Monetar siyosat nazariyasi


Hozirgi davrda pulning amal qilish muammolari



Download 20,73 Kb.
bet3/3
Sana25.05.2023
Hajmi20,73 Kb.
#943958
1   2   3
Bog'liq
monetar siyosat

Hozirgi davrda pulning amal qilish muammolari

G‘arb mamlakatlarida iqtisodiy nazariyaning II-jahon urushidan keyingi rivojlanishi pulning faoliyat ko‘rsatish muammolariga qiziqishning tobora o‘sib borishi uchun xarakterlidir. Bu sohadagi tadqiqotlarning jonlanishi XX asrning 50-yillarida boshlangan bo‘lib, «pul renessansi» yoki «pulni takroran kashf etish» deb nomlangan. U paytda g‘arb mamlakatlarining pul-kredit tizimi ikkinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun pul emissiyasi va ssuda kapitali bozoridan keng foydalangan davlat byudjet organlari vasiyligidan chiqa boshladi. Markaziy banklar ko‘proq mustaqillikka ega bo‘ldi va pulning xarid qobiliyatini mustahkamlash uchun shiddatli vositalardan foydalana boshladi. Biroq moliya-kredit tizimini to‘liq barqarorlashtirishning uddasidan chiqilmadi. G‘arb mamlakatlarining ko‘pchiligi pul muomalasining surunkali etishmasligiga duch kelgan bo‘lib, bu inflyasiya bosimining vaqti-vaqti bilan kuchayishi, ssuda kapitali bozorining beqarorligi, foiz stavkalarining keskin tebranishi, valyuta muammolari va hokazolarda namoyon bo‘ldi.SHunday qilib, pul muammolariga g‘arb nazariyotchilari ko‘rsatgan kuchli e’tibor asoslangan hisoblanadi.
Bugungi kunda pul va pul siyosatining nazariy muammolari g‘arb iqtisodiy fikr namoyondalari o‘rtasida qizg‘in munozaralar va raqobat maydoniga aylangan. CHunki xo‘jalik rivojlanish sur’atini rag‘batlantirish va iqtisodiy kon’yunkturani kundalik boshqarish vositasi sifatida pulni tezkor qo‘llashni ifodalovchi keyns yondashuvi va pul sohasidagi avtomatik bozor stabilizatorlari harakatini qiyinlashtiradigan iqtisodiyotdagi ziddiyatlar va disproporsiyalarni qoralovchi monetarizmo‘rtasida chegara yotadi.
Ma’lumki, Keynschilik XX asrning 30-40-yillarda shakllangan bo‘lib, iqtisodiy siyosat dasturlari va nazariy adabiyotlarda asosiy qoidaga aylandi. Monetarizm maydonga keyinroq, 50-yillar o‘rtalarida chiqdi. U asosiy e’tiborni pul massasi va uning iqtisodiyotga ta’siriga qaratdi.
Pul nazariyasi keynschilik va monetarizm paydo bo‘lishidan ancha oldin vujudga kelgan bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Pulning fundamental muammolari g‘arb siyosiy iqtisodining mumtoz vakillari A. Smit, D. Rikardo asarlaridayoq yo‘lga qo‘yilgan. Keyinchalik ular XIXXX asrlarning yirik nazariyotchi olimlari Dj. S. Mill, U, Djevons, L. Valras, A. Marshall va boshqalar tomonidan umumlashtirilgan va qayta ishlangan. So‘nggi yarim asr davomida pulni o‘rganish estafetasi g‘arb iqtisodiy fanining Dj.Xiks, P. Samuelson, Dj. Tobin, F. Modilyani, D. Patinkin, M.Fridman kabi olimlari qo‘liga o‘tdi. Nobel mukofoti laureati bo‘lgan (Patinkindan tashqari) aynan shu olimlarning mehnatlarida “keynschilik- monetarizm” dixotomiyasi (ikkiga bo‘linish) eng to‘liq amalga oshirilgan.
Urushdan keyingi «pul renessansi» tadqiqotlarni pul nazariyasining abadiy, fundamental muammolariga qaratdi, “keyns inqilobi” esa asosiy e’tiborni to‘lov layoqatiga ega bo‘lgan talabni tartibga solish muammolariga qaratdi va «yuqori nazariya» muammolarini chetda qoldirib ketdi. Ularning fikriga ko‘ra – pulning nimaligi emas, balki uning iqtisodiy faollik, ishlab chiqarish, mehnat va moddiy resurslar bandligiga ta’siri muhim. Bunday yondashuv pul nazariyasining nazariy poydevoridagi jiddiy kamchiliklar mavjudligi, ko‘plab boshlang‘ich tushunchalar va asoslarning real emasligiga e’tibor qaratmadi.
Rivojlangan mamlakatlarda keng tarmoqli bank-kredit institutlarining mavjudligi faol muomalada bo‘lgan pullarni tezlik bilan jamg‘armalarga aylantirish va buning aksi bo‘lgan jarayon uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bunga moliyaviy yangiliklar jarayoni, oxirgi yillarda yangi pul bozori vositalari va gibrid bank schetlarining paydo bo‘lishi xizmat qiladi, bu erda pul bir vaqtning o‘zida daromad keltiradi va tovarlar uchun hisobkitob vositasi bo‘lib xizmat qila oladi. Bularning barchasi pul tushunchasining aniqligini pasaytirib, pul va «pul emas» o‘rtasidagi chegaralarni yo‘q qiladi.
Download 20,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish