Qisqa xalk ertaklarini qayta hikoya qilishdan so'ng kichik hajmdagi hikoyalarni qayta hikoya qilishga o'tishi mumkin (Mirnuihsin. „Olxo'ri", ,,Tosh“).
Mashg'ulotda asarga ishlangan illustratsiyalar ko'rsatiladi. Ko'rsatish savollar, ko'rsatmalar berish bilan birga ko'shib olib boriladi. lllustratsiyalarni asarni o'kib berishdan avval yoki o'kib bergandan keyin ko'rsatgan ma'kul. Tarbiyachi shunday deydi: „Hozir men sizlarga rasmlarni ko'rsataman, so'ngra hikoya o'kib beraman" yoki
„Hozir hikoyani o'kib beraman, so'ng rasmlarni ko'rsataman".
O'rta guruhda bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda ancha murakkab bo'lgan vazifalar hal etiladi: bolalarni kichik hajmli va tanish bo'lgan ertak va hikoyalarni hikoya qilib berishga o'rgatib kolmasdan, balki asar kahramonlarining gaplarini ifodali qilib bayon etishga, boshka bolalarning qayta hikoya qilishlarini diqqat bilan tinglashga va matnga taallukli bo'lmagan jumlalarni topishga o'rgatadi. Ushbu guruhda bolalar butun yil davomida 8—10 ta adabiy matnni (o'zbek ertaklaridan „Tulki bilan Turna", „Maktanchok kuyon", „Fil va xo'roz", „Ikki o'rtok", A. Oripov- ning „Bobo va nabira" she'rining mazmunini qayta hikoya qiladilar.
O'rta guruh bolalariga qayta hikoya qilishlari uchun tavsiya etilgan asarlar mavzusi, mazmuni va shakli jihatdan katta fark qiladi. Shuning uchun o'rta guruh bolalarini qayta hikoya qilishga o'rgatislidagi muhim vazifa — bu ularga asarning mantikiy bog'lanishini, uning mazmunini tushunib olishga yordam berishdir. Bunga asarni dastlabki o'kishdan so'ng o'tkaziladigan suhbat orkali erishish mumkin. Bunday suhbatda tarbiyachining savollari asosiy metodik usul bo'lib hisoblanadi.
Badiiy asarlar yuzasidan ikki guruhdagi savollar berilishi mumkin:
asar mazmunini tushunib olishga yordam beruvchi;
vokeaning ketma-ketligini esga tushirishga yordam beruvchi.
Shuningdek, asar o'kib berilgandan keyingi suhbat bola Nutqidagi lug'at boyligini aniq lash va faollashtirish, kahramon- larning ovozlarini ifodali bayon etishga ta’sir etish kabilarni amalga oshirishga yordam beradi.
Adabiy matn o‘kib berilgandan so‘ng, bolalar asar mazmunini tushunib olganlarini aniq lash maksadida matn yuzasidan qisqa suhbat o'tkaziladi.
Tarbiyachi bolalarga shunday savollar beradi: „Ertak nima hakida ekan? Bu ertakdagi kuyon kanday? (ko'rkok, yolg'onchi, tarbiya ko'rmagan.) Kuyon sheriklariga nima deb maktanibdi va u bilan kanday vokea ro'y beribdi? Agar siz maktanchok kuyonchani uchratib kolsangiz, unga nima degan bo'lar edingiz? (Uyalmaysanmi, maktanchoklik qilishga. Yolg'onchi, ko'rkoksan- ku. Bundaylarni biz o'zimizga sherik, o'rtok qilib olmaymiz, u bilan birga o'ynamaymiz.) Asar matni yuzasidan suhbat o'tkazilgach, u ikkinchi marta o'kib yoki hikoya qilib beriladi va bolalar tomonidan qayta hikoya kildiriladi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: „Endi diqqat bilan tinglanglar. Hozir men bu ertakni yana bir marta o'kib (hikoya qilib) beraman. So'ngra sizlar menga qayta hikoya qilib berasizlar".
O'rta guruhda tarbiyachi va bolaning birgalikda (hamkorlikda) qayta hikoya qilishlaridan keng foydalaniladi. Bola qayta hikoya kilayotganda tarbiyachi jumlalarni uning esiga tushirib turadi, esidan chikargan so'zlarni aytib turadi. Bu qayta hikoya kilislining ravonligini ta'minlaydi, jumlalar uzilib qolishining oldini oladi. Sekin-astalik bilan bolaning qayta hikoya qilishiga talab orta boradi. Endi tarbiyachi boladan hikoyaning to'lik bo'lishini („Sen nima hakida hikoya qilib berishni esingdan chikarding?"), asarni qayta hikoya qilib berayotganda bola diqqatini asardagi personajlarning so'zlarini ifodali qilib aytib berishga jalb qilish kerak. Masalan:
„Tulki xo'rozdan derazadan karashini kanday so'raydi?" — „Samimiy, ayyorona"; „Maktanchok kuyon o'rtoklariga nima deb maktandi?" — „Vs-e. Yem bo'lib bo'pman. Boshiga chikib bir tepdim, til tortmay o'lib koldi" — (Maktanib, gerdayib.) Ushbu guruhda savollar bo'yicha qayta hikoya kilislidan ham foydalanish mumkin. Ba’zi hollarda bolalar asar mazmunini o'z so'zlari bilan bayon etadilar. Bunday holda bola tomonidan tanlangan so'zlarni muallifning fikrini aniq va to'g'ri ifodalashini nazorat qilib borishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |