifani qanday qilib o'qituvchiga jo'natish mumkin? – Telegraph
https://telegra.ph/Moodle-tizimda-bajarilgan-uyga-vazifani-qanday-qilib-oqituvchiga-jonatish-mumkin-04-12
3/6
Ushbu sahifada, 3-rasmda ko'rsatilganidek, "Fayl qo'shish" belgisini bosish orqali o'z
vazifangizni yuklaysiz. E'tibor bering, fayllar yuklash uchun maksimal hajm 1 Mbayt
va eng ko'pi bilan 20 ta fayl yuklashingiz mumkin. Shu o'rinda savol tug'iladi,
"Vazifani rasmga olib joylay olmaymanmi? Rasm sifatli bo'lishi uchun 1 Mb kam".
Avvalo sizga shuni aytmoqchimizki, vazifalarni iloji boricha .pdf yoki .doc, .docx
formatlarida yuklashingiz maqsadga muvofiq. Ham sifatli va tushunarli ham hajm
bo'yicha muammosiz. Agarda .pdf yoki .doc, docx formatlarida vazifani bajarishga
imkoningiz bo'lmasa, sifatli rasm turidagi uyga vazifangizni "Screenshot" qilish orqali
hajmini 1 Mb dan pastlatishingiz mumkin.
Demak, vazifa fayllarini yuklab bo'lganingizdan so'ng, "O'zgartirishlarni saqlash"
tugmasini bosasiz. (3-rasm)
3-rasm
29.04.2020
Moodle tizimida bajarilgan uyga vazifani qanday qilib o'qituvchiga jo'natish mumkin? – Telegraph
https://telegra.ph/Moodle-tizimda-bajarilgan-uyga-vazifani-qanday-qilib-oqituvchiga-jonatish-mumkin-04-12
4/6
O'zgartirishlarni saqlaganingizdan so'ng sizga yuqoridagi 4-rasmda ko'rsatilgan
taqdimnoma holati ma'lum qilinadi. Ushbu sahifada "Topshiriqlarni
muvofiqlashtirish" tugmasini bosasiz. Ushbu tugmani bosish orqali siz o'z uyga
vazifangizga boshqa o'zgartirishlar kirita olmaysiz.
4-rasm
29.04.2020
Moodle tizimida bajarilgan uyga vazifani qanday qilib o'qituvchiga jo'natish mumkin? – Telegraph
https://telegra.ph/Moodle-tizimda-bajarilgan-uyga-vazifani-qanday-qilib-oqituvchiga-jonatish-mumkin-04-12
5/6
"Topshiriqlarni muvofiqlashtirish" tugmasi bosilganidan so'ng, tizim sizdan
"Haqiqatdan ham o'z ishingizni baholashga taqdim etishni istaysizmi?" deya yana bir
bor murojaat qiladi va siz "Davom ettirish" buyrug'ini bergan holda ishni yakunlaysiz
(5-rasm). Shu bilan taqdimnoma baholash uchun taqdim etilgan holatiga o'tadi.
Ma'lumot uchun, ushbu ketma-ketliklar nafaqat Moodle tizimining web versiyasida
balki smartfonlardagi Moodle ilovasida ham huddi shunday amalga oshiriladi.
t.me/moodle_info
Moodle tizimi bo'yicha savollaringizni t.me/moodle_info_bot manziliga yuboring!
5-rasm

6/6