Boshqaruv xarajatlari: O’zbekiston Respublikasini boshqaruvini amalga oshiruvchi organlarning o’z vakolatlari va ularga belgilangan vazifalarni jamiyatga tadbiq etishlari uchun ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirishadi. Bu boshqaruv organlariga Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Respublika prezidenti va hukumati, sud organlari kiradi.
Davlat xizmatchilarining mehnatiga xaq to’lash boshqarish xarajatlarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning asosiy okladi bo’yicha to’lanadigan yillik ish xaqi xarakatlari bir oylik ish xaqi o’rtacha stavkasining o’rtacha yillik xodimlar soniga ko’paytirilgani va uni 12 oyga ko’paytirish orqali topiladi.
Xarajatlarning keyingi turi – bu boshqarish apparati xodimlarining xizmat safari va xizmat qatnovi bilan bog’liq chiqimlardir.
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan bundan tashqari Respublika mudofasi ham moliyalashtiriladi. Mudofa uchun kerakli vositalar bilan ta’minlash, mudofa sohasida ishlovchi fuqorolarimizga mehnat haqini to’lash ham aynan davlat byudjeti hisobiga amalga oshiriladi.
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bular quyidagilar:
BEVOSITA TA’SIR QILISH USULLARI- iqtisodiyotning tartibga solishning ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi ma’muriy vositalar.
BILVOSITA TA’SIR QILISH USULI-iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vasita va dastaklari.
TASHQI IQTISODIY USULLAR.
Davlat iqtisodiyotining bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalar, ya’ni davlat hokimyati kuchiga tayanadi av taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi. Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanish usullari alohida e’tiborga loyiqdir. Bularga quyidagilar kiradi:
Iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari- transport, aloqa, atom va elektr-energetika, communal xizmatlar va boshqalarni bevosita boshqarish;
Narxlar va ish xaqini qotirib qo’yish siyosati;
Ish bilan bandlilik xizmati faoliyatini tashkil qilish;
Iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish ( monopoliyaga qarshi, tadbirkorlik to’g’risidagi, bank sohalari, qimmatli qig’ozlar bozori kabi iqtisodiy muhim ahamiyatga ega tarmoqlarni faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar).
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda davlatning pul-kredit va budjeti siyosati asosida tartibga solish tushuniladi.
Tashqi iqtisodiy usullar yordamida tovar va xizmatlar, capital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag’batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet el investitsiyasini jalb qilish va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi savdoda cheklashlarning qo’yilishi yoki olinishi va hokazo tadbirlar asosiy dastaklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |