Monopolistik raqobat va jamiyat farovonligi Monopolistik raqobatlashgan bozor natijalarini jamiyat qanday baholaydi? Siyosatchilar bozordagi natijani yaxshilay oladimi? Bu savollarga oddiy javob yo'q. Monopolistik raqobatdosh bozorlarning samarador emasligi manbaidan biri - chekli harajatlarning oshishi bo'lib, bu shunga olib keladiki, agar ishlab chiqarish harajatlaridan tovarnini ustun qo'yadigan iste'molchilar(lekin narxdan past) ularni sotib olishdan o'zlarini tiyadilar.Shunday qilib. Monopolistik raqobatdosh bozorlar Monopolistic narx belgilashning tipik qaytarilmas yo'qotishlari bilan xarakterlanadi.
Muammoni yechishning oson yo'li yo'q. Chekli harajatlarga asosida majburiy narx belgilash barcha har turli mahsulotlar ishlab chiqararuvchi- firmalarni davlat tomonidan boshqarilishi zarurligini bildiradi. Lekin bunday turdagi mahsulotlar shunchalik tarqab ketganki, xokumat tomonidan bunday nazorat administrativ og'irdir.
Bundan tashqari Monopolistik raqobatchi firmalar faoliyatiga aralashuv tabiiy Monopoliyarlarni tartibga keltirishda muammolarni keltirib chiqaradi. Hususan - Monopolistik raqobat bozoridagi firmalar shundoq ham nullashgan foyda oladi, narxni chegarali harajat darajasigacha tushirishni talab qilish, yo'qotishga olib keladi. Biznesda ushbu firmalarni saqlab qolish uchun hukumat ularning yo'qotishlarini qoplashi lozim, ya'ni soliqlarni oshirishi lozim. Ko'rinadib turibdiki, noan'anaviy usullar va oqimga qarab arakatlanishdan birini tanlashda siyosatchilar samarasiz Monopollistik narx belgilashni lozim topadilar.
Jamiyat nuqtai nazaridan Monopolistik raqobat samaradorligi pastligining sababi - bozordagi firmalarning soni muammosi. Bu muammoni biz bozorga kirish bilan bog'liq bo'lgan tashqi samara terminlarida ko'rib chiqamiz. Xar doim yangi firma bozorga kirishini maqsadga muvofiqligini taxlil qilar ekan, u oladigan potensial daromadi darajasiga baho beradi.
Ammo uning bozorga kirishida tashqi samaralar mavjud bo'ladi:
Mahsulot xilma - xilligini ko^paytiruvchi tashqi samara. Bozorda yangi mahsulotning paydo bo'lishi bilan birga iste'molchilar ortiqchaligi vujudga keladi va u bozorga kirish bilan bog'liq ijobiy tashqi samaraga ega bo'ladi.
Xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi. Yangi raqobatchining paydo bo'lishi eskilarning bir qism iste'molchilarini yo'qotishini va daromadni kamayishini bildiradi: bu erda salbiy tashqi samaraning o'rni bor.
Shunday qilib, Monopolistik raqobat bozoriga kirishda yangi firmalarni ijobiy va salbiy tashqi samaralar mavjud. Monopolistik raqobat bozorida uning ahamiyatiga qarab juda ko'p yoki juda kam tovarlar turlari takliq qilinadi.