Monitor turlari, ularning texnik parametrlari Monitorlar haqida umumiy ma’lumot



Download 1,78 Mb.
bet2/7
Sana23.07.2022
Hajmi1,78 Mb.
#845378
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
monitorlar

Suyuq kristalli displeylar
Boshqa fizik xossalarga asoslangan alternativ akslantirish konstruktsiyalari ham mavjud. Yassi indikatsion panellar ishlab chiqaruvchilardan texnologiyalarini olib, ba`zi kompaniyalar LCD-displey (Liquid-Cystal Display) ham deb ataluvchi suyuq kristalli displeylarni ishlab chiqishdi. Ularga miltillashsiz va kam quvvat talab qiluvchi (bu modellarning ba`zilari 5Vtda ishlasa, elektro-nur trubkali monitorlar 100Vtgacha quvvatda ishlaydi) yassi ekranlar hosdir. Yorug`lik uzatish ko`rsastkichlari bo`yicha aktiv matritsali suyuq kristalli displeylar xozirda ko`pgina elektron-nur trubkali monitorlardan yaxshiroqdir.
Shuni aytib o`tish lozimki, odatda suyuq kristalli ekranlarning kengaytirish qobiliyati tipik elektron-nur trubkali monitorlarnikidan kichik bo`lib, ularning narxi ancha qimmatdir. Suyuq kristalli ekranlarning bir necha xil turlari mavjud: passiv matritsali monoxrom, passiv matritsali rangli, aktiv matritsali rangli (analogli) va zamonaviy aktiv matritsali rangli (raqamli).
Suyuq kristalli ekranlarlarda qutblantiruvchi yorug`lik filtri ikkita aloxida yorug`lik to`lqinini xosil qiladi va ulardan faqat qutblanish tekisligi o`zining o`qi bilan parallel bo`lganini o`tkazadi. Ekranda birinchi yorug`lik filtri o`qiga perependikulyar boshqa yorug`lik filtrini joylashtirish xisobiga ekranga umuman yorug`lik nurini o`tkazmaslik mumkin. Ikkinchi yorug`lik filtrini aylantira turib, y`ani yoruglik filtrlari orasidagi burchakni o`zgartirtirib ekranga o`tayotgan yorug`lik energiyasini o`zgartirish va demak, ekran yorqinligini o`zgartirish mumkin. Rangli suyuq kristalli ekranda yana bir qo`shimcha yorug`lik filtri bo`lib unda tasvirning har bir pikseli uchun uchtadan katakchasi bo`ladi - bittadan qizil, yashil va ko`k nuqtalarni akslantirish uchun.
Yoruglik to`lqini suyuq kristalli katakdan o`tadi, bunda har bir rangga aloxida katak mos keladi. Suyuq kristallar xossalari suyuqlikka o`xshash o`zaksimon molekulalardir. Bu modda optik o`qiga parallel yorug`likni bemalol o`tkazadi, lekin elektr zaryadi ta`sirida molekulalar oriyentatsiyasini o`zgartirish mumkin. Bir vaqtda qutblantirish tekisligi oriyentatsiyasi ham o`zgaradi. Monoxrom emkranlar rangli bo`lmasa ham ularda kul rangni har xil darajada ko`rsatuvchi bir nechta kataklar bo`ladi.
Passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarda har birining nomerlari qator va ustun nomerlariga mos keluvchi katak yorqinligini kataklardan o`tuvchi zaryadlar (aniqrog`i kuchlanish) boshqaradi. Tranzistorlar soni monitor kengaytirish qobiliyatini aniqlaydi. Masalan, 800*600 kengaytmali monitor gorizontaliga 800 ta tranzistor, vertikaliga 600 ta tranzistor joylashadi. Kataklar kelayotgan impulsga shunday reaktsiya qiladiki o`tayotgan yorug`likning qutblantirish tekisligi buriladi, bunda kuchlanish qanchalik katta bo`lsa burilish burchagi ham shunchalik katta bo`ladi. Barcha kristallarning to`liq qayta orientirlanishi tasvirning maksimal kontrasiga (keskinligiga) mos keladi, y`ani o`z yonidagi katakcha bilan farqi maksimumiga mos keladi. Shunday qilib, qo`shni katakchalardagi qutblanish tekisliklari oriyentatsiyasi qanchalik katta bo`lsa kontrast ham shunchalik katta bo`ladi.
Passiv matritsali suyuq kristalli ekran kataklariga o`zgaruvchi kuchlanish beriladi, shuning uchun ular har bir katagiga o`zgarmas kuchlanish beriladigan aktiv matritsali suyuq kristalli ekranlarga yorqinligi bo`yicha yon bosadi. Yorqinlikni oshirish maqsadida ba`zi konstruktsiyalarda ikkilangan skanerlash deb nom olgan usul va unga muvofiq ikkilangan skanerlashli suyuq kristalli ekranlardan foydalaniladi (double-scan LCD). Ekran ikkita mustaqil ravishda ishlovchi qismlarga ajratiladi. Bu esa katakka kelayotgan impulslar orasidagi intervalni kamayishiga olib keladi. Ikkilangan skanerlash usuli nafaqat yorqinlikni oshiradi, balki ekran reaktsiyasi ham tezlashadi, chunki yangi tasvir hosil qilish vaqti qisqaradi. Shuning uchun ikkilangan skanerli suyuq kristalli ekranlar tez o`zgaradigan tasvirlar hosil qilish uchun, masalan, television tasvirlarni hosil qilish uchu qulaydir.
Aktiv matritsali suyuq kristalli ekranlarda har bir katakni alohida tranzistor kaliti boshqaradi. Masalan, 800*600 aktiv matritsali displey 480 ming tranzistorga ega. Bu narsa passiv matritsali displeylarga nisbatan aktiv matritsali displeylar ancha yorqin bo`lishini ta`minlaydi, chunki aktiv matritsaga doimiy kuchlanishli to`k uzatiladi. Bunda, tabiiyki, aktiv matritsa ko`proq energiya talab qiladi. Bundan tashqari, har bir katak uchun alohida tranzistor kalit bo`lgani uchun bu turdagi monitorlar ishlab chiqarilishini qiyinlashtiradi va shuning uchun ularning narxi ancha yuqoridir.
Aktiv matritsali yoki passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarda ikkinchi yorug`lik filtri katakchadan o`tuvchi yorug`lik miqdorini nazorat qiladi.
Monoxrom suyuq kristalli monitorlarda kul rangning darajasi katakchaning yorqinligi yoki bir pikselga mos keluvchi yoqiq va ochiq katakchalarning soniga qarab aniqlanadi. Rangli suyuq kristalli ekranlarda bir pikselga uchta katakcha mos kelib, ularning yorqinligini boshqarib ekranda turli rangli tasvirlar hosil qilish mumkin. Xozirgi kunda passiv matritsali ikkilangan skanerlovchi suyuq kristalli monitorlarga talab katta, chunki tasvir sifati bo`yicha ular aktiv matritsali ekranlarga ancha yaqinlashdi, ularning narxi esa passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarnikidan bir oz qimmatdir.
Aktiv matritsali suyuq kristalli ekranlarni ishlab chiqarishdagi jiddiy muammolardan biri tayyor mahsulotlarni tekshirishda panellarda juda ko`plab ishdan chiqqan tranzistorlar aniqlangani tufayli bu maxsulotlarni chiqitga chiqarish bo`lmoqda. Bu ularni narxini ko`tarilishiga olib keladi, chunki chiqitga chiqqan maxsulot narxi sifatli maxsulot narxiga kiradi.
Eng yaxshi rangli displeylar - aktiv matritsali displeylar yoki yupqa plyonkali tranzistorli displeylar bo`lib, ularda bitta pikselni uchta tranzistor boshqaradi. Aktiv matritsali monitorlar tasvir yorqinligi jihatidan passiv matritsali displeylardan ancha o`tadi va shuning uchun ulardagi tasvir burchak ostida ham yaxshi ko`rinadi.
Gap so`ngida suyuq kristalli monitorlarning ENT monitorlardan afzalliklarini sanab o`tamiz:
Ma`lumotni akslantirish maqsadida monitorning butun yuzasi ishlatiladi.
Kichik chuqurligi, bu esa ish soxasini tejaydi.
Kam nergiya talab qilishi, natijada esa issiqlik kam ajraladi.
Suyuq kristalli monitorlarda lyuminifor "kuyishi" kabi muammo bo`lmaydi.
Suyuq kristalli monitorlar 90° burilish burchagiga ega.


Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish